Fizika-tehnika fakulteti


Tashkiliy qism va o’quvchilarni faollashtirish



Download 0,71 Mb.
bet10/11
Sana04.06.2022
Hajmi0,71 Mb.
#636505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishiiiii[1]

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism va o’quvchilarni faollashtirish


1. Salomlashish.
2. Siyosiy daqiqani o’tkazish.
3. O’tilgan mavzuni takrorlash.
4. Davomotni aniqlash.
5. Uy vazifalarini tekshirib olish.
6. O’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirib olish.
2.Yangi mavzu bayoni:
6-sinfda Siz oddiy mexanizmlardan richag, qo‘zg‘aluvchan va qo‘zg‘almas bloklar, chig‘iriq va lebyodka bilan tanishgansiz. Ularning ishlashiga e’tibor berilsa, barchasida aylanish o‘qlari mavjud bo‘ladi.Bunday jismlarning muvozanatda bo‘lishi uchun ularga ta’sir etayotgan kuchlarning vektor yig‘indisi nolga teng bo‘lishi yetarli emasligi ham aytilgan edi. Bunda kuch qo‘yilgan nuqtaning, aylanish o‘qidan qanday uzoqlikda bo‘lishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Kuch qo‘yilgan nuqtadan, aylanish o‘qigacha bo‘lgan eng qisqa
masofaga kuch yelkasi deb ataladi. Bunda, kuch va yelka har doim o‘zaro perpendikulyar bo‘ladi.
Kuch momenti birligi [M] = 1 N · m.Jism kuch momenti ta’sirida aylanish o‘qi atrofi da buriladi. Bunda jismga ta’sir etayotgan
kuch momenti, juft kuch ta’siriga o‘xshash 1-rasm.

bo‘ladi. Juft kuch deyilganda, yo‘nalishi qarama-qarshi, kattaliklari teng, lekin bir o‘qda yotmaydigan kuchlar tushuniladi.


Bunga misol tariqasida avtomobil rulining burilishini keltirish mumkin (1-rasm).
Aylanish o‘qi rulning o‘rtasida bo‘lib, unga juft F1 kuchlar ta’sir etadi.
Natijaviy kuch momenti rulni bir tomonga burovchi momentlarni o‘zaro qo‘shib topiladi:
.
Agar aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismga bir nechta kuchlar ta’sir etayotgan bo‘lsa, bu kuchlarning momentlarini o‘zaro qo‘shish orqali natijaviy moment topiladi. Bunda jismni soat strelkasi yo‘nalishida aylantiruvchi kuch momentlarini musbat ishorada, soat strelkasi yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda aylantiruvchi kuch momentlarini manfi y ishorada olinadi.

2-rasm.
2-rasmda masshtabli chizg‘ichning O nuqtasidan shtativga osilib, undan turli uzoqlikda qo‘yilgan yuklar keltirilgan. Bunda A nuqtaga osilgan yuklar og‘irligi F1 ga, aylanish o‘qidan uzoqligi l1 ga teng bo‘lib chizg‘ichni soat strelkasi yo‘nalishida harakatlantiruvchi
momentni hosil qiladi. В nuqtaga osilgan yuklar og‘irligi F2 ga, aylanish o‘qidan uzoqligi l2 ga teng bo‘lib, chizg‘ichni soat
strelkasi yo‘nalishiga qarama-qarshi yo‘nalishda aylantiruvchi kuch momenti hosil qiladi. Natijaviy kuch momentini topish uchun jismga ta’sir etuvchi kuch momentlarining ishorasini hisobga olib qo’shamiz
Bundan ko‘rinadiki, jism muvozanatda qolishi uchun M = 0 bo‘lishi kerak. Shunga ko‘ra aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismlarning muvozanat sharti quyidagicha bo‘ladi: Aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismga ta’sir etayotgan kuch momentlarining vektor yig‘indisi nolga teng bo‘lganda jism muvozanatda qoladi:
Bu qoida Arximed tomonidan topilgan bo‘lib, momentlar qoidasi deb
yuritiladi. Momentlar qoidasiga asoslanib ishlaydigan oddiy mexanizmlarga richag, ko‘chmas va ko‘char bloklar, chig‘iriq, vint (domkrat)larning ishlash tamoyili momentlar qoidasiga asoslangandir.
Richag. Amaliyotda richagning uch turi ishlatiladi (4.8-rasm).



.
Ikki yelkali richagda (4.8-а rasm) tayanch richagning kuchlar qo‘yilgan nuqtalari oralig‘ida bo‘ladi.
Bir yelkali richagda (4.8-b rasm) tayanch richagning bir uchiga
joylashtirilgan bo‘lib, yukni richagning ikkinchi uchiga qo‘yiladi. Tutib turuvchi kuchni tayanch va yuk qo‘yilgan nuqtalar oralig‘iga jo‘ylash tiriladi.Ularda kuchlar antiparallel yo‘nalgan bo‘ladi. Inson qo‘li, yong‘oq chaqadigan qisqich ularga misol bo‘la oladi (4.9-rasm).
Richagning uchinchi turida (4.8 d-rasm) tayanch richagning bir uchiga joylashtirilgan bo‘lib, yukni tayanch va tutib turuvchi kuch qo‘yilgan nuqtalar oralig‘iga qo‘yiladi. Ularda ham kuchlar antiparallel yo‘nalgan bo‘ladi.
Zambilg‘altak, otashkurak ularga misol bo‘la oladi (4.10-rasm).
Bloklar. Turmush va texnikada bloklardan foydala nishda ko‘char va
ko‘chmas bloklar majmuasidan foydalaniladi. Majmuada bloklar o‘zaro ulanib, darajali polispast hosil qilinadi.

4.11-rasmda mana shunday darajali polispast keltirilgan. Darajali


polispastda osilgan yuk og‘irligi bloklarga o‘ralgan arqonlarga taqsimlanadi. (4.3)
ko‘tarish uchun kerak bo‘ladigan kuch shuncha marta kam bo‘ladi.
3.Mavzuni mustahkalash va o’quvchilarni baholash ;
o’quvchilar 3 guruhgabo’linadi.
1-guruh “Umid nihollari ” guruhi
2- guruh “Sharq yulduzi”guruhi
3-guruh “Barkamol avlod“ guruhi
1-guruhga masala: Jismga ta’sir etuvchi kuch momentlari qanday qoida asosida qo’shiladi ?
2-guruhga masala: Aylanish o’qiga ega bo’lgan jismning muvozanatiga doir misollar keltiring.
3-guruhga masala : Polistpastda ko’chmas bloklar soni ortib borsa ,uning kuchni ortirib berish kattaligi qanday o’zgaradi?
Savollarga javob berganlarni to’g’ri yechgan o’quvchilarni hamda o’tilgan mavzu yuzasidan savollarni yod olgan o’quvchilarni baholanadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish