Bo'lishli va bo'lishsiz fe'llar. Ish-harakatning bajarilishi haqidagi xabami bildirgan fe'llar bo'lishli fe'llar deyiladi. Bo'lishlilik ma'nosi fe'lning lug'aviy ma'nosi orqali ifodalanadi, uni ifodalovchi maxsus qo'shimcha mavjud emas: o'qidi, yozdi, keldi, ketdi.
Bajarilmaydigan ish- harakatni ifodalovchi fe'llar bo'lishsiz fe'l deyiladi.
Bo'lishsizlik quyidagi vositalar orqali vujudga keladi.
1. fe'lga -ma qo'shimchasini qo'shish bilan: bormadi, o'qimadi, yozmadi, ishlamadi kabi. -ma qo'shimchasi murakkab fe'llarning birinchi qismiga qo'shiladi: o'qimay qoldi, ishlamay qo'ydi, yotmay turdi.
- ma qo'shimchasi murakkab fe'llarning ikkmchi qismiga qo'shiladi: olib bormadi, o'qib chiqmadi, so'rab olmadi kabi. Murakkab fe'llarning har ikkala qismiga bu qo'shimcha qo'shilsa, bo'lishlilik hosil qiladi. Bunday holatlarda ish- harakatning aniq bajarilishi ifodalandi: bormay ketmaydi, olmay qo'ymaydi.
-ma qo'shimchasi ritorik so'roq gaplar tarkibida, ham bo'lishlilikni vujudga keltiradi: masalan, onani kim sevmaydi?
2. Bo'lishsizlik sifatdosh shakliga emas, yo'q so'zlarini qo'shilishi bilan hosil bo'ladi: borgan emas, o'qigan emas, yozgan emas, ishlagani yo'q, uxlagani yo'q kabi.
Na inkor bog'lovchisi uyushiq bo'laklar orasida kelib, bo'lishsizlik hosil qiladi. Na o'qiydi, na yozadi.
Fe'l nisbatlari
Harakatning bajaruvchisi (ega) bilan harakat qaratilgan predmet (to'ldiruvchi) orasidagi o'zaro munosabatlarning ifodalanishi fe'l nisbatlari deyiladi. Harakat bilan subyekt (ega) va obyekt (predmet) orasidagi munosabatlar har xil, ya'ni fe'ldan anglashilgan harakat obyektga o'tishi: bolalar kitobni o'qidi; obyektga o'tmay, subyektning o'zida qolishi: bolalar yuvindi; harakat bir necha shaxs tomonidan birgalikda bajarilishi: bolalar bahslashdi; harakat boshqa shaxslarning ta'sirida bajarilishi: o'qituvchi bolalarga kitob o'qitdi kabi shakllarda yuzaga keladi. Bunday shaklarning yuzaga kelishida maxsus shakl yasovchi qo'shimchalar ham ishtirok etadi. Biroq, bu qo'shimchalar fe’lning ma'nosini o'zgartirmay , unga qo'shimcha ma'no beradi. Masalan: o'qidi-ega tomonidan bajarilgan harakat, o'qittirdi to'ldiruvchi bajaradigan harakatdir. Masalan: Karim bolalarni o'qittirdi. Harakatning bajaruvchisi bolalar, biroq harakat boshqa shaxsning - Karimning ta'siri bilan bajarilmoqda.
Fe'llarda quyidagi nisbatlar mavjud:
1. Aniq nisbat. 2. O'zlik nisbati. 3. Majhul nisbat.
4. Birgalik nisbati. 5. Orttirma nisbat.
Aniq nisbat. Bu nisbat ega tomonidan bajariladigan harakatni ifodalaydi. Aniq nisbat hosil qiluvchi maxsus vosita yo'q.
U fe'lning negizi orqali ifodalanadi. Fe'lning bunday ko'rinishi juda faol qo'llaniladi. Shuning uchun bu shakl aktiv konstruksiyalar hisoblanadi.Masalan, bolalar kitob o'qidi.
O'zlik nisbati. Harakat ega tomonidan bajarilib, yana egaga qaytadi, ya'ni harakatning bajaruvchisi ham, obyekti ham bir shaxsning o'zi bo'ladi. O'zlik nisbati fe'l negiziga -n, - in qo'shimchalarini qo'shish bilan: taran, yuvin, kiyin, shuningdek, -1, -il qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil bo'ladi: cho'mil kabi.
Fe'l yasovchi. -Ian qo'shimchasi bilan yasalgan fe'llar ham o'zlik nisbat bo'ladi: otlan, jonlan.
Majhul nisbat. Bu nisbatda harakat bosh kelishik shaklidagi to'ldiruvchi tomonidan bajariladi yoki harakatning bajaruvchisi noaniq bo'ladi. Masalan, kitob bolalar tomonidan o'qiladi. Harakatning bajaruvchisi bolalar, biroq bu so'z gapda ega emas, to'ldiruvchi vazifasidadir. Shuningdek, mix qoqildi gapida esa harakatning bajaruvchisi noaniq.
Majhul nisbat quyidagicha hosil bo'ladi:
a) fe'l negizlarga-I, -il, qo'shimchalarini qo'shish bilan: ochildi, qoqildi, qurildi kabi; b) fe'l negizlariga-n, -in qo'shimchalarini qo'shish bilan: ko'rindi, bilindi kabi.
O'zlik va majhul nisbat ayni bir xil qo'shimchalar bilan yasaladi. Fe'lning o'zlik yoki majhul nisbatda ekanligi gapning mazmunidan anglashiladi. Agar harakatni bajaruvchi subyekt aniq bo'lsa o'zlik nisbati: Rust am yuvindi, harakatning subyekti noaniq bo'lsa majhul nisbatdir: kiyim yuvildi kabi.Majhul nisbat ko'pincha passiv konstruksiya hisoblanadi.
Birgalik nisbati. Bu nisbat harakatning bir necha shaxs tomonidan birgalikda bajarihshini bildiradi.
Birgalik nisbati quyidagicha yasaladi:
Fe'l negizlarga -sh, -ish qo'sliimchalarini qo'shish bilan: yozishdi,kelishdi, borishdi, ko'rishdi.
Fe'llarga -lash qo'shimchasini qo'shish bilan: suhbatlashdi,gaplashdi, bahslashdi. Birgalik nisbatdagi fe'llar quyidagi ma'nolarnianglatadi. ...
1. Harakatning bajarilishida bir necha shaxs birgalikda qatnashadi. Bunday gaplarda ega ko'pincha ko'plik shaklida ifodalanadi. Bolalar kitob o'qishdi. Normurodga qarashli boshqarma xodimlari esa uni vahimali bir sukut bilan kutib olishdi. (O. Yo.) Harakat bir necha kishi tomonidan bajarilib, har bir shaxs harakatning egasi bo'ladi. Shuningdek; shaxslardan biri ikkinchisiga nisbatan harakatning obyekti bo'ladi. Chunki bunday fe'llarda harakat bajaruvchilarning biridan ikkinchisiga o'tadi. Masalan, Eson Davlat begim mudarris bilan mazhablar to'g'risida bahslashib o'tirishni istamadi. (P.Q.) Obidov bilan Latofat barobar o'girilib qarashdi. (O. Yo.)
Orttirma nisbat. Bu nisbat harakatni boshqa biror shaxsning ta'siri bilan bajarilishini ifodalaydi, ya'ni harakatning bajarilishi uchun boshqa biror kishi vosita bo'ladi. Orttirma nisbat fe'l negiziga quyidagi qo'shimchalami qo'shish bilan hosil bo'ladi.
-t qo'shimchasini qo'shish bilan: o'qit, ishlat, gullat, bezatkabL,
-dir, -tir qo'shimchasini qo'shish bilan: yozdir, kuldir, uzdir,terdir, choptir, uzaytir kabi. -tir qo'shimchasi -t qo'shimchasiorqali hosil bo'lgan orttirma nisbatdan yana orttirma nisbat hosilqiladi. o'qit-o'qittir, kengayt-kengaytir.
-giz, -g'iz, -gaz, -qiz, -kaz, -qaz qo'shimchalari bilan :ko'rgiz, yurg'iz, turg'iz, yotqiz, o'tkaz, yutqaz.
-ir, -ar qo'shimchalari bilan: pishir, qaytar, sat qo'shimchasibilan hosil bo'lgan ko'rsat fe'li orttirma nisbatdir. Biroq buqo'shimcha bilan hosil bo'lgan shu nisbatdagi fe'llarning yuzagakelishi aktiv emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |