Og’iz chaqasi va yomon yaralari
Og’iz chaqasi og’iz va til terisida bo`ladigan tarqaluvchi va kengayuvchi
yaradan iboratdir. Bu ko`pincha bolalarda paydo bo`ladi. Ulardan paydo bo`lishiga
ko`proq sutning yomonligi yoki uning me`dada yomonroq hazm bo`lishi sabab
bo`ladi. U har bir xiltdan bo`laveradi va rangidan taniladi: oqi balg’amdan, ko`proq
217
sho`r balg’amdan paydo bo`ladi sarig’i safrodan bo`lib, alangasi boshqasinikidan
ko`ra kuchliroq bo`ladi; qorasi savdodan, tiniq qizili esa qondan bo`ladi. Eng
yomoni savdodan bo`lganidir. Og’iz chaqasining ba`zisi kuchli o`yiluvchi
bo`lib, ba`zisi esa tinchroq bo`ladi. U goho shishli, goho shunday o`zi bo`ladi.
Og’iz sathida bo`ladigan har bir yara albatta tez yoyiladi, chunki og’iz hamisha issiq
terisi esa ho`l va yumshoq bo`ladi. Jolinus og’izdagi yaralarni shilliq parda yuzida
bo`lib turgan paytlarda "Og’iz chaqasi" deb atar, sasib chuqurlashsa, og’iz chaqasi
deb atamas, balki "yomon yaralar" deb atar edi. Shu yomon yaralarni davolashda
dog’lovchi dorilarga ehtiyoj tushadi. Yog’ingarchilik ko`p bo`lsa, og’iz chaqasi
ko`payadi; u vaboli isitmalarda ham ko`payadi.
Davolash. Oldin ko`payib, og’iz chaqasini paydo qilib turgan xiltlarga qarshi
tadbir qilish kerak. Xilt ko`paygan bo`lsa, butun gavda bo’shatiladi. Keyin iyak
tagidagi tomirdan, ayniqsa chaxor rakdan qon olib bo`shatiladi. Shu tomirlardan qon
olish og’izdagi moddali issiq kasalliklarning hammasiga ham foyda qiladi. Keyin
chiqiqlarga ishlatiladigan va eslatib o`tilgan dorilardan foydalanish lozim. Kuchli,
ho`l, zardob va yiringi ko`p bo`lganiga kuchli dori, mo`tadiligiga mo`tadil dori va
kuchsiziga kuchsiz dori ishlatiladi. Og’iz yaralari suyakka yetishga yaqinlashsa, ko`p
miqdordagi arab akatsiyasi shirasi bilan qo`shilgan faltafiyun kabi juda kuchli dori
ishlatish zarur bo`ladi. Bunda hamma yog’lardan, hatto zaytun yog’idan ham
saqlanish kerak.
Og’iz yarasi qizil bo`lib qondan bo`lsa, dastlab unga eng muvofiq dori bir oz
burishtirish va sovutish xususiyatiga ega bo`lgan doridir. Undan keyin shimdiruvchi
dori ishlatiladi. qizg’ish sariq va sariq xiliga sovutishi kuchliroq bo`lgan dori
ishlatish kerak. Ulardan boshqa turlariga kelsak, eng oldin qilinadigan zarur ish
mo`tadil tabiatli qurituvchi va tozalovchi dori ishlatishdir. Keyin kuchli qurituvchi
va kuchli shimdiruvchi dori ishlatish kerak. Shularning hammasida bemorning
yoshini nazarda tutish kerak: bolalarning dorilari kuchsizroq bo`lishi va emadigan
218
sutlarini tuzatish zarur. Kattalarning dorilari esa kuchliroq bo`lishi lozim. Bolalarga
ko`pincha ovqatning o`zi ham foyda qiladi. Agar ovqat yemaydigan bo`lsalar, o’sha
foyda qiladigan ovqatlarni emizuvchiga yedirish kerak.
Og’iz chaqasining haroratli xiliga yog’adigan davo, masalan, maymunjon bargini
yoki yasmiqni sirka bilan qo`shib chaynashdir. Hamma hayvonlarning, ayniqsa tog’
echkisi va buzoqning iligini behi bilan aralashtirib iste`mol etilsa, foyda qiladi.
Nordon olma, nordon nok do`lana, behi, chilonjiyda, tok navdalarining uchi,
quritilgan bodring, yasmiq uni, guruch uni ham foyda qiladi. Mozi, taboshir, gul,
arab akatsiyasining shirasi va shularga o`xshash narsalardan tayyorlanib sepiladigan
dorilar ulardan ham kuchliroqdir. Burishtiruvchi narsalar bilan qo`shilgan
qoncho`pning og’iz chaqasini davolashda ajoyib quvvati bor. Og’iz chaqasiga kofur
ham juda foydalidir.
Og’iz chaqasining ikkala sovuq xiliga, ayniqsa balg’amdan bo`lganiga qarshi
tozalab qurituvchi dorilar ishlatilsin. Yana kuchli shimdiruvchi va qurituvchi
dorilarni, ayniqsa savdodan bo`lgan ogiz chaqasiga qarshi ishlatish kerak. Masalan,
yovvoyi yasmiq uni va asalning mozi bilan qo`shilgani shunday. Og’iz chaqalariga,
ayniqsa bolalarnikiga, katta toshbaqaning sirka bilan aralashtirilgan o`ti juda
foydalidir. Yomon xiliga esa zokni sirka bilan qo`shib ishlatish lozim. Agar ular
yomon bo`lib o`yib yuborsa, zangorni sariq zok bilan qo`shib, mozini shinniga
solib, yoki mozi, achchiqtosh va anor gulidan barobar bo`lak olib qo`shib ishlatish
kerak. Yana musoro kulcharini yoki taraxumotiqun surmasini uzum qo`rasining
shirasi kabi burishtiruvchi shira bilan qo`shib ishlatiladi. Sepiladigan dori singari
to`zondek qilib yanchilgan achchiqtosh va mozi og’iz yaralarining hamma xiliga
umumiy dorilardan sanaladi. Buni og’izga sekinlik bilan ishqalash kerak.
Og’izdagi hamma xil yomon yaralarga mozi, ayniqsa uning sirka va tuz bilan
qaynatilgani foyda qiladi. Bolalarning og’iz yaralarida o`sha qaynatma bilan og’iz
chayiladi. Og’izning yomon yarasiga qarshi ta`sir qilishda mozariyun kuli ayrim
219
xususiyatga ega bo`lib, og’iz yaralarining hamma turlari uchun umumiy dorilardan
biridir. Gultojixo`roz, mis suvi hamda sharobning kuydirilgan loyqasi ham
shunday.Og’izning savdodan bo`lgan qora yarasiga urug’i olinib asalga
qorishtirilgan mayizni va rum arpabodiyonini surtish foyda qiladi. Agar og’izda shu
bilan birga shish ham bo`lsa, bir sukurraja tog’rayhonni yarim sukurraja gul yog’i,
yarim sukurraja yasmiq va ikki miskol za`faronni olib shu tarkibdan malham qilib
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |