Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   204
Bog'liq
dorivor

Tilning qisqarib qolishi 
Goho tilning tagidagi boylog’ning til boshiga va uchiga tutashuvi sababli 
til qisqaradi, bu esa tilning cho`zilishiga qo`ymaydi. Goho tilning tirishuvi sababli 
ham qisqarish paydo bo`ladi. 
Davolash.
Tirishish sababli bo`ladigan til qisqarishini davolash tadbiri 
aytildi. Boylog’ning kaltaligi sababli bo`ladiganiga kelsak, uni o`sha boylog’ni til 
uchi tomonidan ozgina kesish va kesilgan joyga qonni to`xtatish uchun yanchilgan 
zok qo`yish bilan davolanadi. Tilni cho`zish uchun boylog’ni kesish miqdori tilni 
tanglay tepasiga bukiladigan va og’izdan chiqa oladigan darajada qilib kesishdir. 
Agar ko`p qon ketishdan qo`rqib, temir bilan kesishga jur`at qila olmasalar, 
boylog’ning tagiga qirqadigan ipni nina bilan kirgizib uni kesmasdan ip bilan 
qirqiladi. Shu joyga bitishiga to`sqinlik qiladigan dog’lovchi o`tkir dorilar qo`yish 
kerak. Agar boylog’ni sekin kesib, til tagidagi tomirlarni kesilib ketmasligi uchun 
ehtiyot qilinsa, ko`p qon oqmaydi. 
Til shishlari 
Tilda issiq shishlar, shilliqdan va yeldan bo`ladigan shishlar, qattiq 
shishlar va rak paydo bo`ladi. Shishlarning belgilari haqida aytilgan so`zlarga 
murojaat qilsang, hammasining belgilari ravshan bo`ladi. Goho til zaharli qo`ziqorin 
va afyun kabi zaharli narsani iste`mol qilish sababli ham shishadi.


212 
Davolash. Issiq shishlarni davolash uchun oldin tomirdan qon olish va surgi 
qildirish kerak, til shishlarida bu tadbir qustirishdan ko’ra yaxshiroqdir. Ba`zan 
tilning tagidagi tomirdan qon olish lozim. 
Keyin, shishlarning boshlanish davrida sachratqi shirasini, ayniqsa 
sutcho`p shirasini va ituzum shirasini; qatiq, gul suvi va qizil gul, qizil tasma va 
anor po`stlari qaynatilgan gul suvini og’izda tutib turiladi. Tilni yangi shaftoli bilan 
ishqalanadi, bu juda foydalidir. Agar shishlar tarqalmasa va yiringlamasa, sut bilan 
qo`shilgan asal, yoki sapsar ildizining qaynatmasi, yoki anjir va sariq yo`ng’ichga 
qaynatmasi, mayiz va arpabodiyon qaynatmasi kabi yetiltirib tarqatadigan dorilarga 
ehtiyoj tushadi. Ular bilan tomoq chayiladi. 
Me`da og’zidan quyuq moddani surish uchun iyoraj fikro ichiladi. Kunjut yog’i 
qo`shilgan ismaloq oshi va karam oshi kabi yetiltirish va tarqatish xususiyatga 
ega bo`lgan ovqatlar yeyiladi. Shishlar yiring bog’lasa, og’izga tatim, mirta, yasmiq 
va zaytun bargi qaynatmasi kabi burishtiruvchi narsalar va taxir sharob ishlatiladi. 
Ituzumning shirasidan, gul yog’idan, po`sti ajratilgan yasmiqdan va gulda 
tayyorlangan marham til shishlariga foyda qiladigan dorilardan sanaladi. 
Agar til shishi g’ovak bo`lib shilliqdan bo`lsa, unga va shuningdek oxirgi 
darajasiga yetgan issiq shishga arpabodiyon ildizi kuydirib yopishtirilsa, foyda 
qiladi. 
Goho 
shunday 
shishlarda
g’alizlashgan ayrim issiq shishlarda mana shu tarkibdagi dori ishlatiladi: za`faron 
va iyoraj fiqrodan bir bo`lak, kofur va mushkdan uchdan bir bo`lak va novvotdan 
bir yarim bo`lak olib, shu tarkibdan ikki donaq vazndagisini xotin kishining sutida 
eritib burunga yuboriladi. 
Jolinus: "bir kishining tili kattagina shishdi. U kishi oltmish yoshda bo`lib, 
tomiridan hech biron oldirmagan edi. Men ham qon olmadim, unga huqo ichirdim va 
tiliga sovuqlik quyuq surtma dorilar surtib qo`ymoqchi bo`ldim. Kech vaqti edi
o`sha yerda hozir bo`lgan bir tabib qarshilik qildi. Bemor o`sha kechasi tushida 


213 
o`zini sutcho`p "shirasini og’izga olib turgan holda ko`rdi, keyin u kishi shunday 
qildi ham va butunlay sog’aydi. Bu mening bergan maslahatimga muvofiq 
bo`ldi",- deb aytadi. 
Agar shish qattiq bo`lsa, yengil tadbir qo`llash va yaxshi ovqat berish kerak. 
Quyuq xiltlar katta iyorajlar bilan bo`shatiladi, tomoq chayqaladigan suyultiruvchi 
dorilar ishlatiladi. Sariq yo`ng’ichga ivitilgan suv, anjir bilan birga tayyorlangan 
sariq yo`ng’ichga qaynatmasi va tozalangan mayiz bilan birga dafna mevasining 
suvini og’izda tutib turiladi. Yana : xotin kishi, yoki yovvoyi eshak, yoki echki 
sutini, yana shirin nabiz yoki uzum shirasi yoki xiyorshanbar asali bilan qo`shib 
qaynatilgan anjir va xurmo suvini ham Og’izda tutib turiladi. Kichik iyoraj yoki 
xiyorshanbar kabi narsalar bilan ichni doimo yumshatib turish kerak. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish