Fanlararo va fan ichidagi bog‟liqlik: Mashg'ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik yordam, BTY‟o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o'zlashtirishda foydalanish mumkun. Motivatsiya: tibbiyot amaliyotida qo'llaniladigan dori vositalar keng asortimentli bo'lganligi sababli ularni o'rganish katta ahamiyat kasb etadi.Dori vositalarni o'rganish ularni qabul qilish va saqlash jarayonlarida salbiy ta'sir etuvchi omillardan himoya qilishni talab etadi Mashg'ulotning mazmuni: Fitopreparatlarni qo'shib ishlatishda kuzatiladigan o'zgarishlar – sinergizm, potensiallanishi, antogonizm va ularning turlari. Kompleks fitopreparatlarni (fitoyig'malar va boshqalar) tayyorlashda bo'lishi mumkin bo'lgan kimyoviy reaksiyalar natijasida cho'kmaga tushish va boshqalar. Fitoterapiya farmakoterapiyaning bir turi, uning yaxshi tomonlari, boy tarixi. Ibn Sino, dori vositalarini (fitopreparatlarni) yaratish, manbai, amalda kiritilishi qoidalari haqida bayon etish, ularning tavsiflari bilan tanishtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |