Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova


Tishlarni sog’ saqlash tadbirlari



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   204
Bog'liq
dorivor

Tishlarni sog’ saqlash tadbirlari 
 
Tishlarni sog’lom bo’lib turishini sevgan kishi 8 narsani ko’z oldida tutishi 
kerak. Bulardan biri ovqat va ichiladigan narsani 1-me’dada ketma-ket buzilishidan 
saqlashdir. Buzilishga yoki ovqat moddasining o’zi sabab bo’ladi, masalan, u sut , 
tuzlangan baliq va tuzlangan mayda baliq kabi tez buzilishga qobiliyatli narsalardan 
bo’ladi yoki unga ovqat yeyish tadbirining yomonligi sabab bo’ladiki, bu haqda o’z 
joyida aytib o’tildi. 2- qusishni, ayniqsa, nordon qusish odat bo’lsa , uzoq vaqt 
davom ettirmaslikdir . 3- har bir yopishqoq narsani, ayniqsa notif deb ataladigan
holva va yopishqoq anjir kabi shirin narsalar chaynashdan , 4- qattiq narsani tish 


222 
bilan sindirishdan saqlanish, 5- tishni qamashtiruvchi narsalardan saqlanish, 6- juda 
sovuq narsadan, ayniqsa uni issiq narsadan keyin tishga tegizishdir va juda issiq 
narsadan, ayniqsa uni sovuq narsadan keyin uni tishga tegizishda saqlanish, 7- tishlar 
orasidagi narsalarni doimo tozalab turish , lekin tishni juda chuqur kovlamaslik va 
shu bilan tish ildizidagi va oralig’idagi etlarga zarar yetkazmaslik kerak. Bunday 
kovlash oraliqdagi etni sirtga chiqarib yoki tishlarni qimirlatib qo’yadi. 8-gandano 
kabi xususiyati bilan tishlarga zarar qiladigan narsalardan saqlanishdir, chunki
gandano tishlarga va milklarga juda zarar qiladi. Yana oddiy dorilar bobida bayon 
qilingan boshqa zararli narsalardan ham saqlanish kerak. 
Tish tozalaydigan cho’p misvoqni ishlatishga kelsak, uni o’rta darajada 
ishlatish, tishlarning tiniqlik va yaltiroqligini ketkazadigan , ularni nazlalar va
me’dadan ko’tariladigan bug’larni qabul qilishga tayyorlaydigan va biror xatarga 
sabab bo’ladigan darajada nihoyasiga yetqazib ishqamaslik kerak. Misvoq o’rta 
darajada ishlatilsa , tishlarni yaltiratadi, kuchaytiradi, milklarni mahkamlaydi, 
tishlarning kovaklanishiga to’sqinlik qilib , og’izni xushbo’y qiladi. Misvoq uchun 
eng yaxshi cho’p burishtirish xususiyati va achchiqligi bor bo’lgan cho’pdir. 
Doimo uxlash oldidan tishlarni yog’lab turish kerak. Tish mizojini sovutish
zarur bo’lsa gul yog’i bilan isitish zarur bo’lsa, bon va Rum sunbulining yog’i
bilan yog’lanadi. Ba’zan shu ikki xil yog’larni qo’shib ishlatish zarur bo’ladi. Eng 
yaxshisi tish mizoji sovuq bo’lsa, oldin asal bilan, agar sovuqqa moyillik yoki kam 
issiqlik bo’lsa , shaker bilan ishqalash lozim. Ularning har ikkalasi ham bir qancha 
yaxshi ishlarni birdam bajaradi: tishlarni yaltiratadi, zichlashtiradi, baquvvat qiladi, 
isitadi va tozlaydi. Lekin shakar bunday ta’sir ko’rsatishida asaldan quyiroq turadi. 
Novvotni yanchib asal bilan aralashtirib ishlatilsa tishlarni yaltiratadi va tozalaydi va
milkni mustahkamlaydi. So’ngra yog’lash kerak bo’ladi.
Yattu’ ildizi qaynatilgan sharob bilan oyida 2 marta og’iz chayib turish ham 
tishlarning sog’ligini saqlaydigan tadbirlardan sanaladi. Bu juda yaxshi tadbir bo’lib, 


223 
buni qo’llab yuradigan kishining tishlari og’rimaydi. Shuningdek, quyonning boshini 
kuydirib tishga ishqalansa ham shunday. Shunga o’xshash, asal bilan qorishtirilgan 
tuz kuydirilsa ham kuydirilmasa ham shunday ta’sir qiladi, biroq kuydirilganini 
ishlatish yaxshiroq. O’shanday tuz qorishmasidan g’olak tayyorlab , lattaga o’rab 
tishlarga ishqalanadi. Yana Misr boqilasini yoki Yaman achchiq toshini bir
murr bilan qo’shib, ayniqsa kuydirilgan achchiq toshni sirka bilan qo’shib ham 
ishqalash kerak. U dorilar bilan tishlarning rangi o’zgarib qo’lsa, ulardan keyin asal 
iste’mol qilish va tishlarni asal yoki shakar bilan ishqalash kerak. Keyin biz aytib 
o’tgan tartibga muvofiq yog’lar bilan ishqalanadi. Tishga nazlalar tushib tursa , 
burishtiruvchi narsalarning qaynatmasini uzoq vaqt og’izga olib turish va tishlarga 
kuydirilgan achchiq tosh va tuzni doimo ishqab yurish kerak.

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish