Fe'l. Fe'lning ma'nosi va grammatik belgilari


O'tgan zamon sifatdoshi. 2. Hozirgi zamon sifatdoshi. 3. Kelasi zamon sifatdoshi



Download 43,05 Kb.
bet4/14
Sana20.07.2022
Hajmi43,05 Kb.
#825572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Fe\'l. Fe\'lning ma\'nosi va grammatik belgilari

1. O'tgan zamon sifatdoshi. 2. Hozirgi zamon sifatdoshi. 3. Kelasi zamon sifatdoshi. O'tgan zamon sifatdoshi fe'Ii negiziga -dan (-kan, -qan) qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil bo'ladi va nutq so'zlanib turgan paytdan oldin bo'lgan harakatning belgisini ifodalaydi. Masalan, Otaqo'zi zo'rma - zo'raki kulgan bo'ldi. (O.Yo) Rayimberdi tog'aning ham o'g'li urushning boshidayoq frontga ketgan.(S.A.)
Hozirgi zamon sifatdoshi fe'l negiziga -vchi, -uvchi, -yotgan qo'shimchalarni qo'shish bilan yasalib, nutq so'zlashib turgan paytda bo'ladigan harakatning belgisini ifodalaydi. Masalan, Tursunboyning shu qalbaki xo'rsinishi Zebixon ko'ksidagi o'sha har narsani kechira oluvchi, har qanday darddan larzaga tushuvchi joyga borib qadalgan edi. (S.A.) Chilonzordagi sarg'ish, qizg'ish, g'ishtin, kulrang, oqish yirik panelli baland uylarning ko'lankalari tobora uzayib borayotgan payt. (O. U.)
Hozirgi 'zamon sifatdoshining -yotgan qo'shimchasini olgan shakli egalik va kelishik qo'shimchalarini olgan holda qo’llaniladi. O'qiyotganimda, yozayotganimda kabi.
Kelasi zamon sifatdoshi fe'l negiziga -r (-ar ), -digan,-day qo'shimchalarini qo'shish bilan yasalib, nutq so'zlanib turgan paytdan keyin bo'ladigan harakatning belgisini bildiradi. Masalan, Naymanga borgani ma'qul bo'Iar. (S.A.) Bobur Farg'ona vodiysida nimaiki go'zallik ko'rgan bo'lsa, hammasini yozgisi kelar. (P.Q.)
Ravishdosh. Harakatning boshqa bir harakat belgisi ekanligini anglatib, gapda ergash gapning kesimi yoki hol vazifasida keladigan fe'l shaklidir. Pobiya ko'zaga qarab suvga kelganini esladi va uni to'ldirib uylari tomon ko'tarib ketdi. (P.Q.) Ravishdosh quyidagi xususiyatlarga ega: a) barcha fe'llar singari o'timli, o'timsiz, bo'lishli, bo'lishsiz, nisbat, zamon ma'nolariga ega. Masalan, yozay - o'timli, bo'lishli, aniq nisbat, hozirgi zamon; bormagach - o'timsiz, bo'lishsiz, aniq nisbat, o'tgan zamon; b) ravishdoshlar harakat tushunchasini bildiradi. Po'lat sandiqning qulfini sindirib ochib, undagi qog'ozlarni titkilayotgan bosqinchilar uy egasini ko'rib , derazadan ayvonga sakrashdi. (P.Q.) c) ravishdosh holat tushunchasini bildiradi. Tohir o'ylanib qoldi. (P. Q.) d) murakkab fe'lning yetakchi qismi bo'lib keladi: ayta oldi, yozib bordi. Ravishdosh tuslanish tuslanmasligiga ko'ra ikki xil: tuslanadigan ravishdoshlar, tuslanmaydigan ravishdoshlar.
Tuslanadigan ravishdoshlar -b, (-ib), -a, (-y) qo'shimchalari bilan yasalib, shaxs-son qo'shimchalarini oladi: boribman, boribsan, boraman, borasan kabi. Bu ravishdoshlar tuslovchi qo'shimcha olmagan holda ishlatilib, gapda hoi va ergash gapning kesimi vazifasida keladi. Haligi yigit boshini ko'tarib, Saidiyga bir qaradi-da, yana o'z ishi bilan mashg'ul bo'ldi. (A. Q.) Tuslanganda gapda kesim vazifasida keladi. Odatda olim, yo ijod -qani) -guncha, (-kuncha, -quncha) qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil bo'ladi. -gani, (-kani, -qani) qo'shimchalari bilan yasalgan ravishdosh ish -harakatining bajarilish maqsadini bildiradi. Boburdan xafa bo'lib, Eson Davlat begimga shikoyat qilgani ketdi. (P.Q.) -guncha (-kuncha, -quncha) qo'shimchali ravishdosh ish- harakatning davomiyligini bildiradi: U to hovlidan uzoqlashib ketmaguncha hassasining "duk -duki" eshitilib turdi (O'. U.) Bu ravishdoshlarning ham bo'lishsiz shakli -ma qo'shimchasini qo'shish bilan hosil bo'ladi: bormagani, bormaguncha

Download 43,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish