Finikiyada dehqonchilik va chorvachilik
O’rtayer dengizining sharqiy sohili dasht, tog`lik va kichik-kichik unumdor vohalardan iborat bo`lgan.
Miloddan avvalgi VI–IV mingyilliklarda dehqonlar ekin maydonlarini kengaytirib, bug`doy va arpadan tashqari tariq va zig`ir ham ekkanlar. Ular yovvoyi sigir, buqa va qo`ylami ham qo`lga o`rgatib, xonakilashtirganlar, it boqib, mushuk asraganlar. Shu tariqa chorvachilikka ham asos solganlar. Donni maydalash uchun yormatosh – yorg`uchoqlardan, keyinchalik esa qo`1 tegirmonidan foydalanilgan. Suriya va finikiyalik dehqonlar, katta-kichik maydonlarga zaytun daraxti, tok, olma, nok, anjir har xil ko`katlar ekib, bog`dorchilikka va sabzavotchilikka ham katta e`tibor berganlar. Bog`bonlar mevali bog`lar va tokzorlar yaratish uchun tog` yonbag`irlaridagi qiyaliklardan foydalanganlar. Ular zig`ir va uzumdan mo`l hosil yetishtirganlar. Misr yozuvlarining birida o`lkadagi boyliklar shunday ta`riflanadi: «Bog`lar mevalar bilan to`lib-toshib yotibdi. Vino ezgichdan suv kabi oqadi. Terassalarda
Do'stlaringiz bilan baham: |