TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI “ELEKTROTEXNIKA VA KOMPYUTER MUXANDISLIGI” FAKULTETI “INFORMATIKA VA KOMPYUTER GRAFIKASI” KAFEDRASI 2021 yilning 27-dekabr “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi o‘qituvchilari Abdukadirova Dinara, Xakimova Nilyufar, Kodirova Yelena, Raximov Sardor, Kayumova Nargiza TDTU akademik litseyi о‘quvchi va о‘qituvchilariga master-klass darsini olib borishdi. 2021yilning 27-dekabr kuni Toshkent davlat transport universiteti “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi katta o‘qituvchi Abdukadirova Dinara tashabbusi bilan TDTU akademik litseyi o‘quvchilari va o‘qituvchilariga “Informatika va axborot texnologiyalari fanidan avval boshlashgan С++ dasturlash tilini davomiga takrolanish jarayonlariga Abdukadirova Dinara, Xakimova Nilyufar, Kodirova Yelena, Raximov Sardor, Kayumova Nargizamaster klass darslarini olib borishdi.
TDTU akademik litseyi o‘quvchilariga proyektorda kompilyator orqali mantiqiy dasturlar orqali barcha tinglovchilarga natija olish jarayoni kо‘rsatildi va barcha berilgan savollarga javob olindi.
Tadbir davomida Xakimova Nilyufar odob va axloq xaqida о‘quvchilarga xayyotiy misollardan keltirdi kun tartibiga rioya qilindi. Tadbirni katta o‘qituvchi D.T.Abdukadirova olib bordi.
Mahorat darsi:“Informatika va kompyuter grafikasi”kafedrasi assistenti N.J.Xakimova-Salomlashish,odob-axloq va hozirgi vaqitda uyali aloqalarda quloqchalarni taqib olgan holda noto‘g‘ri foydanilishlari xaqida o‘quvchilarga hayotiy misollardan keltirildi.
O‘quvchilarning mavzuga oid savollariga javoblar berildi.Mahorat darsi mavzusi o‘rta ta’lim o‘quv dasturlariga mos keladi, axborot texnologiyalari usullaridan foydalangan xolda, yuqori saviyada o‘tkazildi.
TDTU akademik litseyi о‘quvchilari o‘rtasida bitiruvchilarni oliy o‘quv yurtiga jalb qilish maqsadida tashviqot suxbati olib borildi. Suxbat chog‘ida institut haqida, fakultet ta’lim yo‘nalishlari, institutning ilmiy saloxiyati va ta’minoti xaqida ma’lumotlar berildi.
TDTU akademik litseyi o‘quvchilariga proyektorda kompilyator orqali mantiqiy dasturlar orqali barcha tinglovchilarga natija olish jarayoni kо‘rsatildi va barcha berilgan savollarga javob olindi.
“C++ dasturlash tilining asosiy tushunchalari va strukturasi” mavzusida talabalar va o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. C++ dasturlash tili muhitida chiziqli dasturlarga doir masalalar ishlandi. Litsey o‘quvchi yoshlari bilan berilgan savollar bahs munozara shaklida o‘tdi. O‘qituvchilar bilan kerakli maqsadli vazifalar borasida masalalar muhokoma qilindi.
Sikl jarayon" tushunchasi ko'rib chiqildi. C++ tilida While, Do While, For sikl operatorlari bilan tanishgan. Ushbu operatorlardan foydalanishga bir nechta misollar ko'rib chiqildi. Litsey o‘quvchilari va o‘qituvchilari ushbu operatorlar yordamida tsiklik jarayon dasturini tuzishni o‘rgandilar.
Toshkent davlat transport universiteti “Informatika va kompyuter grafikasi” kafedrasi assistenti Kayumova Nargiza Norovna “Kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari va afzalliklari” mavzusida master klass darsini olib bordi.
Master klassda assistent Kayumova Nargiza TDTU akademik litseyi o’qituvchi va o‘quvchilariga:
Kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari: Talabaga yo‘naltirgan ta’limni tashkil etish (student-centered learning);
Talabalar mobilligini kuchaytirish (improving student mobility).
Bu tizimning talabalar uchun afzalliklari: Talabaning bir mamlakat OTMda olgan diplomi boshqa bir mamlakat OTMlari tomonidan hech qanday ortiqcha xujjatlarsiz tan olinadi;
Bu tizimda tanlov fanlarning ko‘pligi ish beruchi talabidan kelib chiqib mutaxassis tayorlash imkoniyatini beradi;
O‘quv dasturi, ma’ruza, seminar va amaliyotlarning salmog‘i, ularni tugatgandan keyin beriladigan kreditlar soniga qarab osonroq baholanishi mumkin;
Mustaqil harakat qilishni o‘rganadilar;
Ularda tanqidiy va analitik fikrlash ko‘nikmasi shakllanadi;
Ularda ma’suliyat va o‘ziga ishonch ko‘nikmasi shakllanadi;
O‘z oldiga aniq maqsad qo‘yadi va shu maqsad sari harakatlanadi.
Kabi afzalliklari o’quvchi va o’qituvchilarga tushuntirib berildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi