Tezlanish bilan harakatlanayotgan idishda suyuqlik. Idish tubidagi teshik tiqin bilan yopilgan. Agar idishga 12smbalandlikda simob quyilsa tiqin chiqib ketadi. Idishga 7,5smbalandlikda simob quyib, tiqin chiqib ketmasligi uchun idishni ko’pi bilan qanday tezlanish bilan yuqoriga ko’tarish mumkin? g=10m/s2
Suv solingan idish, pastga 2m/s2 tezlanish bilan tushayotgan liftda joylashgan. Idishning biror-bir nuqtasidagi suv ustunining bosimi, shu idishning tinch turgan holatidagi bosimidan necha foizga farqlanadi? g=10m/s2
Tomoni 2m ga teng bo’lgan kub shaklidagi sisterna og’zigacha suv bilan to’ldirildi va yopib qo’yildi. Agar sisterna 2m/s2tezlanish bilan harakatlanayotgan platforma ustida joylashtirilgan bo’lsa, sisternaning orqa devoriga tasir qiladigan bosim kuchi topilsin(kN). g=10m/s2
Silindir simon sisterna platforma ustiga qo’yilgan va suyuqlik bilan to’ldirilgan . Platforma 2m/s2 tezlanish bilan harakatlansa, suvning sisterna orqa devoriga ko’rsatilayotgan bosim kuchi oldi devoriga ko’rsatilayotgan bosim kuchida necha marta katta bo’ladi? Sisternaning diametri 2m, uzunligi 10m ga teng. Atmosfera bosimi hisobga olinmasin. g =10m/s2
Tomoni 2m bo'lgan kub shaklidagi suv soladigan usti ochiq idish yarimigacha to'ldirilgan holatda platformaning ustiga qo'yilgan. Platforma 2m/s2 tezlanish bilan harakatlanishni boshladi. Platforma idish va suv bir butunday harakatga kelgan vaqtda suvning orqa sathi qanchaga ko'tariladi(sm)? g =10m/s2
Usti ochiq kub shaklidagi idish chorak qismigacha suv bilan to'ldirilgan holda platformaning ustida turibdi. Platforma 3m/s2 tezlanish bilan harakatlanishni boshladi. Suv va platforma bir butunday harakatlanishni boshlagan vaqtda, suvning idishning oldi devoriga ko'rsatadigan bosim kuchi suvning orqa devorga ko'rsatadigan bosim kuchidan necha marotaba kichik bo'ladi?g =10m/s2
Zichligi 500kg/m3 bo'lgan jism g/2 tezlanish bilan yuqoriga ko'tarilayotgan liftda joylashgan suvli idish ichida turibdi. Jismning qanday qismi suvga botgan holatda bo'ladi(%).
Massasi 2kg bo'lgan shar yuqoriga 2m/s2tezlanish bilan ko'tarilayotgan suv solingan idish tubida yotibdi. Agar sharcha yasalgan moddaning zichligi 4000kg/m3 bo'lsa, sharcha idish tubiga qanday kuch bilan bosadi? g =10m/s2
Suv solingan idish 2m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Idishning vertikal orqa devori asosida massasi 4,5kg bo'lgan sharcha joylashgan. Agar sharcha yasalgan moddaning zichligi 3000kg/m3 bo'lsa, sharchaning idish orqa devoriga ko'rsatadigan bosim kuchi nimaga teng?
Suv bilan to'ldirilgan og'zi berk idishning shiftiga massasi 5kg bo'lgan sharcha ipga osib qo'yilgan. Idish gorizontal yo'nalishda 2,25m/s2 tezlanish bilan harakatga kelgan vaqtda ip malum bir burchakga og'gan holda muvozanatda turgan bo'lsa, ipdagi taranglik kuchini toping. Sharcha yasalgan moddaning zichligi 5000kg/m3. g =10m/s2
Suv solingan idish gorizontal yo'nalishda 2,25m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Idishning tubiga ip bog'langan, ipning ikkinchi uchiga massasi 1kg va suvga to'liq botib turgan sharcha bog'langan. Agar sharcha yasalgan moddaning zichligi 200kg/m3 bo'lsa, shar turg'un holatga kelgan vaqtdan keyin ipning taranglik kuchini hisoblang.g =10m/s2