§44. Umimumiylashtirilgan gaz qonuni (Klapeyron tenglamasi).
Gazning hajmi 2 marta kamayganda gaz bosimi 120kPa ga o'zgarib, gazning absolut harorati 10% ga oshgan. Gazning dastlabki bosimi nimaga teng bo'lgan(kPa)?
Gaz hajmi 7 marta oshgan, uning bosimi 10 marta kamayishi uchun gazning absolyut haroratini necha foizga kamaytirish kerak?
Ikkita idish krani bor ingichka trubachalar yordamida ulangan. Birinchi hajmi 3 l bo'lgan idishda bosim 10kPa, ikkinchi hajmi 6 l bo'lgan idishdagi bosim hisobga olmasa ham bo'ladigan darajada kichik. Birinchi idishdagi gazning harorati 270C. Agar kranni ochib ularning haroratini 1770C gacha qizdirilsa, bu idishlarda qanday bosim qaror topadi(kPa)?
Porshenli nasos har bir yurishida normal sharoitdagi(T0=273K) atmosferadan 10dm3 havoni, hajmi 10m3 bo'lgan idishga haydaydi. Idishdagi harorat o'zgarmas va har doim 364K ga teng. Idishdagi bosimni normal(p0=1atm) qiymatdan 10atm gacha oshirish uchun nasos porsheni nechta yurish qilishi kerak?
Porshen ostidagi gaz dastlab izotemik ravishda shunday siqildiki buning natijasida gazning bosimi ikki marta oshdi, shundan so'ng gaz gaz o'zgarmas bosim ostida qizdirildi. Bu o'zgarishlar natijasida gazning hajmi 3 marta oshdi. Agar gazning dastlabki harorati 300K ga teng bo'lsa, u qanday haroratgacha qizdirilgan(K)?
Hajmi 3 l, bosimi 200kPa, harorati 1270C bo'lgan gazni izotermik siqib, so'ngra izobarik ravishda -730C gacha sovutilgach, izotermik ravishda hajmini 1 l gacha o'zgartirildi. Gazning oxirgi bosimini toping(kPa).
Silindirda porshen ostida turgan gaz o'zgarmas bosim ostida shunday qizdirildiki buning natijasida uning hajmi 1,5 marta oshdi. So'ngra porshen qotirib qo'yildi va gaz bosimi ikki marta oshguncha qizdirildi. Gazning oxirgi absolut haroratining dastlabki absolut haroratiga nisbatini toping.
Harorati 300K bo'lgan kislorodi bor hajmlari 4·10-5m3 bo'lgan ikkita bir xil idish ichida simob ustuni bo'lgan ingichka trubacha yordamida ulangan. Idishlardan birining haroratini 3K ga oshirib, ikkinchisining haroratini 3K ga pasaytirilsa, simob ustuni 1sm ga siljiydi. Trubachaning ko'ndalang kesim yuzi nimaga teng(mm2)?
Ikki tomonlama yopiq gorizontal silindrik idish ichidagi harorati 70C bo'lgan gaz issiqlik o'tkazmaydigan porshen yordamida ikkita uzunliklari 30sm dan bo'lgan qisimlarga ajralgan holatda turibdi. Silindrik idishning bir qismini isitilganda porshen 2sm ga siljigan bo'lsa, idishning shu qismi qanchaga isitilganini toping. Idishning ikkinchi qismining harorati o'zgarmagan deb hisoblansin.
Ikki tomonlama yopiq bo'lgan silindrik idish ichidagi 50C haroratli gaz issiqlik o'tkazmaydigan porshen yordamida teng ikki qismga ajratilgan. Har bir qismning uzunligi 144mm. Idishning bir tomonini 180C ga, ikkinchi tomonini 20C ga qizdirilganda, porshen qanchaga siljiydi(mm)?
Hajmi 40 l bo'lgan balondagi gaz 18MPa bosim va 270C haroratda turibdi. Bu balon yordamida suv osti kemasining suv saqlaydigan balastik idishlaridan qanday hajmdagi suvni siqib chiqarish mumkin(l)? Suv osti kemsi 20m chuqurlikda turibdi. Bu chuqurlikda suv harorati 70C. Atmosfera bosimi 0,1MPa, g=10m/s2.
Ingichka rezinadan qilingan shar ko'lga 65,2m chuqurlikka botirilgan uning radiusi necha marta kichrayadi? Suv sirtida harorat 270C, suv ichida berilgan chuqurlikdagi harorat 90C. Suv sirtidagi bosim 100kPa, g=10m/s2.
Bir xil ko'ndalang kesim yuzaga ega bo'lgan tutash idishlarda simob bor. Idishlarning bittasini tepasi germetik yopilib undagi haroratni 300K dan 400K gacha oshirildi. Agar yopilgan idishdagi havo ustunining balandligi 10sm bo'lgan bo'lsa, tutash idishlardagi simob sathlari orasidagi farq nimaga teng bo'lib qolgan(sm)? Atmosfera bosimi 750mm sim.us.
Do'stlaringiz bilan baham: |