Ishning borishi
:
Ikkita probiraga 1-2 ml oqsil eritmasidan quyiladi.
Birinchi probirkaga trixloratsetat kislotaning 5% li eritmasidan 5-6 tomchi,
ikkinchi probirkaga sul‘fosalitsilat kislotaning 10% li eritmasidan 5-6 tomchi
qo‘shiladi. Ikkala probirkada ham cho‘kma hosil bo‘ladi.
28-
tajriba. Oqsillarni alkaloidlar reaktivi bilan cho’ktirish
Alkaloidlar - azot tutuvchi moddalar bo‘lib, kuchli fiziologik ta‘sir qilish
xususiyatiga ega. Alkaloidlarga quyidagilar: morfin, papaverin, atropin, kofein,
efedrin va boshqa birikmalar kirib, bular davolash tajribasida ko‘p ishlatiladi.
Ko‘p alkaloidlar reaktivlar ta‘sirida oqsillar cho‘kmaga tushadi.Bularga
quyidagilar kiradi: tanin, yodni kaliy yodiddagi eritmasi (Bushard reaktivi), vismut
yodni kaliy yoddagi eritmasi (Dragendorf reaktivi), pikrin kislotasi va boshqalar.
Oqsil moddalarni alkaloid reaktivlari bilan cho‘kma hosil qilishning asosiy
sababi shundan iboratki, aminokislotalar va alkaloidlar tarkibiga kiradigan
geterostiklik birikmalarning o‘xshashligidir (indol, imidozol va boshqalar).
Alkaloid reaktivlari oqsillar bilan erimaydigan birikmalar hosil qiladi.Oqsilni
alkaloid reaktivlari bilan cho‘ktirishga kuchsiz organik kislotalar (masalan,sirka
kislotasi) yaxshi ta‘sir qiladi, aksincha kuchli kislotalar bu jarayonga qarshilik
ko‘rsatadi, cho‘kma ishqoriy sharoitda erib ketadi.
Kerakli asboblar:
Probirkalar, pipetkalar,shtativ
Reaktivlar
:Tuxum oqsili, Pikrin kislotaning 1% li eritmasi, Taninning 10%
li eritmasi.
4.Bushard reaktivi:( 1 g yod, 2 g kaliy yodid, 50 ml suv.Bu reaktivni tayyorlash
uchun kaliy yodid bir necha ml suvda eritiladi. Shu eritmada yod eritiladi, so‘ngra
hajmi distillangan suv bilan 50 ml ga etkaziladi.), Dragendorf reaktivi: ( vismut
yodining kaliy yodiddagi eritmasi; 13,5 g kaliy yodi 20 ml distillangan suvda
eritiladi. 2,5 g vismut nitrat 10 ml nitrat kislotada aloxida eritiladi. So‘ngra ikkala
eritma yaxshilab aralashtiriladi va 2-3 kun (qora oynali idishda) qoldiriladi. Bunda
idishdagi kaliy nitratning kristallari cho‘kadi. Tiniq eritma ehtiyotlik bilan boshqa
idishga quyiladi va hajmi suv bilan 50 ml ga etkaziladi.).Sirka kislotasining 1%
lieritmasi.
Ishning borishi
: To‘rtta probirkaga 1 – 2 ml oqsil eritmasi, so‘ngra har bir
probirkaga 3 – 5 tomchi 1 % li sirka kislotasidan solinadi. Shundan keyin birinchi
probirkaga 4 – 5 tomchi pikrin kislota eritmasidan, ikkinchi probirkaga 2 – 4
tomchi Bushard reaktividan, to‘rtinchiga 2 – 4 tomchi Dragendorf reaktividan
qo‘shiladi. Natijada oqsil cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |