Fizika va astronomiya



Download 4,23 Mb.
bet73/149
Sana31.12.2021
Hajmi4,23 Mb.
#212030
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   149
Bog'liq
36fizikaastrooqitishnazmetpdf

Ta’limiy. astronomiya asoslariga oid bilimlami egallash - boshlang1 ich sistemadagi astronomik tushunchalami shakllantirishni o‘z ichiga olgan umum asosiy va maxsus bilimlami sistemasini: astronomiyani fan sifatida rivojlanishi, uning asosiy bo‘limlari, usullari va vositalarini bilish va tushunish, kosmik jarayonlaming asosiy qonuniyatlarini va nazariyasini bilish, kosmik jarayonlaming fizik xususiyatlarini va tabiatini bilish, astronomik bilimlami amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish kabi masalalami o‘z ichiga oladi.

Tarbiyaviy. Koinot haqidagi umumlashgan bilimlami berishda, dunyoning yaralishidagi umumiy qonuniyatlami tushuntirish, insonning Koinotdagi o‘mi, uning Koinotga munosabatini umum insoniy qadriyatlar orqali tushuntirish yo‘li bilan o‘sib kelayotgan avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi'. o‘quvchilaming fanga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, bilish imkoniyatlarini shakllantirish, ulami mustaqil va mantiqiy fikr yuritishga, ma’lumotlami va olgan bilimlarini umumlashtira olishga, oddiy mantiqiy fikrlashdan chuqur nazariy tahlillar qilishga o'rgatish.

Astronomiya o‘qitish metodlari umumiy nazariyani o‘qitishni, astronomiya o'qitish qonuniyatlarini ochib berishga, o‘quvchi- laming psixologik xususiyatlari va qiziqish hamda imkoniyatlaridan kclib chiqqan holda ta’lim mazmunini, shakli va usullarini ochib berishga hamda ulami tarbiyalash va rivojlantirish masalalariga asoslangan.

Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xarakterga ega. Ma’lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug‘iladi. O‘qituvchilik faoliyati ana shunday xususiyatga ega pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati, pedagogik faoliyatining maqsadi va xarakteri bilan bog‘liq. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini uning dunyoqarashini, e’tiqodini, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalami yechish jarayonidir.

Ilozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti o'qituvchining ijodkor bo'lishini, fanning muhiin muainmolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini o'quvchilarga yctkaza olishini talab etadi. O‘quvchilami ham ijodiy fikrlashga, tadqiqot ishlariga o‘rgata olishini talab qiladi.

Shuning uchun o‘qituvchi avvalo tadqiqotchilik malakalarini cgallashi zarur. O‘qituvchi ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish davoinida oniillarni to‘playdi, tahlil qiladi. Ular asosida xulosalar chiqaradi. 1! Ian xulosalaridan o‘zining amaliy faoliyatida foydalanishi jarayonida hozirgi zamon o‘qituvchisi uchun zarur bo'lgan shu muhim fazilatlami egallaydi.

Astronomiya o‘qitish metodikasida o‘qitish jarayoni astronomiya o'qitishning maqsadlari bilan belgilanadi. Bugungi kunda zamonaviy astronomiya o‘qituvchisidan fanni o‘quvchilarga yetkazib berishda, ularning fanga bo‘lgan qiziqishlarini zamonaviy

ta’lim texnologiyalari elementlaridan, zamonaviy ta’lim vositalarini qo‘Hagan holda, ilmiy asoslar asosida yetkazib berish talab etiladi.

Astronomiya didaktikasining asosiy vazifalari:

  1. Astronomiya o'qitishning maqsadining yaxlitliligini asoslab berish va astronomiyaning asoslarini o‘qitishda har bir ta’lim muassasasi turi bosqichida o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash vazifalarini ochib berish.

  2. Turli tipdagi ta’lim muassasalarida qo‘yilgan maqsadga muvofiq ravishda, astronomiyaning tarkibi va mazmunini aniqlash.

  3. Astronomiya o‘qitishda o‘quvchilami rivojlantirishga qaratil- gan ta’lim va tarbiya berishning hamda ulami eng maqbul yo‘llarini, usullarini ishlab chiqish hamda eksperimental sinovdan o‘tkazish va amalga tatbiq etish.

  4. Tegishli o‘quv uslubiy majmua (darsliklar, o‘quv qo‘llan- malar, didaktik materiallar va h.k.)lami ishlab chiqish.

  5. Moddiy bazani yaratish.

O‘qitish metodikasi uchta narsani hal etib berishi kerak: nima uchun o‘qitish, nimani o‘qitish, qanday o‘qitish? Boshqacha aytganda astronomiya o‘qitish metodikasi o'qitishning maqsadini, o‘qitishning mazmuni, o‘rganiladigan materialni va o‘qitish metodlarini tanlaydi.

Astronomiyani o‘qitish metodikasi astronomiyadan kuzatuv usullarini, astronomiya kursining boshqa o‘quv fanlari bilan alo- qasini, darslar bo‘yicha taxminiy soatlami, o‘qitishni rejalashtirish- ning turli usullarini, bugungi kun zamon talabidan kelib chiqqan holda mavzulami zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda o‘qitishni, muammoviy o‘qitishni o‘rganishdan iborat. Bu fanning vazifasi oliy pedagogika ta’lim muassasalari talabalariga astronomiya asoslarini oqitishda bilimlaming amaliy ahamiyatini ko‘rsatib berishga, o‘quvchilarga fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishda astronomiyaning ahamiyatini ko‘rsatish, nurlanish- lami qayd qiluvchi asboblarining takomillashuvi hamda olingan ma’lumotlami ishlashda zamonaviy axborot texnologiyalarini rivoj- langanligi to‘g‘risida tushuncha hosil qilishdan iborat.

Ushbu kurs fizika va astronomiya mutaxassisligi bo'yicha bitiruvchi va kelgusida akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, o‘rta maktablarda o‘qituvchilik faoliyati bilan shug'ullanuvchi talaba- larga mo‘ljallanib, ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulot tarzida o‘rganiladi.

O‘rta maktabning takomillashgan Davlat ta’lim standartlari asosida yangi dasturlarga o‘tishi pedagog va metodist o‘qituv- chilardan maktab ta’limini zamon talablarini to‘laroq qondirish uchun ancha yuqori ko‘tarishni talab qiladi. Bugungi kunda astronomiyada ilmiy axborotlar jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. XX asming boshlariga kelib, astrofizika astronomiyaning yetakchi qismiga aylandi.

Astronomiyada erishilgan yutuqiar, kashfiyotlar shu darajada ko‘pki, bu kashfiyotlar tabiat qanchalik murakkab va ko‘p qirrali bo'lmasin, uni bilish mumkinligini isbotlaydi.

Astronomiyada buyuk taraqqiyot ko‘p jihatdan, yirik teles- koplaming yangi avlodlarining vujudga kelishi va nurlanishlarini qayd qiluvchi asboblarining takomillashuvi hamda olingan ma’lumotlami ishlashda kompyuter dasturiy tillarining qo‘llanilishi tufayli ro‘y beradi.

Yerdan turib optik qurilmalar yordamida osmon jismlarini o‘rganish, atmosferada infraqizil, ultrabinafsha va spektming bular- dan ham qisqa to‘Iqinli nurlanishlaming yutilishi tufayli cheklangan edi. Bizning davrimizda, yerdan yuqori balandlikka uchiriladigan balloidlar, rakctalar yerning sun'iy yo'ldoshlari va sayyoralararo avtomatik stansiyalarga o'rnatilgan asboblar yordamida osmon jismlarini kuzatish imkonining tug'ilishi bunday cheklanishlami bartaraf qildi. Bundan bir necha yillar ilgari bunday kuzatishlar yulduzlaming fizik tabiatiga tegishli bilimlarimizni to‘ldirish imkoniga ega emas edi, chunki u davrda yulduzlar atmosferasining nazariyasi ham ishlab chiqilmagan edi. Atom tuzilish nazariyasi va plazma fizikasi vujudga kelgandan keyingina Quyosh va yulduzlar atmosferasi nazariyasini ishlab chiqish imkoni tug‘ildi.

Yulduzlar atmosferasi va ulaming ichki tuzilishi va yulduz- lararo muhitning fizik sharoitlarini tasavvur qilish uchun hozirgi zamon nazariy fizikasining termodinamika, gidrodinamika va gazo- dinamika, inagnitodinamika, yadro fizikasi va uning boshqa bo‘lim- laridan Ibydalanishga to‘g‘ri keladi. Fizika va kimyo o‘z navbatida, astrofizikadan moddaning holati va xususiyati, kechayotgan fizik jarayonlar, kimyoviy elementlaming kelib chiqishi va Koinotda ulaming birikishi va boshqa obyektlar haqida ma’lumotlar oladi.

Oxirgi yilllarda astrofizikaning radioastronomiya usuli jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, yirik teleskoplar qurilmoqda, kuchsiz kosmik radiosignallami kuchaytirish usullarini takomillashtirish va ulami kosmik «radioshovqin» dan ajratib olish usullari ishlab chiqilmoqda, yaqin osmon jismlarini radiolokatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Bir necha yil oldin faqat orzu qilish mumkin bo‘lgan Mars va Zuxrani radiolokatsiya yo‘li bilan sinchiklab o‘rga- nish ishlari amalga oshirildi. Ular sirti relyefming birinchi xaritalari tuzildi. Shunday qilib, radiolokatsiya osmon jismlarining parametr- larini aniqlashdek muhim masalalarini yechishdan yanada murakkab muammolarini hal qilishga o‘tdi.

Kosmik radionurlanishlami tatbiq qilish ma’lum osmon jism- lari haqidagi bilimlarimizni chuqurlashtiribgina qolmay, radionur- lanish chiqaruvchi pulsarlar, radiogallaktikalar, kvazarlar va bosh­qa obyektlaming ochilishiga olib keladi. Kosmik radionurlanish- laming kelib chiqishi fiziklar oldiga hal qilinmagan qator masala- lami qo‘yadi.

Astronomik tadqiqotlar yangi metodlarining vujudga kelishi va rivojlanishi tabiatni o‘rganishning dastlabki klassik metodlarini inkor etmaydi. Aksincha kosmik uchishlaming qo‘llanilishi osmon mexanikasi va astronomiyaning rivojlanishiga, radio metodlar esa yulduzlar astronomiyasi, kosmologiya taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kun fizika va astronomiya o‘qituvchisi ana shunday jadal rivojlanayotgan kosmik tadqiqotlar asrida, ana shunday mukammal masalalarni tushuna oladigan va ulami bugungi kun kadrlariga yuqori malakada yetkazib bera oladigan mutaxassis bo‘lishi zarur.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan astro­nomiya kursi o‘quvchilaming umumta’lim maktabda o‘qitilgan astronomiya kursidan erishilgan bilimlarga tayanadi. Astrono­miyaning asosiy metodlaridan hisoblangan kuzatish metodlari va boshqa tadqiqot metodlari haqida o‘quvchilarga to‘la ma’lumot berish, darslami ko‘rsatma materiallar (plakatlar, modellar, fotogra- fik materiallar, ekran qo‘llanmalari va boshqalar) asosida tashkil etish orqali o‘qitishning samaradorligini oshirish mumkin.

Mashg‘ulotlami kompyuter texnologiyalari asosida tashkil etish, Internet saytlaridan olingan mavzu bo‘yicha sistemalashtirilgan ma’lumotlardan keng foydalanish, o‘qitishda kutilgan natijani olishda eng qisqa yo‘l hisoblanadi. Sferik va amaliy astronomiya bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar asosida, astrofizik materiallar bo‘yicha erishilgan bilimlami esa laboratoriya va kuzatish mashg‘ulotlari asosida mustahkamlash yaxshi natijalar beradi.

2-§. Astronomiya o‘qitish metodikasi kursining o'rni


va boshqa fanlar bilan aloqadorligi


Astronomiya o‘qitish metodikasi ilmiy jihatdan ma’lum peda­gogik hodisaning muayyan vaziyatlarda namoyon bo‘lish qonuni- yatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik hodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy mohiyatini to‘la- qonli anglash uchun bir qator fanlaming imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqtayi nazardan astronomiya o‘qitish metodikasi fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:


Download 4,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish