Qimirlaydigan tish
Goho tish yiqilish yoki urilish kabi tashqi sabab bilan qimirlaydi, goho tishni
mahkam tutib turuvchi asabni bo’shashtiradigan rutubat sababli qimirlab qoladi,
lekin tish to’laligicha qoladi va mo’rt bo’lmaydi. Goho tish o’sib chiqadigan
joylarning yeyilishi sababli qimirlaydi. Yeyilish o’sha joylarni kengaytirib
qo’yadi va tishni kichraytirib xipcha qilib qo’yadi. Yoki tish darz bo’lgan
bo’laklarning sinib tushishi sababli qimirlaydi. Goho qimirlash quruq
mizojlilikning zo’rayishi sababli bo’ladigan tish ozishidan bo’ladi. Masalan,
shunday hol kasallikdan turgan kishilarda, keksalarda, ketma-ket och qolgan va
230
ovqat yetishmagan kishilarda yuz beradi. Goho milk etlarining yetishmasligi
sababli bo’ladi.
Davolash.
chaynashdan saqlanish, kam so’zlash, o’sha tishlarga qo’l va tilni
tegiza bermaslik kerak. Umuman chaynaladigan narsalarni mumkin bo’lganicha
qo’yib turib, ichiladiganlariga o’tish kerak. Agar qimirlashga tishning yeyilishi
sabab bo’lsa, yeyilishga qarshi davo qilinadi: burishtirib mahkam qiluvchi og’iz
chayiladigan, ishqalanadigan va boshqa xil tish dorilari ishlatiladi. Agar
qimirlashga tishning ozg’inligi sabab bo’lsa, ovqatlar bilan chora qilinadi. Biroq
buni davolash qiyin. Keyin tishni qo’llovchi dorilardan yopishtiriladigan,
ishqalanadigan va gul yog’i, tol yog’i va ituzum bargining shirasi kabi quloqqa
tomiziladiganlari bilan, hatto burishtiruvchilari bilan davolanadi. Tish oriqlagan
bo’lsa, ovqatlarning ta'siri bo’lmaydi ular tishlarni tezlik bilan semirtira
olmaydi.Shu paytda burishtiruvchi sovuqlik narsalar bilan davolash kerak. Tish
qimirlashi urilishdan paydo bo’lganda ham shunday tadbir qilinadi.Tish
bo’shashtiruvchi rutubatdan qimirlasa, burishtirib qizdiruvchi dorilar bilan
davolash kerak. Masalan, kunor va sarv daraxtining bargi qaynatilgan suv, yoki
achchiqtosh uning yarmisiga tuz solib qaynatilgan mayiz sharobi, yoki Eron
qavragi qaynatilgan suv bilan og’iz chayqaladi.
Yopishtiriladigan dorilardan quyidagilarni ko’rsatish mumkin: ikki dirham
achchiqtosh va bir dirham tuzni tishning tagiga yopishtiriladi. Yoki zaytun yog’i
bilan birga mis to’polini, yana chuchukmiya va sarv po’stining har biridan to’rt
dirham va achchiqtoshdan bir bo’lak olib yopishtiriladi. Yoki yulg’un
daraxtining kuli va tuzdan barobar bo’lakni, yoki tog’ echkisining kuygan shoxi,
asal bilan qorib kuydirilgan tuz va kuydirilgan xurmoning har biridan o’n
dirham, murr, za'faron, sunbul va mastakining har biridan ikki bo’lak; quruq
gazago’t, tatim va anor gulining har biridan uch bo’lak olib, shu tarkibdan tishga
ishqalanadigan va yopishtiriladigan dorilar tayyorlanadi. Shuningdek sabr, sariq
231
zok va to’pol bilan aralashtirilgan burishtiruvchi narsalar ham ishlatiladi.
To’poloq gul, xushbo’y sunbul, andaron tuzi, yulg’un bujuri va tog’ echkisi
shoxining kuydirilganidan barobar bo’laklar olib tayyorlangan murakkab dori
ham shu xil tishlarning qimirlashiga va boshqa kasalliklarga qarshi foyda qiladi.
Milk etining yetishmasligi sababli bo’ladigan tish qimirlashi uchun Yaman
achchiqtoshi, kuydirilgan ud cho’pi, to’poloq, anor guli va tatimdan dori qilib
ishqalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |