K.A.Tursunmetov - X.Mahmudova - pa
Taqrizchilar:
atemat ik aT^qlari doktori, professor, fanlari ndjftiSdL dotsent.
ISBN ‘>78-9943-998-
© «Fan va texnoiogiya» nashriyoti, 2015.KIRISH
Fizika va astronomiya tabiatdagi hodisa va voqealami hamda ulaming qonuniyatlarini o‘rgatuvchi fandir. Inson ham tabiatning bir bo'lagi qatori, u bilan bevosita bog'lanishdadir. Tabiatdagi hodisalaming sirini bilish, ulaming qonuniyatlarini aniqlash, asosan insonning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida olib boriladi. Bunday bo‘lmasa, fizika va astronomiyaning yutuqlaridan foyda- lanib, tabiatni tubdan o‘zgartirib yuborish mumkin edi.
Tabiiy fanlaming ichida fizika va astronomiya alohida o‘rin egallagani uchun, uni barcha tabiiy fanlaming poydevorini tashkil qiladi deb aytiladi. Chunki, fizika barcha tabiiy fanlaming yutuq- lariga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan va qo‘shib kelmoqda. • Bunga misol qilib, fizikaviy kimyo, kimyoviy fizika, biofizika, astrofizika, geofizika va boshqa fanlami ko'rsatish mumkin. Sir emas, hozirgi kunda tibbiyotda ham fizika va astronomiyaning o‘mi beqiyosdir, chunki uning hissasi dastlab rentgen nurlaridan boshlangan bo‘Isa, hozirgi kunda ultratovush va lazerlaming qo'llanilishi, kompyuterli tomograflar orqali davom etmoqda. Qolaversa, insoniyatni energetik inqirozdan qutqarishda ham, fizika atom va yadro energiyalaridan foydalanish orqali o'zining munosib hissasini qo‘shmoqda va qo'shadi.
TaTim tizimida «fizika», «astronomiya», «fizika kursi», «umumiy astronomiya kursi» yana «fizikaviy bilim» degan atamalar uchraydi. Ulaming mazmuni quyidagilami o‘z ichiga oladi. Fizika insoniyat tarixida ilm qatori o‘z o‘miga ega. Uning yaratuvchilari bo'lib, tabiatshunos olimlar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ham bu sohada katta izlanishlar olib borilmoqda. Fizika va astronomiyaning fan sifatida paydo bo‘lishi va rivojlanishiga buyuk mutafakkirlarimiz Roziy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Umar Hayyom va boshqalar o‘z vaqtida munosib hissa qo‘shishgan.
Fizika va astronomiya kursi - o‘quv predmeti sifatida qaraladi. U mazmuniga ko‘ra umumta’lim maktablarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejiarda hamda oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladi. Fizika va astronomiya kursining mazmunini aks ettirgan dastur, darslik va o‘quv qo‘Uanmalar metodistlar tomonidan tuziladi va yoziladi. Bu- lami, o‘qitishning turli bosqichlarida o‘qigan o'quvchilar, fizika va astronomiyadan ma’lum darajadagi bilimlarga ega bo‘lishadi. Fizikaviy bilim-tabiatdagi fizik hodisalami, qonuniyatlami tur- mushdagi qo‘llanishlarini insonning ongida aks etishidir. O‘quvchi- laming bilimini oshirishga ijobiy ta’sir qiluvchi omillar quyidagi- lardir:
o‘quvchilaming intellektual salohiyatining yuqori bo‘lishi, boshqacha aytganda, ulaming o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va unga ijodiy yondashishi;
o’qituvchilaming ilmiy salohiyatini va kasbiy mahoratini yetarli darajada ekanligi;
qo‘llanilayotgan o‘quv dasturlari va o‘quv kitoblarining mazmunini didaktik talablarga to‘liq javob berishi;
o’qitish jarayonini axborot-kommunikativ va metodik jihatdan to‘la ta’minlanishi;
o‘qitishga kerak bo‘lgan moddiy-texnik bazaning mavjudligi;
o‘qitishni samarali uyushtirishga kerakli sanitar-gigiyenik xavfsizlik, sotsial - psixologik shartiaming mavjudligi, bilim berishni yetarli darajada moliyaviy ta’minlanishi;
o'qituvchilaming moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qanoat- lantirilishi;
o‘quvchilaming huquqini buzmaslik va majburiyatlarini bajarishga insoniy muomalada bo‘lish;
bilim berish jarayonini demokratik prinsipda amalga oshirish va boshqalar.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, uzluksiz ta’lim tizimida fizika va astronomiya o‘qitishni zamonaviy talablar darajasida amalga oshirish, fizika va astronomiya o‘qitish metodikasining dolzarb ilmiy-metodik muammolaridan ekaniigini sezish qiyin emas. Respublikada qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» talablarida ham o‘qitishning turli bosqichlarida fizika o'qitishga va uning sifatini oshirishga e’tibomi kuchaytirish va yosh avlodni uning mazmuni va yutuqlari bilan tanishtirib borish zarurligi ta’kidlangan.
Albatta, bulaming barchasini amalga oshirishda fizika o‘qituv- chisi asosiy o‘rin egallaydi. Shundan kelib chiqib, mazkur o‘quv qo‘llanmada oliy maktablarda bo‘lg‘usi fizika va astronomiya o'qituv- chilarini tayyorlashda fizika va astronomiya o'qitish qanday amalga oshirilishi kerakligi bayon qilingan. Chunki, «damning zamonaviy tabiiy-ilmiy manzarasi» bo‘lg‘usi fizika o‘qituvchilarida qanday darajada shakllangan bo‘lsa, u shunday darajada kelajak avlodga o‘tadi, buni amalga oshirish esa juda mas’uliyatli vazifadir. Bu vazifani yetarli darajada amalga oshirish uchun, fizika o‘qituvchisi chuqur bilimga, uni o‘qitishning malaka va ko'nikmalarini egallagan, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan xabardor bo'lishi va ulami o‘zining amaliy faoliyatida qo‘llay bilishi zarur.
Bugungi kunda umumta’lim maktablarida, akademik litsey ya kasb-hunar kollejlarida, oliy maktablarda fizika o‘qitishni zamon va jamiyat talablari darajasida amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Albatta, bu muammoni hal qilish uchun, birinchi navbatda oliy maktablarda tayyorlanayotgan fizika o‘qituvchilarining nazariy va amaliy tayyorgarligini yanada kuchaytirish kerak. Buning uchun, oliy maktablarda o‘qitilayotgan umumiy fizika va astronomiya, nazariy fizika va astrofizika hamda fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi kurslarini yanada takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
o'qitilayotgan fizika va astronomiya kurslarining mazmunini zamonaviy fizika va astronomiya fani yutuqlarini hisobga olgan holda takomillashtirish;
yuqoridagi fizika va astronomiya kurslarining mazmunini, ular bo‘yicha o‘qiladigan ma’ruza va o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlami yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llab o‘qitishni amalga oshirish;
oliy o'quv yurtlari fizika va astronomiya kurslarining kasbiy yo‘nalishini kuchaytirish kerak.
Mazkur o‘quv qo‘llanma «Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalariga mo‘ljallab yozilgan birinchi kitob bo'lganligi uchun unda kamchiliklaming bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Mazkur o‘quv qo'llanmaning tuzilishi, tarkibi va mazmuni bo‘yicha ko'rsatilgan kamchiliklami sidqidildan qabul qilamiz va bunda hamkasblarga oldindan minnatdorchilik bildiramiz.I BO‘LIM. FIZIKA 0‘QITISH NAZARIYASIVA
METODIKASI
Do'stlaringiz bilan baham: |