Tishlarni davolash va tishlarga ishlatiladigan dorilar to’g’risida umumiy bir
so’z
Tish dorilarining ba’zisi tishning sog’ligini saqlovchi va ba’zisi tishni
davolovchi bo’ladi. Tishlarning moddasi quruq bo’lganidan ularning sog’ligini
saqlovchi va sog’ligini keragicha qaytarib keltiruvchi dorilar qurituvchi dorilar
bo’ladi. Issiqlik yoki sovuqlik dorilar esa , ikkala issiq va sovuq tabiatning biridan
bo’lgan kasallik sababli tishlarning tabiiy mizoji anchagina o’zgargan paytda kerak
bo’ladi. Tishlar uchun eng muvofiq dori keyingi ikki kayfiyati mo’ta’dil bo’lgan
qurituvchi dori va umuman quritish xususiyatiga ega bo’lgan doridir. Biroq
tishlarga ishlatilamaydigan har bir qurituvchi dori muvofiq kelavermaydi. Munosib
bo’lmasligi tishga ishlatilmasligidan emas, balki, ishlatilganda biron kasallik yuz
berishidandir. Keyin tishni qurituvchi dorilari sovuq, quruq va issiq – quruq bo’ldi.
Tish dorilarining eng yaxshisi quritish shimish vazifasini bajarish bilan birga
tishlarni yaltiratuvchi , ularga kelgan ortiqcha moddani mo’tadil darajada erituvchi
va moddaning tishga qarab tortilishiga to’sqinlik qiluvchi dorilardir.
224
Qurituvchi sovuq va biroz sovuq bo’lib , nordonlik yoki mozi mazaligi taxirligi
bilan uzum g’orasi va sitron suvi singari tishni qamashtirmaydigan dorilar
quyidagilardan iborat: omil shirasi , kofur , sandal ,gul, gulning urug’i, anor guli,
baqam daraxti yelimi, yulg’un daraxtining mevasi, mozi, qahrabo,marvarid, fufal,
arpa uni, tut daraxtining patak ildizi, yulg’un daraxtinng bargi va qo’ziquloq ildizi.
Issiqlik va issiqlikka yaqin dorilardan ba’zisining issig’i moddasida bo’ladi va
ba’zisini esa, keyin hosil qilingan bo’ladi. Kuydirilgan tuz, kuydirilgan darmana ,
to’poloqni kuydirilmagani hamda kuydirilgani , dorchin , zufo , qorachayir guli ,
kovul mevasi , kovul ildizining po’sti mevasidan kuchliroq, ud cho’pi, mushk ,
sumbul sochning kuydirilmagani va kuydirilgani. Archaning bargi , sodaj , tog’
echkisi shoxining kuydirilgani va kuydirilmagani, yalpiz , yalpiz kuli, mastakiy ,
kuydirilgan ya’ni qattiq qizdirilgan shishsa, buraq va yumaloq aristoloxiyaning kuli ,
tok po’stining kuli, quyon boshining kuli va kuydirilgan xurmo issiqligi moddasida
bo’ladigan dorilardandir.
Issiqlik quvvatini hosil qilgan dorilar esa mozi kuli, mozi kulini sirka bilan
aralashtirilsa, mo’tadillika yaqinlashadi, tok novdalarining kuli, qamish kuli va
shularga o’xshashlardan iboratdir.
Tog’ echkining kuydirib yuvilgan shoxi , chinor yonyug’i , sanavbar daraxtining
patak ildizi kabilar issiq sovuqligi mo’tadil dorilardan hisoblanadi. Aralashtirish
bilan tayyor bo’ladigan quyidagi dorilar ham shular jumlasidandir: tuz va gulsapsar
sharbati bilan qorishtirib, keyin kuydirilgan arpa uni va qatron bilan qorishtirib,
chog’dek bo’lgunicha kuydirgandan keyin ustiga gulsapsar sharbati sepilgan xurmo.
Quyida bayon qilinadigan dori tishga ishlatib sinalgan dorilardan bo’lib, uning
tarkibi shunday: o’n dirham kuydirilgan tog’ echkisi shoxi, o’n dirham sarv
daraxtining bargi, besh dirham o’z holida qoldirilgan chinor yong’og’i o’n dirham
hamsatu avroq ildizi , besh dirham kuydirilgan sunbulsoch, uch dirham dumi
225
yulingan gul va uch dirham sunbulni mayin yanchib tishga ishqalanadigan elaki dori
tayyorlanadi.
Tish dorisining boshqa yaxshiroq tarkibi mana bu : kuydirilgan tog’ echkisi
shoxi, yulg’un daraxtining mevasi, to’poloq , gul va xushbo’y sunbulning har biridan
bir dirham, andiron tuzidan ¼ dirham tishga ishqalanadigan dori tayyorlanadi.
Boshlab shuni aytamizki, tishlarni qurituvchi dorilar bilan davolash, bilib
o’tganingga ko’ra eng munosibdir, isituvchi va sovutovchi dorilar bilan davolashga
kelsak ularni tish o’ziga xos bo’lgan mo’tadil mizojliligini anchagina yo’qotgan
vaqtdagina ishlatish kerak.
Tishga ishlatiladigan dorilarning ba’zisi ishqalanadigan , ba’zisi chaynaladigan,
ba’zisi chaplanadigan, tishlarga jag’ga surtiladigan , ba’zisi og’iz chayiladigan,
ba’zisi tishga ishqalanadigan, ba’zisi tish kovagiga tiqiladigan , ba’zisi paxtadog’
qilinadigan, ba’zisi dog’laydigan, ba’zisi tishni qo’porib tushiradigan , ba’zisi
bug’laydigan, ba’zisi burunga yuboriladigan va ba’zisi esa burun va quloqqa
tomiziladigan dorilar bo’ladi. Ba’zan tishning eng yaqin joyidagi tomirdan qon olib
yoki o’sha joyga qortiq qo’yib modda bo’shatiladi. Yana tish dorilarining ba’zisi
tarqatuvchi, ba’zisi sovutuvchi, ba’zisi esa uvushtiruvchi bo’ladi. Uvushtiruvchi
dorilarni tishga ishlatish xavf-xatardan juda uzoqdir, lekin ko’p ishlatish tish
moddasini buzadi. Shuningdek, Abu Jahl tarvuzi, harbaq va yovvoyi bodring kabi
shimdirish, isitish xossasi kuchli bo’lgan dorilarni zarur bo’lgandagina ishlatish
kerak. Shu kuchli dorilardan va uvushtiruvchi dorilardan ozginasining ham
ichga ketmasligi kerak. Tishga aziyat berib turgan modda chiqib ketsin va dorilarni
tishning chuqurigacha yetsin uchun , ko’pincha tishni ingichka burg’u bilan kovak
qilish zarur bo’ladi.
Sirka tishga zarar qilsa ham u sovutuvchi dorilarga ham, isituvchi dorilarga ham
qo’shiladi. Sirka o’z moddasi bilan sovitgani va dorini singdirgani uchun
sovutuvchilarga qo’shiladi. Isituvchi dorilarga qo’shilishining sababi esa, u dorini
226
singdiradi va dorini parchalab ajratish bilan ularning shimilishiga yordam beradi.
Sirkaning zarari esa unga aralashgan tish dorilari bilan kuchsizlantirilgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |