«fizika va kimyo» kafedrasi hayvonlar biokimyosi



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/80
Sana20.06.2022
Hajmi1,96 Mb.
#680861
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80
Bog'liq
hayvonlar biokimyosi (1)

 
 
6- Mashg’ulot 
 
 FERMENTLAR 
С
O
H
(C HOH)
3
CH
2
OH
Рибоза
концH
2
SO
4
C
O
C
O
H
HC
CH
+ 3H
2
O
Фурфурол


 
Tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan barcha kimyoviy reaksiyalar maxsus 
katalizatorlar yordamida boradi. Oqsil tabiatiga ega bo‘lgan bunday katalizatorlar 
fermentlar 
deb ataladi. Fermentlarning oqsillariga mansub ekanligini isbotlovchi 
dalillardan biri, proteolitik fermentlar ta‘sirida ular aktivligining kamayishidir. 
Oddiy oqsillardan, ya‘ni faqat aminokislotalardan tashkil topgan fermentlar 
bir komponentli
fermentlar 
deyiladi. Masalan, ribonukleaza, trepsin, papain va 
boshqalar. Agar fermentlar murakkab oqsillardan tashkil topgan bo‘lsa, ya‘ni
ularning tarkibida aminokislotalardan tashqari boshqa birikmalar ham uchrasa, 
ular 
ikki komponentli fermentlar
deyiladi. Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarida 
ishtirok etuvchi fermentlar ikki komponentli fermentlardir.
 
Fermentlarni ajratib olish
.
Hayvon, o‘simlik, mikroorganizmlar tarkibida 
turli fermentlar bo‘lib, ular hujayra shirasi va hujayra organoidlarida (yadro, 
mitoxondriy, ribosoma, hujayra membranasi, organoidlar membranalarida) 
joylashgan. Fermentlar oqsil tabiatli bo‘lganligi uchun uni ajratib olishda va 
tozalashda maxsus usullardan foydalaniladi. Hayvon to‘qimalaridan fermentlarni 
ajratib olishda, past temperatura va mo‘ tadil pH ko‘rsatgichi bo‘lishi kerak. 
Deyarli barcha fermentlarni ajratib olishda hayvon to‘qimasi yaxshilab 
maydalanadi, so‘ngra gomogenizator (ya‘ni, bir xil massa hosil qiluvchi asbob) 
yordamida yaxshilab eziladi. Bunda fermentlarni ba‘zi birlari eritmaga o‘tadi. 
Hujayra organoidlarida joylashgan fermentlar esa sentrefuga yordamida 
cho‘kmaga tushirilib, alohida olib o‘rganiladi. Keyingi yillarda hujayra 
strukturalarini parchalashda detergent deb ataladigan maxsus moddalar ishlatiladi. 
Triton-X100, dodesisulfat, dezoksixalat. 
 
Fermentlarni tuzilishi. Bir va ikki komponentli fermentlar. 
Fermentlarni sof 
holda ajratib olish ularni kimyoviy tabiatini aniqlash imkonini beradi. Fermentlar 
ham oqsillar kabi amfoter elektrolitlar bo‘lib, pH qiymatining o‘zgarishi 
natijasida ularning kolloid zarrachalari elektr zaryadiga ega bo‘ladi. 
Fermentlarning oqsillarga xos ekanligini isbotlovchi dalillardan biri, 
proteoletik fermentlar ta‘sirida ular aktivligini kamayishidir. Fermentlar tuzilishiga 
ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Bir komponentli fermentlar hamda ikki komponentli 
fermentlar. 
Gidrolizlanganda, ya‘ni parchalanganda faqat aminokislota qoldig‘i qolsa, 
bunday fermentlar bir komponentli fermentlar deyiladi. Parchalanganda 
aminokislotalar qoldig‘idan tashqari birikmalar uchrasa, ular ikki komponentli 
fermentlar deyiladi. 
Ikki komponentli fermentlarning oqsil qismi apoferment, oqsil bo‘lmagan 
qismi koferment deb ataladi. 
Fermentlarning molekulyar massasi turlicha bo‘lib, bir necha mingdan 
milliongacha etadi. Aksariyat fermentlarning molekulyar massasi nihoyatda katta 
bo‘lib, odatda ular kichik birliklarning bir-biriga qo‘shilishidan tashkil topgan. 
Kichik birikmalar ko‘pincha protomerlar deb ataladi. Masalan: ureaza fermentining 
molekulyar massasi 480 mingga teng bo‘lib, har biri 60 ming molekulyar massaga 
teng bo‘lgan. 8 ta protomerdan iborat. Protomerlar qo‘shilishi natijasida 
multmerlar hosil bo‘ladi. 


Fermentlarning aktiv (faol) markazi, ularning aktivatorlari va ingibitorlari

Fermentativ reaksiyalarda ishtirok etadigan substrat molekulalari ularni 
katalizlovchi ferment molekulalariga nisbatan birmuncha kichik bo‘lganligi sababli 
ferment bilan substratning o‘zaro ta‘sirida ferment molekulasining hamma qismi 
emas, balki aktiv markaz deb ataladigan ma‘lum qismi ishtirok etadi. 
Fermentlar aktivligiga temperatura va pH dan tashqari reaksion muhitda 
ishtirok etayotgan bir qator kimyoviy moddalar ham ta‘sir ko‘rsatadi. Bu moddalar 
ferment-substrat kompleksi hosil bo‘lishini tezlashtiradi. Buning natijasida 
fermentativ reaksiya- ning aktivligi ortadi. Bunday moddalar aktivatorlar deb 
ataladi. 
Aktivatorlik vazifasini ko‘pincha kationlar bajaradi. Spesifik aktivatorlarga 
Na
+
, K
+
, Pb
+
, Cs
+
, Mg
++
, Ca
++
, Zn
++
kabi metall kationlari kiradi. Ba‘zi fermentlar 
aktivligiga bitta kation ta‘sir etsa, boshqalari aktivligiga ikkita va undan ortiq 
kation ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, lipaza fermentining aktivligi Ca
++
yordamida 
oshirilsa, adenazintrifosfotaza fermentining aktivligi to‘liq namoyon bo‘lishi 
uchun bir vaqtning o‘zida 
Na
+
, K
+
, Mg
++
, Ca
++
kationlari bo‘lishi kerak. 
Fermentativ jarayonlarning aktivligini pasaytiruvchi moddalar ingibitorlar 
deyiladi. Fermentativ reaksiyalarning aktivligini pasaytirish ikki xil - konkurent 
(raqobat) va nokonkuret (raqobatsiz) yo‘l bilan amalga oshadi. 
Fermentlar bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga fermentlarning 
termolabinligi, spetsifikligi, muhit pH
 
ining o‘zgarishiga nisbatan sezuvchanligi, 
aktivator va ingibitorlarning ta‘siriga moyilligi kiradi. Fermentlarning ta‘siri va 
ularning aktivligi reaksiyada ishtirok etayotgan moddaning kamayishiga (bu 
modda substrat deb ataladi) yoki hosil bo‘layotgan moddaning ortib borishiga 
qarab belgilanadi. Odatda fermentativ preparat sifatida o‘simlik to‘qimalarining 
shiralaradan foydalaniladi. Bunday shiralarda fermentlar erigan holda bo‘ladi. 
Hozirga qadar ma‘lum bo‘lgan fermentlar 6 sinfga bo‘linadi. 
1.
Oksidoreduktazalar - oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarni katalizlaydi. 
2.
Transferazalar - ma‘lum kimyoviy guruhlarni bir birikmadan ikkinchi
birikmaga ko‘chirilishini ta‘minlaydi. 
3.
Gidrolazlar - murakkab organik birikmalarning suv yordamida parchalanish 
reaksiyalarini katalizlaydi. 
4.
Ligazalar - substratdan suv ishtirokisiz ma‘lum guruhlarning ajralishini 
katalizlaydi. Bu fermentlar faoliyati tufayli yo qo‘sh bog‘ hosil bo‘ladi yoki 
ma‘lum guruhlarning qo‘sh bog‘larga birikishi ta‘minlanadi. 
5.
Izomerazalar - har xil organik birikmalarning izomerlanish reaksiyalarini 
katalizlaydi. 
6.
Liazalar - ATF yoki shunga o‘xshash nukleozid trifosfatlar energiyasi 
hisobiga oddiy molekulalardan murakkab birikmalar hosil bo‘lishi 
reaksiyalarni katalizlaydi. 
Fermentlarning aktivligini aniqlashda kimyoviy usullar bilan bir qatorda 
spektrofotometrik, monometrik, xromatografik, polyarografik va boshqa 
usullardan keng foydalanilmoqda. 
 
 


 
 
 
Bir va ikki komponentli fermentlar tarkibi, tuzilishi va kimyoviy xossalaridagi
farq va o’xshashliklarga asoslanib quyidagi Venna diagrammasini to’ldiring.

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish