2§. Harakatning nisbiyligi. Tezliklarni qo’shish. Agar qayiq oqim bo’ylab 22 km/h va oqimga qarshi 18 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan bo’lsa, oqim tezligini toping(km/h).
Avtomobilning tezligi 54 km/h , shamolning tezligi 3 m/s va avtomobilning harakat yo’nalishiga teskari yo’nalgan. Shamolning avtomobil bilan bog’liq sanoq sistemasidagi tezligini toping.
54 km/h tezlik bilan tekis harakat qilayotgan poyezd yo’lovchisi oynadan poyezd yo’nalishida kattaroq tezlik bilan harakat qilayotgan 300 m uzunlikli ikkinchi poyezdni 60 s davomida o’tib ketganini kuzatdi. Ikkinchi poyezdning tezligini toping(km/h)?
54 km/h bilan harakatlanayotgan yo’lovchi poyezdining darchasi oldida turgan yolovchi qarama-qarshi tomondan 36 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan, uzunligi 150 m ikkinchi poyezdni qancha vaqt(s) davomida kuzatadi?
Avtomobil 45 km/h tezlik bilan 10 s harakatlanib shunday yo’l bosib o’tdiki, bu yo’lni xuddi o’sha yo’nalishda harakatlanayotgan avtobus 15 s davomida bosib o’tadi. Ularning nisbiy harakat tezliklarini toping(km/h).
Katta yo’lda bir tomonga harakat qilayotgan mototsikldan birinchisining tezligi 10 m/s, ikkinchisining tezligi 20 m/sga va harakat boshida birinchi mototsikldan 200 m orqada. Ikkinchi mototsikl birinchi mototsiklni necha sekunddan so’ng quvib yetadi.
Qayiqning tezligi oqim tezligidan ikki marta katta. Qayiqning oqim bo’ylab va oqimga qarshi harakati davomida ikki punkt orasini bosib o’tish uchun ketadigan vaqtlarini taqoslang.
Eskalator tekis harakatlanayotib yo’lovchini 1 min da yuqoriga chiqaradi, eskalator tinch turgan holatda yo’lovchi tekis harakatlanib 3 min da yuqoriga chiqadi. Agar yo’lovchi harakatlanib borayotgan eskalatorda ko’tarilishni boshlasa u nech soniyada yuqoriga chiqadi?
Shamolsiz havoda samolyot A shahardan B shaharlarga borib kelish uchun 8 soat sarflaydi. Agar A shahardan B shaharga 20 m/s tezlik bilan shamol esishni boshlasa uchish vaqti nech minutga ortadi. Samolyotning havoga nisbatdan tezligi 312 km/h .
Qayiqning suvga nisbatdan tezligi 4 m/s bo’lib qirg’oqqa tik yo’nalgan. Agar oqim tezligi 3 m/s bo’lsa qayiqning qirg’oqqa nisbatdan tezligini toping.
Qayiq daryo oqimiga perpendikulyar ravishda eni 800 m bo’lgan daryoni 4 m/s tezlik bilan kesib o’tmoqda . Agar oqim tezligi 1.5 m/s bo’lsa, daryo qayiqni qancha masofaga siljitib ketadi.
Yerga nisbatdan aniq shimolga uchayotgan samolyotning tezligi 48 m/s. To’satdan g’arbdan 14 m/s tezlik bilan shamol esishni boshladi. Samolyotning shamol esishni boshlagandan so'ng yerga nisbatdan tezligi qanday.
Ikki velosipedchi o’zaro perpendikulyar yo’llarda 10,8 km/h va 14,4 km/h tezliklar bilan harakatlanishmoqda. Ularning nisbiy harakat tezliklarini toping(km/h).
Bir punktdan o’zaro tik yo’llarda ikki avtomobil 60km/soat va 80km/soat tezlik bilan yo’lga chiqdi. Bu avtomobillar bir-biridan qanday tezlik bilan uzoqlashmoqda(km/soat).
Avtobus stansiyada turganda yomgir tomchilari deraza oynalarida vertikal chiziqlar qoldiradi, avtobus 72 km/soat tezlik bilan harakatlanayotganda tomchi izlari vertikal bilan 300tashkil qiladi. Yomg’ir tomcilarining tezligini toping (m/s)? Cos30=0.85 Sin30=0.5 √3=1.7
Shamolning tezligi 10 m/s bo’lgan paytda yomg’ir tomchilari vertikalga 300 burchak tashkil qilib tushadi. Shamolning tezligi qanday bo’lganda yomg’ir tomchilari vertikalga 600 burchak ostida tushadi?
Shamolning tezligi 20 m/s bo’lganda tomchining tezligi 40 m/s. Agar shamolning tezligi 5 m/s bo’lganda tomchining tezligini toping.
Shamolsiz havoda samolyot ikki shahar orasini bosib o’tish uchun 6 soat sarflaydi. Agar uning harakat yo’nalishiga nisbatdan tik ravishda 20 m/s tezlik bilan shamol esishni boshlasa uning uchish vaqti necha minutga ortadi? Samolyotning havoga nisbatdan tezligi 328 km/hga teng.
Samolyot A va B shaharlar orasidagi masofani bosib o’tish paytida havoga nisbatdan 328 km/h tezlikka erishadi. Agar samoyotning harakat yo’nalishiga tik yo’nalishda shamol esishni boshlasa samolyot bir shahardan ikkinchisiga borib kelishi uchun 6 soat vaqt sarflaydi. Shamol A shahardan B shaharga esishni boshlasa uning uchish vaqti necha daqiqaga ortadi? Ikkiala holatda ham shamolning tezligi 20 m/s ga teng.
Qayiq eni 60 m bo’lgan daryoni kesib o’tib daryo bo’ylab 80 m pastda yotgan nuqtaga borishi kerak. Qayiqchi qayiqni shunday boshqarmoqdaki, qayiq mo’ljalga aniq 8 m/s tezlik bilan bormoqda. Agar oqim tezligi 2,8 m/s bo’lsa qayiqning suvga nisbatdan tezligini toping.
Qayiq eni 80 m bo’lgan daryoni kesib o’tib daryo bo’ylab 60 m yuqorida yotgan nuqtaga borishi kerak. Qayiqchi qayiqni shunday boshqarmoqdaki, qayiq mo’ljalga aniq 4,5 m/s tezlik bilan bormoqda. Agar oqim tezligi 2,1 m/s bo’lsa qayiqning suvga nisbatdan tezligini toping.
Daryoning oqim tezligi 5 m/s, eni 32 m. Suvga nibatdan 4 m/s tezlik bilan suza oladigan qayiqni qayiqchi shunday boshqarmoqdaki bunda qayiq daryo bo’ylab eng kichik masofaga ko’chmoqda. Bu ko’chishni toping.
Avtomobil punktga 80 km/h tezlik bilan yaqinlashib bormoqda. Punktga 10 km qolganda punktdan unga tik ravishda ikkinchi avtomobil 60 km/h tezlik bilan chiqdi. Bu ikki avtomobil orasidagi eng kichik masofa nimaga teng (km).