2. Gidravlik press. Tutash idishlar. Gidravlik pressning kichik porsheniga qo’yilgan 10N kuch tasirida kichik porshen o’zining 25sm ga teng bir yurishi davomida katta porshenni 5mm ga ko’tardi. Bu paytda katta porshenga ko’rsatilayotgan bosim kuchi nimaga teng?
Massasi 2000kg bo’lgan yukni gidravlik press yordamida ko’tarishda 40J ish bajarildi. Bunda yurish yo’li 10sm bo’lgan kichik porshen 10marta tushib chiqdi. Katta porshenning yuzasi kichik porshenning yuzasidan necha marotaba katta? g=10m/s2
Simob solingan tutash idishning bir uchidan ustunining balandligi 27,2sm bo’lgan kerosin quyildi. Bu tutash idishdagi simobning sathi ikkinchi idishdagi simob sathidan necha millimetr pastroq joylashgan? Simobning zichligi 13600kg/m3, kerosinning zichligi 800kg/m3 .
Suvli idishga ko’ndalang kesim yuzasi 2sm2 bo’lgan trubacha qo’yib, unga 72g massali moy solindi. Suv va moy sathlari orasidagi farqni toping(sm). Moyning zichligi 900kg/m3 ga teng.
Tutash idishlarga simob solingan. Idishlardan biriga 4sm balandlikdagi suv qo’yildi. Idishlardagi simob sathlari teng bo’lishi uchun ikkinchi idishga zichligi suvnikidan 1,25 marta kichik bo’lgan suyuqlikdan qanday balandlikda quyish kerak(sm)?
Simob solingan tutash idishlardan biriga 30sm balandlikdagi moy, ikkinchisiga balandligi 20,2 sm bo’lgan suv solingan. Idishlardagi simob sathlari orasidagi farqni toping(mm). Simobning zichligi 13600kg/m3 ,yog’niki 900kg/m3.
Ko’ndalang kesim yuzasi bir xil bo’lgan tutash idishlarga suv quyilgan. Idishlarning biriga suvning ustidan ustunining balandligi 40sm bo’lgan moy quyildi. Ikkinchi idishdagi suvning sathi necha santimetrga o’zgaradi? Moyning zichligi 800kg/m3.
Tutash idishlarga simob solingan. Tutash idishlardan birining ko’ndalang kesim yuzasi ikkinchisinikidan ikki marta katta. Ingichkaroq idishga 1,02m ustunli suv quyilganda ikkichi idishdagi simob ustuni necha millimetrga ko’tariladi. Simobning zichligi 13600kg/m3.
Tutash idishlarga simob solingan. Tutash idishlardan birining ko’ndalang kesim yuzasi ikkinchisinikidan ikki marta katta. Yo’g’onroq idishni og’zigacha suv bilan to’ldirilganda ikkichi idishdagi simob ustuni necha santimetrga ko’tariladi, agar simob sathi dastlab idishning yuqori chetidan 39,8sm pastda joylashgan bo’lsa? Simobning zichligi 13600kg/m3.
Ko’ndalang kesim yuzasi 20sm2bo’lgan tutash idishlarda suv bor va suv yengil porshenlar yordamida yopib qo’yilgan. Porshenlardan biriga 160g bo’lgan yuk qo’yilganda ikkinchi idishdagi suv sathi necha santimetrga ko’tariladi?
Ko’ndalang kesim yuzasi 100sm2 bo’lgan tutash idishlarda simob bor. Idishlardan biriga massasi 2kg bo’lgan suv quyildi va unga 0.72kg bo’lgan taxtacha tushirildi. Boshqa idishdagi simob sathi necha millimetrga ko’tariladi? Simobning zichligi 13600kg/m3.