Arpabodiyon.Anis
obыknovennыy. O'simlik mevasi tarkibidagi efir moyi balg`am ko`chiruvchi, yallig`lanishga qar shi va spazmolitik, mikroblarga qarshi ta'sirga ega. Shu sababdan efir moyini saqlovchi preparatl ar (ko`krakeliksiri, novshadil-
arpabodiyon tomchisi) nafas yo`llarining yallig`lanishida qo`llanadi.
Arslonquyruq-
Pustыrnik. O'simlikdan tayyorlangan preparatlar (damlama, tindirma, suyuq ekstrakt) tinchlantir uvchi, qisman gipotenziv va kardiotonik farmakologik xossaga ega. Shu sababdan ular hayajonla nishda,uyqusizlikda, asab buzilishi holatida, gipertoniyada tavsiya etiladi.
Bo`znoch-
Bessmertnik. O'simlik gulidan tayyorlangan damlama, qaynatma, quruq ekstrakt va tabletka shak lida chiqariladigan flallin preparati o`t haydovchi dori sifatida o`t qopi va o`t yo`llarining ayrim kasalliklarida ttavsiyaetiladi.
Bo`ymodaron-
Tыsyachilesnik obыknovnnыy. O'simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakti ayrim me'da-ichak kasalliklarida (gastrit, enterit va b) va ichki a'zolardan (bachadon, ichak, o`pka) qonketishi da qon to`xtatuvchi vosita sifatida beriladi. Preparat qisman yallig`lanishga qarshi va spazmolitik ta'sirga ham ega.
Bo`tako`z-Vasilyok siniy. O'simlik gulidan tayyorlangan damlama peshob haydovchi va o`t haydovchi ta'sir ko`rsatadi. Buyrak va peshob yo`llari, o`t qopi va yo`llari xastaliklarida qo`llanadi.
Valeriana-
Valeriana lekarstvennaya. O'simlikning ildiz poyasi bilan ildizidan tayyorlangan damlama, tindi rma, suyuq va quyuq ekstrakti, kompleks preparatlari markaziy nerv tizimini tinchlantiruvchi dor i vositasi sifatidauyqusizlikda, asab buzilishi holatlarida, isteriyada, hayajonlanishda, stenokardiy ada, gipertoniya kasalligining boshlanishida, ko`ngil aynashi va qusishda keng qo`llanadi.
Gazanda-
Krapiva obыknovennaya. O'simlikning bargidan tayyorlangan damlama, suyuq ekstrakt qon ivis hini tezlashtiradigan, yallig`lanishga qarshi, o`t haydovchi va yara bitishini jonlantiruvchi ta'sir k o`rsatadigan va ichkia'zolaridan qon ketishida, me'da va ichak yaralari kasalligida qo`llanadi.
Gulxayri-Altey. O'simlik ildizidan tayyorlangan damlama, sharbat, quruq ekstrakt hamda uning yer ustki qismidan olingan preparat mukaltin balg`am ko`chiruvchi, o`rab oluvchi va yallig`lanishga qarshi ta'sir ko`rsatib, nafas yo`llarining yallig`lanishida (traxeit, bronxit va b) va ayrim me'da-ichak kasalliklarida (me'da-ichak yara kasalligida, enteritda) tavsiya etiladi.
Do`lana-Boyarishnik. Gulining damlamasi, tindirmasi, suyuq ekstrakti va kardiovalen kompleks preparati Yurak faoliyatini yaxshilaydi, bir tekis urishini ta'minlaydi, koronar va boshqa qon tomirlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Shu sababdan Yurak xastaliklarida (taxikardiyada, Yurak holsizlanishida), gipertoniyada, ayollarda klimaks davri boshlanishida qo`llanadi.
rasm. Gazandao`t,
Jag`-jag`-Postushaya sumka obыknovennaya. O'simlik preparatlari (damlama, suyuq ekstrakt) bachadon mushaklarining tonusini oshiradi, qon bosimini qisman tushiradi va ichak harakatini jonlantiradi. Shu sababdan tug`ruqdan keyin bachadondan qon ketishida (atonik qon ketish), hayz vaqtida og`riqni qoldirish maqsadida ishlatiladi.
Zirk-Barbaris obыknovennaya.O'simlik bargi va ildizidan tayyorlangan preparatlar (damlama, yig`ma va barbarin sulfat tabletkasi) jigar o`tini haydaydi, bachadon mushaklari
tarangligini oshiradi, qon tomirlarini toraytiradi. Shu sababli ular gemostatik sifatida akusherlik amaliyotida va o`t haydovchi sifatida jigar va o`t yo`llari kasalliklarida beriladi.
Dalachoy-Zveroboy. Yer ustki qismidan tayyorlangan preparatlar (damlama, tindirma) burishtiruvchi, spazmolitik, mikroblarga qarshi va qisman peshob haydovchi ta'sirga ega. Shu sababdan stomatit, gingivit, gastro-enterokolit va boshqa kasalliklarda beriladi. Novoimanin 1 % spirtli eritmasi sirtga qo`llash uchun (abtsess va boshqa yiringli yaralarda, kuyganda, piodermiya va b) tavsiya etiladi.
Zubturum-Podorojnik bolshoy. O'simlik bargidan tayyorlangan damlama, shirasi, plantaglyutsid granulasi balg`am ko`chiruvchi, spazmolitik va yallig`lanishga qarshi ta'sir ko`rsatadi. Shunga asosan ular nafas yo`llarining yallig`lanishida (bronxit, ko`kyo`tal), me'da- ichak kasalliklarida (gastrit, enterit, ko‟lit) qo`llanadi.
Igir-Air obыknovennыy. O'simlik ildiz poyasidan tayyorlangan kompleks preparatlar (damlama, «Vikair», «Vikalin» tabletkalari) me'da va o`n ikki barmoq ichak yarasi va boshqa kasalliklarida yallig`lanishga qarshi ta'sir etadi.
Isiriq-Garmala obыknovennaya. O'simlikning yer ustki qismidan ajratib olingan peganin va peganol antixolinesteraz ta'sirga ega. Miorelaksantlar (tubokurarin) ta'sirini cheklaydi. Mushaklar qisqarishini oshiradi. Dezoksipeganin gidroxlorid nevritlarda, miasteniyada va miopatiyada qo`llanadi.
rasm.Gulxayri.
Kashnich-Koreandr posevnoy. Osimlik mevasidan tayyorlangan preparatlar (damlama, yig`malar) me'da shirasini kuchaytiradi, ovqat hazm bo`lishini yaxshilaydi, el haydaydigan ta'sir ko`rsatadi. Sezilarli spazmolitik va o`t haydaydigan xususiyatga ega.
Maymunjon-Malina obыknovennaya. Mevasidan tayyorlangan damlama va yig`malar isitma tushiruvchi, yallig`lanishga qarshi ta'sir etadi. Nafas yo`llari yallig`lanish kasalliklarida keng miqyosda ishlatiladi.
Makkajo`xori-Kukuruza. O'simlik popugining qaynatmasi va suyuq ekstrakti jigar va o`t yo`li yallig`lanishida (gepatit, xoletsistit, xolangit) o`t haydovchi sifatida qo`llanadi. Bundan tashqari peshob yo`llari yallig`lanishida (tsistit, tosh kasalligi) va qon ketishida gemostatik preparat sifatida tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |