106
pishirilgan non beriladi, tushga yaqin, hammomdan so`ng, ichni yumshatadigan, biz
tubanda aytadigan mahsulotlardan beriladi. Undan keyin, kechga yaqin yaxshi oziq
bo`ladigan ovqat yediriladi. Agar quvvatli kishi bo`lsa, kechki ovqati bir oz
ko`paytiriladi. Tushlikda meva va sabzavotlarga boy ovqatlar buyuriladi. Kechqurun
sut va sut mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatlar tavsiya qilinadi.
Keksalar savdo va balg’am xiltini ko`paytiradigan har qanday g’aliz
ovqatlar,
nonxurish va dorivorlar kabi o`tkir, achchiq narsalardan saqlanishlari darkor! Lekin
ularni davo o’rnida ehtiyojga qarab iste`mol qilishlari mumkin.
Agar keksalar o`zlariga munosib bo`lmagan ishni qilib, birinchi xil narsalardan,
masalan, tuzlangan mahsulotlarni, quyoshda qoqlangan go`shtni, ov go`shtlarini
yoki qattiq go`shtli baliqni, tarvuz va tarrakni yesalar, yoki ikkinchi xatolik, mayda
qoq baliq va qovurilgan baliq kabilarni yesalar, xastalik yuzaga kelganda ularga zid
tabiatli mahsulotlarni yeb davolanadilar.
Bu kishilarda,
chiqindi borligi bilinsa, xiltni suyultiruvchi narsalar iste`mol
qilish kerak bo`ladi. Ga’yritabiiy xiltlardan tozalanganlaridan keyin, keksalarga
badanni ho`llovchi vositalar buyuriladi.
Keyin goh - gohida ovqat bilan birga suyultiruvchilardan oz-oz iste`mol qilish
kerak. Sut ko`ngil tusab ichilganda va jigarning atrofida
yoki qornida taranglik,
qichishish va og’riq paydo qilmasa, keksalarga juda yaxshi foyda qiladi, chunki sut
g’izoli bo`lib gavdani ho`llaydi.
Keksa kishiga sutning eng muvofiqi echki va ot sutidir. Ot sutining
xosiyatlaridan biri shuki, u ko`pincha me`dada
ivib qolmay, tezda o`tib ketadi,
ayniqsa, uni tuz va asal bilan qo`shib ichish yaxshi. Buning uchun echki va ot
o`tloqlarini shunday saqlash kerakki, ularga kakra, achchiq, nordon yoki qattiq sho`r
o`tlarni bermaslik kerak.
Keksalar yeydigan sabzavot va mevalar jumlasidan, ovqat tarkibida lavlagi,
kashnich, karam, sholg’om kabi mahsulotlar bo`lishi kerak. Ularni murriy va zaytun
107
yog’i bilan xushbo’y, xushxo`r qilib, ayniqsa, ovqatdan
oldin ichni yumshatish
uchun eydilar. Sarimsoq yeyishga odatlangan keksalar goho-goho sarimsoq yesalar
foydalidir. Zanjabil murabbosi va issiqlik xususiyatiga ega murabbolarning ko`pi
keksalarga yoqadigan davolardandir. Murabbolar gavdani qizitadigan va ovqatni
hazm qiladigan miqdorda bo`lsin, badanni quritadigan miqdorda bo`lmasin. Ularni
shunday miqdorda iste`mol
qilish kerakki, ovqatlar gavdani ho`llovchi oziqlardan
bo`lishi kerak. Ularni gavdani isitish uchun va hazm uchun iste`mol qiladilar;
gavdani quritgunicha iste`mol qilish mumkin emas.
Keksalar iste`mol qilganlarida ichlarini yumshatib,
gavdalariga yoqadigan
mevalardan yozda anjir va olxo`ri, qish faslida asal suvi bilan qaynatilgan anjir
qoqisi tavsiya qilish mumkin. Ularning hammasi ichlarini yumshatish uchun
ovqatdan oldin yeyilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: