Finikiya va Lidiya podsholigi Reja


Lidiyaning ijtimoiy tuzumi va xo`jaligi



Download 21,53 Kb.
bet6/8
Sana16.08.2021
Hajmi21,53 Kb.
#149082
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Finikiya va Lidiya podsholigi

Lidiyaning ijtimoiy tuzumi va xo`jaligi. Lidiya qadimgi sharqdagi mamlakatlar singari quldorlik davlati edi. Lidiya aholisi turli toifa va tabaqalarga bo`lingan edi. Katta yer egalari, harbiy boshliqlar, oliy darajadagi ruhoniylarva boy savdogarlar hukmron tabaqa hisoblanardi. Ozod mayda dehqonlar, cho`ponlar va hunarmandlar aholining ko`pchilik qismini tashkil etar edilar. Ular podsho xazinasi va ibodatxonalaiga soliq to`lardilar. Lidiya aholining quyi tabaqasi qullar edi.

Lidiya yakka hokimlikka asoslangan davlat edi. Davlat boshida skoh turardi. Podsho hokimiyatining tayanchi soqchilar guruhi va qo`shin edi. Lidiyaning otliq suvoriylaii va ot qo`shilgan jang aravalari ayniqsa mashhurbo`lgan. Lidiya shohlari kariylar, ioniylar va likiylardan iborat yollangan askarlarni ham xizmatga jalb qilgan edilar. Shoh saroyida shoh qarindoshlari va oliy darajadagi ulug` zodagonlarning mavqei ham baland edi.

Shoh saroyida oliy zodagonlardan tashkil topgan kengash mavjud bo`lgan. Davlat ahamiyatiga ega bo`lgan masalalarni hal etish uchun xalq yig`ini chaqirilib turilgari. Shohlar kuch-qudratining oshishi munosabati bilan xalq yig`ini o`z ahamiyatini yo`qota borgan.

Lidiya xo`jaligining asosini dehqonchilik tashkil etgan. Germ-Paktol, Meandr daryolaridan suv ichadigan yerlar juda hosildor bo`lgan. Lidiya dehqonlari vohalarda don, dukkakli o`simliklar, tog` yonbag`irlarida uzum, olma, anjir, nok va boshqa mevalar yetishtirganlar. Lidiya tog`larida sero`t yaylovlar ko`p bo`lib, u yerlarda chorvadorlar qo`y, echki, cho`chqa, qoramol boqib parvarish qilganlar. Ular yilqichilikka alohida e`tibor beiganlar.

Lidiya tog`larida tilla, kumush, mis, temirva qalay ko`p bo`lgan. Bu mamlakatda ma`dansozlik ishlab chiqarishining rivojlanishiga imkon bergan.

Lidiya hunarmandlari ajoyib guldor gazlamalar, qimmatbaho kiyimlar, xushbichim bosh kiyimlar va poyabzallar tayyorlaganlar. Lidiya kulollari o`zlarining guldor idishlari bilan mashhur bo`lishgan. Lidiya hunarmandlari mustahkam pishiq g`isht, turli bo`yoq, shuningdek sard oxrasi tayyorlaganlar.

Lidiyada savdo-sotiq ham rivoj topgan edi. Savdogarlar ko`p mamlakatlar bilan quruqlik va suv yo`li orqali savdo aloqalarini olib borganlar. Uzoq mamlakatlardan kelgan savdogarlar va mehmonlar uchun maxsus mehmonxonalar qurilgan.

Lidiya dastlabki tanga ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Miloddan avvalgi VII asrda shoh Giges davrida oltin va kumush tabiiy qotishmasi – elektrumdan tanga zarb etilgan. Keyinchalik kumush tanga, Krez davrida esa oltin tangalar zarb qilingan. Lidiya tangalari keng tarqalib hatto yunonlarning Ioniya shahrida ham qo`llanilgan.




Download 21,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish