26.1-rasm. Fizika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligi.
Oddiy namoyish qurollarini loyihalab, mustaqil yasash, tayyorlash va ta’mirlash asosida fizika xonasidagi laboratoriya qurollarini ishchil holatda saqlab turishi.
Namoyish va laboratoriya jihozlarini xavfsizlik qoidalariga ko‘ra saqlashni bilishi.
Fizikadan har xil ko‘rinishdagi sinfdan tashqari ishlami tashkil qilib, turli to‘garak mashg‘ulotlarini boshqarishi.
Tadqiqotchilik metodini o‘zlashtirgan bo‘lishi va undan fizika o‘qitishda samarali foydalanishni bilishi.
Fizika o‘qitish metodikasidan asosiy adabiyotlami bilishi, ulardan darsda va sinfdan tashqari hollarda foydalanishni bilishi.
Yangi chiqqan adabiyotlami kuzatib borishi, ular bilan o‘zining metodik kutubxonasini to‘ldirib borishi.
O'zining ishiga mas’uliyat bilan yondashishi, o‘qitishning mazmuniga tuzatishlar va takomillashtirishlami o‘z vaqtida kiritishi.
Tuman va shahar fizika o‘qituvchilari uchun metodik seksi- yaga ma’ruza va chiqishlami tayyorlashi, respublika miqyosidagi pedagogik o'qishlarda qatnashishga harakat qilishi kerak.
Yuqorida aytilgan kasbiy bilim va malakalaming bir qismi boshqa maxsus predmetlarni: fizika, elektroradiotexnika va boshq. o‘qitishda shakllantirilishi mumkin, ikkinchi qismi esa, pedagogika va psixologiya, asosiy qismi esa fizika o‘qitish metodikasi mashg‘u- lotlarida shakllantiriladi, chunki bo‘lg‘usi o‘qituvchi-o‘quvchi, fizika o‘qitish metodikasining asosini yaxshi bilishi kerak (26.1 - rasm). Umumlashtirib aytganda, yuqorida keltirilgan mas’uliyatli talablami bajarish, ya’ni zamonaviy fizika o‘qituvchisi bo‘Iish uchun, o‘zining ilmiy-metodik darajasini oshirish ustida tinimsiz ishlashi kerak. Fizika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan maxsus ilmiy-metodik kurslar mutaxassislik- ning o'quv rcjasida ko'rsatilgan bo‘ladi.
II BO‘LIM. ASTRONOMIYA O‘QITISH NAZARIYASI VA
METODIKASI
l-§. Astronomiya o‘qitish nazariyasi va metodikasining
maqsadi, predmeti va dolzarb vazifalari
Astronomiya o‘qitish metodikasi - bu pedagogik fanlaming bir qismi bo‘lib, astronomiya o‘qitishning nazariyasi va amaliyotini o‘z ichiga oladi. Astronomiya didaktikasi astronomiya o‘qitish jarayonida o‘quvchilami o‘qitish va tarbiyalashning usullari, shakllari va vositalarini qo‘llashning yo‘llarini hamda qonuni- yatlarini, ta’lim mazmuni va hajmini aniqlaydi, astronomiya o‘qitishni tashkillashtirish shaklini va metodlarini takomillashtiradi.
Astronomiya didaktikasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi tabiiy-ilmiy fanlaming taraqqiy etishi hamda ulaming insoniyat taraqqiyotining rivojlanishi, shuningdek, fizika, matematika va boshqa tabiiy fanlaming rivojlanishi, pedagogika va psixologiya- ning rivojlanishi va takomillashishi bilan bog'liqdir.
Astronomiya o‘qitish metodikasi - uzluksiz ta’lim tizimida, shuningdek, ta’lim muassasasidan tashqarida hamda mustaqil ta’lim olishda astronomik bilimlar sistemasini shakllantirish jarayoni bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi pedagogik vazifalami oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |