l.Astronomiya o‘qitish metodikasining maqsadi va vazifalari nima? .Astronomiya o‘qitish metodikasi kursining boshqa fanlar bi lan aloqasini tushuntiring.
.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini isloh qilishda o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘qituvchisining vazifasi nimadan iborat?
3-§. Astronomiya ta’limining umumnazariy asoslari
Hozirgi zamon ta’lim konsepsiyasi ta’lim tizimini rivojlantirish g'oyalariga asoslangan. Ta’limning vazifasi - bu uzluksiz ta’lim tizimi orqali «kishilik jamiyati to‘plagan ina’naviy boyliklami ardoqlab rivojlantira oladigan har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni tarbiyalash» dan iborat. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida kadrlar tayyorlash tizimini qayta tuzishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatilgan bo‘lib, bunda asosiy e’tibor o‘quvchi shaxsiga qaratiladi, unda ta’lim va bilim olish zarurati uyg‘otiladi, umumbilim olish faoliyati rivojlantiriladi, mustaqil faoliyat yuritish, g‘ururlanish va mag‘rurlik hissiyotlari shakllantiriladi; boy milliy madaniy-tarixiy an’analar, xalqning odatlari va umuminsoniy qadriyatlar asosida o‘qitishning tashkiliy shakllari, metodlari va vositalari, tarbiyalash va rivojlantirish takomillashtiriladi; hozirgi zamon axborot kommunikatsiya texnologiyalari muhitida ta’lim berish jarayonini axboriy ta’minlash rivojlantiriladi.
llmiy-texnik taraqqiyot va ijtimoiy sohalardagi o‘zgarishlar jamiyatni yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini oshirib yubordi. Hozirgi zamon astronomiya va pedagogika fanlari rivoji, axborot kommunikatsiya texnologiyalari muhixida astronomiyani o‘qitish nazariyasini qayta ko‘rib chiqish uchun yetarli darajada asos yaratdi.
Fizika va astronomiya o‘qituvchisini zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari muhitida astronomiya bo‘yicha metodik tayyorlashning yaxlit tizimini ishlab chiqish uchun, pedagogik jarayonning nazariy asoslarida ilmiy-texnik taraqqiyot уului|lari qay dnrajada o'z aksini topganligini ko'rib chiqishga lo'g'n kclndi.
Mriodik layyorlash jarayoni ilmiy boshqariladigan jarayon bolib, bum bo'lajak o‘qituvchilar tayyorlashning «bakalavriat» va «inagistratura» bosqichlarida astronomik bilimlami va o‘qitish mctodlarini, ilmiy metodik bilimlami muntazam shakllantirib va singdirib borish orqali amalga oshirish mumkin. Bu jarayon o'zaro bog'langan quyidagi qismlami o‘z ichigaoladi:
asosiy maqsad - har tomonlama rivojlangan mutaxassis shuxsni tayyorlashga qaratilgan;
vazifa gnostik, reja tuzish, o‘qitishni tashkil etish, muloqot qilish san’ati;
o'quv vositalari yaratish - ilmiy tekshirish va texnologo- loyihalovchi, ayniqsa, axborot kommunikatsiya texnologiyalar bo‘yicha ko‘nikma va malakalami shakllantirish, ta’lim berish jarayonini rivojlantirish orqali astronomiyani o‘qitish metodikasi va ilmiy metodik bilimlar va ko‘nikmalami shakllantirishga hamda rivojlantirishga qaratilganIigidir.
Pedagogik oliy o'quv yurtlarida bo'lajak llzika va astrono- miyn o'qituvi hilarini tayyorlash ikki bosqiehli ekanini hisobga olgim liolda ashonomiyu o'qitish mazmuni quyidagilami qamrab oladi:
o'qitishni tashkil etish shakllari sifatida - bular ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar, mustaqil o‘qish, ilmiy- tckshirish va ilmiy-metodik ishlar, pedagogik va ilmiy pedagogik amaliyot;
metod sifatida - o‘quvchilami o‘qish va idrok etish faoliyatini shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi o'qitish metodlarini qo'llash;
vosita sifatida - yangi o'quv-metodik materiallar avlodi va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari;
pedagogik shaxs sifatida - astronomiya o'qituvchisi nazariy tuzilgan modelga mos kelishi bilan belgilanadi.
O'qitishning shakllari, metodlari va vositalari o'qitish texno- logiyalarini tashkil etadi. O'qitish konsepsiyasidan kelib chiqqan holda texnologiya tanlanadi. Hozirgi zamon pedagogikasi shaxsga yo‘naltirilganligi jihati bilan xarakterlanadi. Hamma o‘quvchi bir xil qobiliyatga va qiziqishga ega emas, ulami bir xil qilib tarbiyalab ham bo‘lmaydi, shuning uchun har bir o‘quvchiga alohida yondashuv zarnr. Bu shaxsga yo‘naltirilgan konsepsiya, gumanistik konsepsiya, deb ataladi. Buni amalga oshirish uchun interaktiv texnologiyani qo‘llash zarur.
Bo‘lajak fizika va astronomiya o‘qituvchilarini metodik tay- yorlash, tarbiyalash va rivojlantirishda didaktikaning quyidagi mavjud prinsiplariga tayangan holda amalga oshiri!ishi zarur:
nazariya bilan amaliyotni bog'liqlik prinsipi;
shaxsga yo‘naltirilganlik prinsipi;
ilmiylik prinsipi;
ko'rgazmalilik prinsipi;
o'zlashtira olish prinsipi;
anglay olish va faollik prinsipi;
muntazamlik va ketma-ketlik prinsipi;
fanlararo va fan ichi bog‘lanishlariga amal qilish prinsipi.
Mutaxassislami kasbiy tayyorlash samarali bo‘lishi mumkin, agar mutaxassisning kasbiy va ilmiy tayyorgarlik darajasi oldindan belgilab olingan bo‘lsa. Bunday malaka va ko‘nikmalarga ega ideal mutaxassisni model mutaxassis deb hisoblash mumkin.
Astronomiya fanini o‘rganishga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yiladi:
o‘quvchilarga astronomiya asoslari bo‘yicha bilimlar tizimini berish va bu bilimlaming amaliy ahamiyatini ko‘rsatish;
o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishga yordam berish;
fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirishda astronomiyaning ahamiyatini ko‘rsatish;
o‘quvchilami milliy istiqlol, vatanga va ona zaminga muhabbat ruhida tarbiyalash.
Yuqoridagi masalalami hal qilish ikki xil yo‘l bilan amalga oshiriladi: kuzatishlar va tajribalardan olingan asosiy natijalami tushuntirish orqali;
olingan natijalaming o‘zaro bog‘lanishini aniqlash va bu bog‘lanishlaming sababini tushuntirish orqali.
Ilmiy tadqiqotlar (empirik, eksperimental va nazariy) metodla- iining mohiyatini, ulaming amaliy faoliyat bilan bog‘lanishini tushuntirib borish va butun astronomiya kursi materiallari asosida ulNtning dunyoqarashini shakllantirib borish kerak.
Yttqorida sanab o‘tilgan masalalar astronomiya kursining mii/imniiiii va tuzilish prinsipini belgilab beradi.