Tayanch atama va iboralar. Fitopreparat,sinergizm, potensiallanishi, antogonizm
Nazariy qism
O‟zbekiston shifobaxsh giyohlarga ancha boy. Respublikada 4000 dan ortiq yovvoyi o`simliklar o`sadi. Shulardan 100 dan ortig`i tibbiyot amaliyotida dori vositasi sifatida qo`llaniladi. halq tabobatida esa hududimiz o`simliklaridan 600 ga yaqini dorivor hisoblanadi. Bemorga davo ko`rsatish maqsadida tibbiyot amaliyotida faqat fitoterapiya bilan chegaralanib qolmasdan, davo qilishning boshqa mavjud usullaridan jumladan, sintetik dorilardan, fizioterapiya, dietoterapiya va boshqalardan foydalanish ancha samarali bo`ladi. Bu narsa kasallikning turiga, uning kechishiga, bemorlarning holiga va boshqa omillarga bog`liq. Shuning uchun fitoterapiyani ma'lum davo usullaridan ajratib bo`lmaydi, unga kompleks ravishda davo ko`rsatish usullaridan biri deb qarash kerak.
Ko`pchilik dorivor o`simliklar ko`p qirrali ta'sir xususiyatiga ega bo`lishiga qaramasdan, bir necha giyohlardan tayyorlangan yig`malar ancha samarali davo ko`rsatadi. Misol qilib,
hozirda tibbiyot amaliyotida keng qo`llanilayotgan marelin, kardiovalen, kafiol, urolesan, vikair va b. keltirish mumkin.
Dorivor o`simliklardan turli xil dori (damlama, qaynatma, tindirma, ekstraktlar, kukun va boshqalar) tayyorlanadi. Ularni tayyorlash yoki toza dori moddasini va dorivor preparatlarni olish uchun ishlatiladigan o`simliklar qismi yoki shu o`simliklardan birlamchi ishlash yo`li bilan olingan moddalar (efir moyi, daraxt elimi va b) dorivor o`simliklar mahsuloti deb yuritiladi. Odatda ushbu mahsulotlar o`z tarkibida biologik faol moddalarni ko`p miqdorda saqlaydi. Dorivor mahsulot sifatida o`simliklarning yer ustki qismi (bargi, guli, mevasi, urug`i, po`stlog`i, kurtagi, o`tli o`simliklarning butun yer ustki qismi) yoki yer ostki qismi (ildizi), ildizpoyasi, piyozi (tugunagi) ishlatiladi.
Biologik faol moddalar o`simliklar tarkibida uchraydigan har xil birikmalar shaklida bo`lishi mumkin, xususan alkaloid, glikozid, vitaminlar, yog`lar, yog`simon modda, kislota, kumarin, lignan, oshlovchi moddalar (tanidlar), polisaxarid, saponin, flavonoid, efir moylari (terpinoidlar), fitontsidlar va boshqalar. Ushbu moddalar o`simlik rivojlanishi davrining turli vaqtida, yilning fasliga qarab, ko`p miqdorda to`planadi. Shuning uchun dorivor mahsulotlar o`simliklardan turli davrlarda yig`iladi. Masalan, o`simlikning yer ustki qismi (o`ti) o`simlik gullaganida, kurtaklar va po`stloqlar o`simlik tanasida suyuqlik yura boshlaganida (erta bahorda), yer ostki qismlari esa odatda o`simlik uyquga kirganda (kech kuzda) va hakozo.
Dorivor o`simliklarni yig`ishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
Dorivor o`simlik mahsulotlari oldindan mo`ljallangan, ruxsat etilgan yerda va miqdorda yig`iladi
Ushbu mahsulotlar muayyan qoida bo`yicha quritilishi darkor
Ko`p yillik dorivor o`simliklarning er ustki qismi tayyorlanishida, ularning ildizi qoldirilishi zarur
Ildiz va ildizpoya kavlab olinishida ildizning bir qismi yerda qoldirilishi shart
O'simlik mahsulotini tayyorlashda yaxshi taraqqiy etgan, gullab turgan o`simlikni (uning mevasi etilib urug`lari sochilib ko`payishi uchun) qoldirish zarur.
Ushbu qoida va talablarga rioya qilinmasa, dorivor o`simliklar tabiiy o`sish joyida butunlay yo`q bo`lib ketishi mumkin.
Dorivor o`simliklar. Ushbu bandda asosan Markaziy Osiyo davlatlarida o`sadigan, o`stiriladigan, tibbiyot amaliyotida ko`p qo`llanadigan, ayrim dorivor o`simliklar haqida qisqacha ma'lumot beriladi.
Aloy.Aloe. O'simlikning quritilgan barg shirasi-sabur katta dozada (0, 03-0, 05) me'da sekretsiyasi susaygan hollarda tavsiya etiladi. Bundan tashqari biostimulyatorlar sifatida ham beriladi.
Andiz-Devyasil. O'simlikning ildizpoyasi va ildizidan tayyorlangan qaynatma yallig`lanishga qarshi, balg`am ko`chiruvchi, mikroblarga qarshi va o`t haydovchi ta'sirga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |