Farmon Ergashovich Nurboeyv, Shahlo Shavkatovna Tillоeva, Dilbar Baxriddinovna Raxmatova



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/204
Sana25.06.2022
Hajmi2,9 Mb.
#704055
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   204
Bog'liq
dorivor

Tish og’rig’i 
Tishlar yuqorida aytganimizdek, goho , o’z moddasidagi og’rituvchi biron sabab 
bilan, goho tishda joylashgan asablardagi , ba’zan esa milkdagi og’rituvchi sabab 
bilan og’riydi, yana milkdagi shish o’sib chiqqan moddani qabul qiladigan oshiqcha 
et sababli yoki milkning bo’shashuvi va ilvirash sababli ham tish og’rig’i yuz 
beradi. Shunda tish milki yomon moddalarni qabul qilaveradi. Va moddalar milkda 
sasib tishlarga zarar yetkazadi va ularni qimirlaydigan qilib qo’yadi. Og’rigan 
tishlardan alam chekadigan kishilarning og’rigan va og’rimagan tishlarni ajrata 
bilishi qiyin bo’ladi. 
Tishlarni davolash turlari ko’pdir. Tish og’rig’ining sababi buzilgan sod mizoj 
bo’lib, u sovuq yoki issiq mizoj yoki keksalarda bo’lgani kabi ovqat
yetishmaganlikda bo’ladigan quruq mizoj bo’ldi, lekin, ho’l mizoj bo’lmaydi, bu o’z 
joyida ma’lum bo’ldi. Yoki sabab moddali yelli buzuq mizoj bo’ladi. Modda ba'zan 
tishda shish paydo qiladi, goho uni kovak qiladi va ba'zan unda qurt paydo qiladi. 
Butun gavda modda bilan to’lgan bo’lsa ham, tishlarga keladigan modda yo 
me'dadan yo boshdan yoki ikkalasidan birgalikda keladi, chunki butun gavdadan 
tishlarga tomon bo’ladigan yo’l o’sha ikkalasi orqali o’tadi.
Goho o’tkir isitmalarda tishlar mizoj buzilishida ishtirok etganligidan ular 
og’riydi. Yeyilgan tishning tagida og’riq va lo’qillash paydo bo’lsa, uning 
ildizida yetilmagan chiqindi borligi bilinadi. Shunda og’riq va shishga qarshi 
davo qilish, keyin tishni sug’urib tashlash kerak.
Belgilar: Tish og’rig’i bilan birga milkda yoki milk tevaragida biror kasallik va 
shish bor yoki yo’qligiga diqqat bilan qarash kerak. Milkda shish bo’lsa, 
ko’pincha sabab tishning o’zida emasligi taxmin etilib, shunga hukm qilinadi. 
Milkning o’ziga tegilganda og’risa ham, o’shanday hukm qilish kerak. Agar 


227 
milkning o’zida shish bo’lmasa, sabab yo tishning o’zida, yoki uning ildizidagi 
asabda bo’ladi. Tishda shish borligi yoki uning yeyilganligi sezilsa, sabab 
tishning moddasida bo’ladi, tishning bo’yiga qarab bo’ladigan og’riq sezilsa ham 
shunday. Ammo og’riq faqatgina tishning chuqurida sezilsa, sabab tish 
ildizidagi asabda bo’ladi, ayniqsa tish ildizidagi etda yoki jag’da aniq og’riq 
bo’lsa va tish qamashgandek sezilsa, shunday bo’ladi.
Tish mizojlarining issiq va sovuqligini bilib o’tgan narsalar bilan belgilanadi. 
quruqligiga esa tishning xipchaligi va qimirlashi, yel borligiga kengaytiruvchi 
og’riqning ko’chib yurishi, xiltning quyuq ekaniga juda aniq issiq va sovuq 
bo’lmay turib og’riqning bir joyda turishi belgi bo’ladi. Xiltning o’tkirligiga va 
uning qon yoki safro ekaniga og’rituvchi narsadan tishning tez aziyatlanishi, 
sanchib og’rishi, milk rangining xiltga hamshakl bo’lib qolishi va tegilganda 
juda issiq tuyilishi dalil bo’ladi. Xilt kelib chiqayotgan joyning miya yoki me'da 
ekani u ikkalasidan birining yoki ikkalasining to’liqligi bilan bilinadi. 
Og’riqning sababi milkda bo’lsa, tishni sug’urib tashlash bilan og’riq 
bosilmaydi va bunday qilish ham kerak emas. Sabab tishda bo’lsa, uni sug’urib 
tashlash bilan og’riq bosiladi. Sabab asabda bo’lsa, ba'zan sug’urish bilan og’riq 
bosiladi, ba'zan bosilmaydi. Bunda og’riqning bosilish sababi tishda bo’g’ilib 
tutilib qolgan va tabiat yoki dori uning tarqatilishini istaydigan modda haydalib 
boradigan keng joy topishidir. 
Davolash: Tish og’rig’i biror a'zoning hamkorligi bilan bo’lsa, davolash ishini 
tomirdan qon olib yoki surgi ishlatib, o’sha hamkor a'zoni tozalash bilan boshla; 
surgini iyoraj, Abu Jahl tarvuzining eti, saqmuniyo va ivitib ichiladigan dorilar 
bilan qilinadi. Sabab boshda bo’lsa, tomoq chayiladigan dorilar bilan bosh 
tozalanadi. 
Agar tish milkida va oralaridagi etda sezilarli shish bo’lsa, kasalning quvvati va 
sharoitiga qarab, avval tomirdan qon olish va surgi qildirish kerak. Dastlab 


228 
hamma tish og’rig’ida ham sovutuvchi shiralar, qaynatmalar va bularga 
o’xshashlarni kofur bilan kuchaytirib, lekin unchalik burishtiruvchi qilib 
yubormay, og’izga olib turish lozim. Ko’pincha gul yog’i va mastaki bilan, 
yoki g’o’ra zaytun yog’i, yoki mirta yog’i bilan cheklanish kifoya qiladi. 
Mayizdan qilingan eski nabiz sharobi va gulning xom yog’ini olib, nabiz 
sharobini o’sha yog’da yaxshigina qaynatib og’izga olib turish ham tish 
og’riqlariga qarshi foyda qiladi. Undan keyin asta-sekin yetiltiruvchi va 
shimiltiruvchi dorilarga o’tiladi. 
Kuchli dorilarning ozginasini ham ichga ketishidan saqlanish kerak. So’ngra 
asta-sekin a'zoning o’zini bo’shatishga o’tiladi; buning uchun tishlarning 
ildizlariga zuluk solinadi, yoki til tagidagi tomirdan qon olinadi, yoki soqol 
chiqadigan joyning tagini tilib qortiq qo’yiladi. Og’riq zo’raysa, tishning tagiga 
nazla o’tini kofur bilan qo’shib yopishtirish kerak. Og’riq yana zo’raysa, 
ko’pincha afyunni gul yog’i bilan ko’shib ishlatishga to’g’ri keladi. Agar afyunni 
ishlatmaslikning iloji bo’lsa, uni ishlatmaslik yaxshiroq, aksincha yetiltiruvchi 
dorilarni ishlatish kerak. 
Tish og’rishining sababi tishning o’zida yoki asablarida bo’lib, ularda modda 
bo’lmasa, balki mizoj buzilganligi bo’lsa, uni qarama-qarshi mizojlik ma'lum 
tish dorilari bilan davolanadi. Tish mizojining buzilganligiga va uning 
kuchsizligiga issiq narsani chaynaganlik sabab bo’lsa, sovuq mizojlik yog’ni 
ilitib og’iz chayiladi, keyin uni sovutib chayiladi. Mizoj buzilganligiga sovuq 
narsani chaynaganlik sabab bo’lsa, sovuq mizojlik yog’ o’rniga Rum sunbulining 
yog’i va bon yog’i kabi issiqlik yog’lar bilan og’iz chayiladi, qovurilgan tuxum 
sarig’ini issiqligida yoki issiq nonni tishlab turiladi. Yuqorida aytilgan ikki xil 
mizoj buzilishining hamma turlarida o’sha ikkala tadbir aniq foyda qiladi. 
Tish og’rishining sababi quruqlikning o’zi bo’lsa, tishni maska yog’ va o’rdak 
yog’i bilan ishqalash foyda qiladi. Agar mizoj quruqligi qanday bo’lsa ham, biror 


229 
modda bilan birga bo’lsa, u modda xoh issiq, xoh quyuq, xoh ko’p bo’lsin, 
baribir unga mos keladigan qilib bo’shatish kerak. hamma hollarda ham oldin 
boshlab sovutuvchi va qaytaruvchi dorilarni ishlatish kerak; biroq modda issiq 
bo’lsa, bu ko’proq zarur, quyuq bo’lsa, kamroq. Kuydirib sirka bilan ivitilgan va 
o’ziga barobar tuz bilan qo’shib mayin yanchilgan achchiqtosh, ayniqsa sovuq 
moddalarga nisbatan kuchli qaytaruvchi dorilardan sanaladi. Bularni 
ishlatgandan keyin sirka yoki uzum sharobi bilan og’iz chayiladi. Sirka bilan 
qo’shilgan mozi ham qaytarish uchun yaroqli dorilardandir. 
Modda issiq bo’lsa, sovutuvchi shiralar bilan davolanadi va uni 
mo’'tadillashtirish tadbiri qo’llaniladi. U shiralar ta'sir qilmasa, shimiltirish yoki 
uvushtirish tadbiri qo’llaniladi. Agar modda quyuq yoki ko’p bo’lsa, biz aytgan 
dastlabki davolashdan keyin shimdirish tadbiri qo’llaniladi. Og’iz chayiladigan 
sirkada gul yog’ining Goho uvushtiruvchn dorilarni ichiriladi. Masalan, filuniyo 
ma'junini tish og’rig’idan shikoyat qilgan kishi ichsa va og’izga olib uxlasa, tish 
kasalining moddasi yetilib, og’rig’i to’xtaydi. Qor bilan nihoyat darajaga 
yetkazib sovutilgan suv zarar yetkazmay uvushtiradigan dorilar to’dasidandir; 
uni og’izga ketma-ket olinsa, ba'zan boshlanishida og’riq ko’paysa ham, keyin 
tish sezgisiz bo’lib og’riq to’xtaydi. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish