Farmokognoziya oxiri p65


UMUMIY QISM  FARMAKOGNOZIYA FANI VA UNING



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

UMUMIY QISM
 FARMAKOGNOZIYA FANI VA UNING
 MAQSADI
I BOB.
„Farmakognoziya“ so‘zi yunoncha 
pharmacon
– zahar, dori
va 
gnasis
— ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, asosan, dorivor o‘sim-
liklardan, qisman hayvonlardan olinadigan dorivor mahsulot-
larni o‘rgatadigan fandir. Tibbiyotda ma’lum kasallikni davolash
hamda shu kasalliklarning oldini olish uchun ishlatiladigan
o‘simliklar 
dorivor o‘simliklar
deb ataladi.*
Kasallikni davolash va uni oldini olish maqsadida dorivor
o‘simliklardan dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor
preparatlar va sof holdagi dorivor moddalar olinadi. Buning
uchun shu o‘simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatiga
ega biologik faol moddalarga boy bo‘lgan qismlaridan, ya’ni ba’-
zi o‘simliklarni yerosti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tugunak
yoki piyoz), ba’zilarini esa yerustki organlaridan (barg, gul,
meva, urug‘, po‘stloq yoki o‘t o‘simliklarning butunlay yer-
ustki qismi — o‘ti) foydalaniladi. Ba’zan dori turlari, dorivor
preparat va toza moddalar o‘simlik hamda hayvonlarni birlamchi
ishlash yo‘li bilan olingan efir moylar, smolalar, moy va
yog‘lar, daraxt yelimlari, zaharlar (ilon va asalari zaharlari),
lanolin, propolis va boshqalardan ham tayyorlanadi va olinadi.
Farmatsevtikada dori turlari tayyorlash, dorivor preparatlar
hamda toza moddalar olish uchun ishlatiladigan dorivor o‘sim-
liklar va hayvonlar organlari yoki ulardan birlamchi ishlash
yo‘li bilan olingan mahsulotlar 
dorivor mahsulotlar
deb ataladi.
Davlat farmakopeyasida (DF) tasvirlangan dorivor mahsu-
lotlar 
ofitsinal mahsulot,
farmakopeyaga kiritilmaganlari esa
noofitsinal
mahsulot
hisoblanadi. Noofitsinal dorivor mahsulot-
lar Davlat standartlari (GOST) yoki boshqa me’yoriy texnik
hujjatlarda (MTH) bayon etiladi.
Farmatsiyaning asosiy fanlaridan biri — farmakognoziya-
ning tibbiyotda ahamiyati katta. Chunki kimyo fanining, ayniq-
sa, sintetik kimyoning rivojlanishiga va kuchli ta’sir etuvchi
* Ma’lumki, botanika o‘simliklar olamini o‘rganadi. Shu sababli
ham tibbiyot kollejlarida o‘qitiladigan fanning nomi „Farmakognoziya va
botanika asoslari“ deb ataladi.


5
ko‘plab dorivor moddalar sintez yo‘li bilan olinishiga qara-
may, tibbiyotda qo‘llaniladigan dorivor preparatlarning 40 % ga
yaqini o‘simliklardan olinadi. Bu raqam ayrim kasalliklarni,
masalan, yurak-qon tomirlari kasalliklarini davolash sohasida
ishlatiladigan dorivor preparatlarda 80% ga yetadi. Kelajakda
tibbiyotda o‘simliklardan olinadigan dorivor preparatlar va
dorivor o‘simliklar ko‘proq ishlatilishi kutilmoqda.
Tibbiyotda dorivor o‘simliklarga va ulardan olinadigan
preparatlarga bo‘lgan talabning oshishiga sabab sintez yo‘li
bilan olingan har bir kimyoviy dorivor preparatni uzoq vaqt
uzluksiz ravishda iste’mol qilish inson va hayvonlar organizmida
turli ko‘ngilsiz o‘zgarishlarga olib kelishidir. Shu sababdan
hozirda dunyo bo‘yicha o‘simlik dorivor preparatlariga —
fitopreparatlarga va dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ehtiyoj ort-
moqda. Bu esa, o‘z navbatida, farmakognoziya fanining aha-
miyatini yanada oshirishga olib keladi.
Farmakognoziya fanining asosiy maqsadini quyidagilar bilan
ifodalash mumkin:
1. Fitopreparatlar yaratish uchun zarur bo‘lgan biologik
faol moddalar hamda dori turlari tayyorlash manbayi sifatida
dorivor o‘simliklarni o‘rganish. Shu maqsadda ularning kimyo-
viy tarkibi tekshiriladi hamda asosiy ta’sir etuvchi biologik
faol moddalarning yig‘iladigan organlari va vaqti aniqlanadi.
2. Tabiiy sharoitda yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan hamda ka-
mayib ketayotgan muhim dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish
maqsadida ularni asrab qolish, plantatsiyalarda o‘stirish tad-
birlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
3. Vatanimizda yovvoyi holda o‘sadigan dorivor o‘simlik-
lardan oqilona foydalanish maqsadida ularning ko‘plab o‘sadi-
gan joylarini izlab topib, xaritaga chizish, zaxirasini aniqlash,
yillik yig‘ish miqdorini rejalash hamda dorivor mahsulotni
yig‘ish, quritish, saqlash va transportda jo‘natish tadbirlarini
ishlab chiqish.
4. Dorivor mahsulotlarga me’yoriy-texnik hujjatlarni tu-
zish. Buning uchun dorivor mahsulotlarning chinligini, sifatli
hamda biologik faol moddalarini aniqlash usullarini mukam-
mallashtirish, qayta ko‘rib chiqish yoki yangi usullar yaratish.
5. Fitopreparatlar va dorivor o‘simliklar xazinasini boyitish
maqsadida yangi dorivor o‘simliklar izlab topish. Yangi, samarali
fitopreparatlar yaratish. Shu maqsadda xalq tabobatidagi va


6
an’anaviy tibbiyotdagi, shuningdek, tibbiyotda ishlatiladigan
dorivor o‘simliklarning boshqa turlarini o‘rganishni tashkil qilish.
Farmakognoziya fanini farmatsevtika instituti va tibbiyot bi-
lim yurtlarining farmatsevtika bo‘limlarida o‘qitiladigan barcha
fanlar bilan bog‘liqligi katta. Ayniqsa, quyi kurslarda o‘qitila-
digan botanika, kimyo va boshqa fanlar farmakognoziyaning
asosi hisoblanadi. Farmakognoziya fani, o‘z navbatida, dori
turlari texnologiyasi, farmatsevtik kimyo, farmakologiya va
boshqa fanlarni o‘rganishga yordam beradi.
Farmakognoziya fani 
umumiy
va 
maxsus nazariy, amaliy
mashg‘ulot
hamda yozgi 
amaliy ish
(o‘quv-ishlab chiqarish
amaliyoti) qismlaridan tashkil topgan.
Farmakognoziyaning umumiy qismida ushbu fanning aha-
miyati, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, tarixi, dorivor o‘sim-
liklarning manbayi, ularni tayyorlash, quritish, idishlarga joy-
lash (upakovkalash), saqlash va tahlil qilishning umumiy usul-
lari o‘rganiladi. Maxsus qismida esa ayrim dorivor o‘simliklar
haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘ladilar. Bilim yurti labora-
toriyalarida o‘tiladigan amaliy mashg‘ulotda dorivor mahsulot-
larni MTH bo‘yicha tahlil qilishni o‘rganadilar. Fanning yozgi
o‘quv-ishlab chiqarish amaliy ish qismida dorivor o‘simliklar
bilan tabiatda, o‘sish yerida tanishish, ularni tayyorlash, quri-
tish, idishlarga joylashtirish, saqlash, ko‘p o‘sadigan joylarini
aniqlash va ulardan muhofaza qilgan holda foydalanish kabi
ishlarni bajarish ko‘zda tutilgan.
Dorivor o‘simliklarni o‘rganishda quyidagilarni yaxshi bi-
lish shart:
1. Dorivor o‘simlik va uning mahsulotini o‘zbekcha, ruscha
va lotincha nomlarini, o‘simliklarning qaysi oilaga mansubligi
hamda ba’zi o‘simliklarning asosiy nomlaridan tashqari, ikkin-
chi nomini (sinonimlarini) bilish.
2. Dorivor mahsulot olinadigan o‘simlikni tasvirlash va uni
boshqa o‘simliklardan ajrata olish.
3. O‘simlikning geografik tarqalishi (tarqalgan va o‘sti-
riladigan yerlari), o‘sadigan joyi va mahsulot tayyorlanadigan
asosiy tumanlarini bilish.
4. Dorivor mahsulotlarni yig‘ish va quritish usullarini
bilish.
5. Dorivor mahsulotlarni tasvirlashni va boshqa aralash-
malardan ajratishni bilish.


7
6. Dorivor mahsulotlarning mikroskopik va mikrokimyoviy
tahlillarini bilish.
7. Dorivor mahsulotning kimyoviy tarkibini, asosiy ta’sir
etuvchi birikmalarning kimyoviy formulasini yoza olish.
8. O‘simlik mahsulotlarini tibbiyotda va boshqa sohalarda
ishlatilishini, ulardan tayyorlanadigan dori turlarini va oli-
nadigan dorivor moddalarni bilish.
Laboratoriyada o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quv-
chilar:
— dorivor o‘simliklarni (gerbariy bo‘yicha) va ularning do-
rivor mahsulotlarini tasvirlash hamda boshqa o‘simliklar va do-
rivor mahsulotlardan (tashqi ko‘rinishiga qarab) ajrata olishni;
— dorivor mahsulotlarni qabul qilish va me’yoriy-texnik
hujjatlar bo‘yicha ularning tahlilini o‘tkaza bilishni;
— MTH (standartlar) bo‘yicha tovarshunos tahlilini o‘tka-
zishni;
— asosiy ta’sir etuvchi va birga uchraydigan moddalarga
sifat reaksiyalar o‘tkazish hamda asosiy ta’sir qiluvchi mod-
dalarning dorivor mahsulot tarkibidagi miqdorini aniqlashni;
— yozgi amaliy ish vaqtida dorivor o‘simliklardan gerba-
riylar yig‘ish hamda ularning mahsulotini tayyorlash, quritish,
idishlarga joylash va saqlash kabi ishlarni bajara olishlari zarur.
Qadim zamonlardan beri insoniyat o‘simliklarni shifobaxsh
vosita sifatida ishlatib keladi. Bizgacha saqlanib qolgan dori-
vor o‘simliklar haqidagi qadimgi ma’lumotlar, asosan, yunon
adabiyotlarida uchraydi. Yunonlar o‘zlarida yetishtiriladigan
dorivor o‘simlikdan tashqari Misr, Eron va Osiyodagi boshqa
mamlakatlardan keltirilgan dorivor mahsulotlardan ham foy-
dalanishgan. Mashhur shifokor Buqrot (Giðpokrat), Arastu
(Aristotel) hamda ularning shogirdi Teofrast, farmakognoziya
fanining „asoschisi“ Dioskorid va boshqa olimlarning shuhrati
dunyoga yoyilgan. Ko‘hna Rimda Galen va Pliniy Starshiy
farmakognoziya bilan chuqur shug‘ullangan. Shifokor Galen
(eramizning 130-yillarida tug‘ilgan) farmatsiya va tibbiyot so-
hasida bir qancha kitoblar yozgan. U o‘z kitoblarida 304 ta
dorivor o‘simlik, 80 ta hayvon va 60 ta mineral moddadan oli-

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish