Qalampir — Solanaceae (Ituzumdoshlarga) mansub chala buta, buta yoki koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Yovvoyi holda Amerikaning tropik rayonlarida uchraydi. Issiqsevar oʻsimlik. Peru Q. i (C. angulosum), kolumbiya Q. i (C. conicum), egilgan Q. i (С. гиевсеш), sabzavot Q. (C. annuum) yoki garmdori va boshqalar turlari bir yillik oʻsimlik sifatida hamma qitʼalarda oʻstiriladi. Sabzavot Q.i turining poyasi tik (1 m gacha), ildizi oʻqildiz, mevasi koʻp urugʻli, qizil, sariq, toʻq sariq, qoʻzoq, shakli turlicha. Mevasi tarkibida qand, quruq modda, S, V,, V2vitaminlari, karotin, alkoloidlar bor. Sabzavot Q.i platsentasi tarkibidagi kapsaitsin alkaloidi miqdoriga qarab chuchuk (qarang Bolgar qalampiri) va achchiq boʻladi. Uzbekistonda achchiq Q.ning "Margʻilon 330" va "Nafis" ("Pikantngy"), mayda mevali "Kelin tili" navlari koʻp ekiladi. Achchiq Q. qoʻzogʻining poʻsti yupqa, shakli maydauzunchoq. Gullaganidan keyin mevasi 35—40 kunda yetiladi. Uruti issiqxonalarga sepilib, ochiq yerlarga koʻchati ekiladi. Hosiddorligi 200 s/ga. Koʻk va pishgan (qizil) qoʻzoqlari xom holida isteʼmol qilinadi, ovqatga solinadi, sirkalash, tuzlash, konservalashda, quritilgan mevasi tolqoni ziravor sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda qandli diabet kasalligi hamda qonni suyultiruvchi davo sifatida, sanoatda shamollashga qarshi ishlatiladigan Q. malhamli mato ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Yurak va qon-tomirlari himoyalaydi.Xitoy olimlari ta’kidlashicha, qizil qalampir ichidagi kapsaitsin va uni kapsaitsinoidlari yurak va qon-tomir kasalliklari oldini oladi.Gonkong Hitoy Univenrsitetida (Chinese University of Hong Kong) hayvonlarda o‘tqazilgan tekshiruvlarda kapsaitsin organizmdagi “yomon” xolesterinni kamayishiga yordam beradi va aterosklerotik pilakchalarni kichaytiradi.
Undan tashqari, qizil qalampirdagi moddalar qon-tomirlarini spazmga olib keluvchi siklooksigenaza-2 genini aktivligini kamaytiradi, va buni natijasida bosh miya, yurak va boshqa organlarga qon ta’minlanishi yaxshilanadi.
Shamollashni davolashda yordam beradi
Noallergik rinit degan kasallik bor. Burun bitishi har xil sabablar bilan kelib chiqishi mumkin — klimat, parfyumeriya, havo. Ko‘pchilik odamlarda noallergik rinitni keltirib chiqaruvchi sababni topish ildojisi bo‘lmay qoladi, bu kasallikni davolash ham kam effektiv.
Do'stlaringiz bilan baham: |