Fizika fakulteti fizika kafedrasi



Download 4,09 Mb.
bet15/78
Sana21.04.2022
Hajmi4,09 Mb.
#571245
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
Bog'liq
2 5194986033703293314

3-seminar ishi.
Amorf polimerlerda shishalanish, yuqori elastik va yopishqoq oquvchanlik holatlari. Anizotropik effektlar va ularni boshqarish imkoniyatlari.
Makromolekulaning uzunligi 1000 nm dan ko’p bo’lganda ham monokristallning qalinligi dm  20 nm dan oshmaydi. Bunday molekulyar tuzlishda polimer zanjiri kristall tekisligiga tikligini saqlab qolgan holda, 180 o ga ketma-ket tarzda burilib, qatlam-qatlam bo’lib taxlanadi. Bunda doimiy va o’zgarmas qatlamli monokristall plastinkalar hosil bo’lishi mumkin (2.2.2-rasm).
Ularning hosil bo’lish jaryaonini qavatlangan zanjirning kristallanishi (QZK) deb aytiladi. Masalan, 12 nm qalinlikdagi monoskristallda taxminan, 100 dona uglerod atomi joylashadi va buning asosidagi massasi 105 bo’lgan makromolekula 70 marta qavatlanadi.
Plaatinkaning sirtidan uning ichida makromolekula qaytishi bir xil masofa va tartibda bo’lsa, u holda yuqori darajadagi QZK amalga oshadi. Agar makromekulaning qaytishi har xil masofada va tartibsiz bo’lsa, u holda tartibsiz QZK natijasida monokristall plastinka yuzasida tashqi qobiq paydo bo’ladi. Makromolekula hamma vaqt bir plasinkaning ichida bo’lmasdan, uning sirtiga chiqib boshqa plastinkalarning tarkibiga kirishi mumkin. Bunday hollarda plastinka kristallit hisoblanadi. Plastinkalarni tutashtirib turadigan makromolekula bo’lagi o’tuvchi zanjir deb ataladi. O’tuvchi zanjir bo’lagi amorf tuzilishga ega bo’ladi (2.2.2,a-rasm).

2.2.2-rasm. Qatlamli zanjir keistall tipidagi plastinka monokristallarning ko’rinishi.
a – o’zgarmas qatlamli (nuqtalar bilan zanjirning buklangan bo’lagi ko’rsatilgan); b – o’zgaruvchan qatlamli (plastinka sirtida zanjirning uchlari (1) va bo’laklarining (2) tashqi ko’rinishi); c – zanjirning yo’nalishi; dm - monokristall qalinligi.
4-seminar ishi.
Deformatsion cho’zish tezligining mustahkamlikka ta’siri. Bo’yama va si;jish maydonlarida gellarning strukturaviy yuzaga kelishi.
Termodinamikaning umumiy pozitsiyalariga nisbatan polimerlarda kuchlanish bilan deformatsiya orasidagi bog’lanishni o’rganish bizga polimerlardagi qaytuvchi deformatsiyalarning tabiatini tushunishga yordam beradi.
Biz ideal kauchuk deb ataluvchi jismdagi yuqori elastic deformatsiyasining tabiatini ko’rib chiqaylik. Ideal kauchuk deformatsiyalanganda uning hajmi o’garmaydi. Kauchuk deformatsiyasining kuchlanishga bog’liqligi quyidagi egri chiziq orqali beriladi (3.1.1-rasm):

3.1.1.-rasm. Polimer namunasining kuchlanish-deformatsiya egriligi.

I – bo`limda Guk qonuni bajariladi. II-bo’limda polimerlarga ta’sir etuvchi kuvhning oz qiymatiga katta deformatsiya to’g’ri keladi. III-bo’limda esa deformatsiyaning oz qiymatiga katta kuchlanish to’g’ri keladi.


II-bo’limda polimerning eslastiklik moduli o’zgarmas bo’lmaydi va u kuchlanishga bog’liq o’zgaradi. Deyarli kauchuk uchun elastiklik moduli kichik qiymatga ega bo’ladi. Demak, kauchuk polimerlarning yuqori elastikligi kinetik energiyaga ega bo’lar ekan. Sababi kauchukning elastiklik moduli gazlardagidek temperaturaning ortishi bilan amalga oshadi, deformatsiyalanuvchi elastik jismlar esa qizadi. Unchalik kuchli bo’lmagan deformatsiyada polimer hajmining saqlanishi kauchukning molekulalari orasidagi masofa o’zgarishsiz qolishini bildiradi, ya’ni ichki energiya o’zgarmas saqlanadi degani.
Polimerlarning elastikligining kinetik tabiati segmentlarning harakati bilan belgilanadi. Agarda polimer namunasini tashqi kuch ta’sirida cho’zganimizda segmentlarning issiqlik harakati ta’sir kuchi yo’nalishida makromolekulalarning to’g’rilanishiga olib keladi, ta’sir kuchini olib tashlasak polimer o;zining dastlabki holatiga qaytadi, bu makromolekulalarning qaytadan o’ralgan holati tiklanishini bildiradi, ya’ni yuqori elastik deformatsiya qaytimli bo’lishini ko’rsatadi. Demak, yuqori elastik deformatsiyaning tabiatini molekular ko’z qarashdan ochb beradigan bo’lsak, tashqi ta’sir ostida makromolekulalarning cho’zilishi va qaytadan o’zining dastlabki o’ralgan holatiga qaytishi bi;an tushuntiriladi.Bu holatda polimerning hech qanday oqimi yuzaga kelmaydi, sababi makromolekulalar bir-biriga nisbatan o’rin almashmaydi.

Download 4,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish