20 m balandlikdan taxtani ustiga urilgan sharcha tezligini 25% ni yo’qotgan holatda undan qaytdi. U ikkinchi marta taxtachaga necha sekunddan so’ng uriladi? g =10 m/s2
Vertikal yuqoriga 50 m/s tezlik bilan otilgan jism necha sekunddan keyin pastga yo’nalgan 30 m/s tezlikka ega bo’ladi? g =10 m/s2
Jism 40m balandlikdan 5m/s tezlik bilan yuqoriga otildi jism 2s dan so’ng yer sirtidan qanday balandlikda bo’ladi?
Vertikal yuqoriga 20 m/s tezlik bilan otilgan jismning dastlabki 3 s ichidagi bosgan yo’lini aniqlang. g =10 m/s2
Yer sirtidan 8 m balandlikdan vertikal yuqoriga otilgan jism 2 s dan so’ng yerga tushgan bo’lsa, u qanday boshlang’ich tezlik bilan otilgan?g =10m/s2
15 m balandlikdagi bino tepasidan 10 m/s tezlik vertikal yuqoriga otilgan jism yerga qancha vaqtdan keyin tushadi? g =10m/s2
2,4 m balandlikdan vertikal pastga qarab 1m/s tezlik bilan koptok otildi. Uning yerga urilish paytidagi tezligi qanday? g =10m/s2
2,4 m balandlikda vertikal pastga qarab 1m/s tezlik bilan koptok otildi. Koptok yer sirtiga qancha vaqtdan(ms) so’ng uriladi? g =10m/s2
Jism 80 m balandlikdan tushmoqda. Jism o’z harakatining oxirgi sekundida necha metr yo’l bosadi? g =10m/s2
Yuqoridan tashlangan jism oxirgi 1 s davomida 45 m yo’l bosgan bo’lsa, jism necha metr balandlikdan tushmoqda? g =10m/s2
Jism yer sirtidan yuqoriga otildi. Bu jismning yer sirtidagi tezligi bilan maksimal balandlikning 8/9 qismidagi tezligi nisbatini toping.
Jism yuqoriga otildi. Kuzatuvchi jismning 75 m balandlikdan 2 s vaqt oralig’i bilan ikki marta o’tganini kuzatdi. Jismga qanday boshlang’ich tezlik berilgan? g =10m/s2
Yuqoriga otilgan tosh qandaydir balandlikdan ikki marta 0,8 va 1,5 s dan so’ng o’tgan bo’lsa. Bu balandlikni toping. g=10m/s2
Agar vertikal tushayotgan jism o’z harakatining oxirgi sekundida birinchi sekunddagi bosgan yo’lidan besh marta ko’p yo’l bosgan bo’lsa, u qanday balandlikdan tushmoqda? g=10m/s2
Erkin tushayotgan jism o’z harakatining oxirgi 10 s da butun balandlikning¾ qismini bosib o’tgan bo’lsa, jism qanday balandlikdan tushmoqda?g =10m/s2
Vertikal joylashgan trubkadan qum zarralari oqib chiqmoqda, bunda qum zarralarining oqim yo’nalishidagi ko’ndalang kesim yuzasi trubkaning ko’ndalang kesim yuzasiga teng va harakat davomida o’zgarmaydi. Trubka oxirida qum zarralarining tezligi 1 m/s ga teng. Trubkadan 2,4 m masovadagi qum zarralarining o’rtacha zichligi bilan, trubka oxiridagi qum zarrachalarining o’rtacha zichliklarini taqoslang. Bunda har bir qum zarrasi erkin g =10m/s2tezlanish bilan tushayapti deb hisoblansin.