240
TOLOKNYANKA BARGI VA NOVDASI – FOLIA ET
CORMUS UVAE URSI
O‘simlikning nomi.
Oddiy (dorivor) toloknyanka — Arctos-
taphylos uva ursi (L.) Sprcng., erikatsiyadoshlar — Ericaceae
oilasiga kiradi (56-rangli rasm).
Toloknyanka bo‘yi 25—30 sm ga yetadigan, doim yashil
buta.
Bargi oddiy, qalin, qisqa bandi bilan poyada ketma-ket
o‘rnashgan. Gullari egilgan shingilga to‘plangan. Gulkosachasi
besh tishli, meva bilan birga qoladi. Gultojisi oq, yuqori qismi
pushti, ko‘zachasimon, besh tishli, otaligi 10 ta, onalik tuguni
5 xonali, yuqoriga joylashgan.
Mevasi — qizil, 5 ta urug‘li, yeb bo‘lmaydigan ho‘l meva.
May-iyul oylarida gullaydi, mevasi iyul-sentabrda pishadi.
Geografik tarqalishi.
Toloknyanka quruq qumli qarag‘ay-
zorlarda, tog‘li yerlarda hamda ochiq, qumli joylarda o‘sadi.
Asosan, Belorus, Ukraina, Boltiqbo‘yi davlatlari,
Rossiyaning
Yevropa qismida, Uzoq Sharqda, Kavkaz tog‘larida, Sharqiy
Sibirda uchraydi. Toloknyanka, asosan, Belorus va Litva hamda
Rossiyaning ayrim viloyatlarida tayyorlanadi.
Mahsulot tayyorlash.
Mahsulot yiliga ikki marta:
bahorda
o‘simlik gullaguncha va gullashni boshlanishida (aprelning oxiri —
iyun oyining o‘rtasi) hamda mevani pishishidan to to‘kilgunicha
(avgustning oxiri — oktabrni o‘rtasi) yig‘iladi. Buning uchun
bargli shoxchalarini qirqib olib, undagi o‘tgan yilgi qo‘ng‘ir
barglar terib tashlanadi va ochiq yerda quritiladi. Qurigan barg-
lar qo‘lda teriladi yoki shoxchalarini maydalab,
butun barglar
sim g‘alvirda ajratib olinadi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot kalta
bandli, teskari tuxumsimon, qalin va mo‘rt bargdan iborat. Barg
plastinkasi to‘rsimon tomirlangan, tekis qirrali, tuksiz, ustki
tomoni
yaltiroq, to‘q yashil, pastki tomoni xira, och yashil,
uzunligi 1—2,2 sm, eni 0,5—1,2 sm. Yosh barglar chetida juda
mayda tuklar bo‘lib, keyinchalik tushib ketadi. Mahsulot hid-
siz, kuchli burishtiruvchi va achchiq mazasi bor.
Novdadan tashkil topgan
mahsulot serbargli novdalar,
barglar, poya, qisman g‘unchalar va mevalar aralashmasidan
iborat. Bu mahsulot tarkibida o‘simlik poyasi va boshqa qism-
lari 20% gacha bo‘lishiga ruxsat etiladi. Poyalari kam shox-
langan, silindrsimon,
yuqori qismi yashil, biroz qizg‘ish,
pastki qismi — qizil jigarrang, yog‘ochlangan, uzunligi 5—6 sm
gacha bo‘ladi (mahsulotda).
241
Ko‘pincha mahsulotga brusnika, golubika va chernika o‘sim-
liklarining bargi aralashib qoladi. Brusnika o‘simligining bargi
qalin, teskari tuxumsimon yoki elliðssimon, cheti biroz pastga
qayrilgan bo‘lib, to‘rsimon tomirlari yaxshi ko‘rinmaydi. Barg
plastinkasining pastki tomonida oddiy ko‘z bilan ko‘rish mum-
kin bo‘lgan qora nuqta shaklida bezlar joylashgan. Golubikaning
bargi yupqa
va kerig teskari tuxumsimon, chernikaniki esa
yupqa, tuxumsimon va mayda tishsimon qirrali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: