319
larga bo‘linmagan), taxminiy dozalanadigan dori turi bo‘lgani
uchun, ularni, odatda, zaharli va kuchli ta’sir qiluvchi o‘sim-
liklardan tayyorlanmaydi. Taxminiy dozalash yig‘ma yoki choy-
dan dori turi tayyorlovchi shaxs (bemorning o‘zi yoki unga dori
tayyorlab beruvchi) zimmasiga yuklangan. Masalan, bir osh
qoshiqda (yoki choy qoshiqda) olib, bir stakan qaynab turgan
suvda damlanadi va hokazo.
Yig‘ma va choylar ishlatilishiga qarab quyidagicha bo‘lishi
mumkin:
1. Og‘rigan yerga qizdirib (yoki qaynatib) bosiladigan (yoki
bog‘lanadigan) yig‘ma va choylar.
2. Vanna qilish uchun yig‘ma va choylar.
3. Damlama va qaynatmalar tayyorlash (iste’mol qilish)
uchun yig‘ma va choylar.
4. Chekish uchun yig‘ma va choylar hamda boshqalar.
Bu yig‘ma va choylar bir-biridan
tarkibi hamda tayyorlash
texnologiyasi (usullari) bo‘yicha farq qiladi.
Dorivor yig‘malar va choylar qadimdan dorixonalarda tay-
yorlanib kelingan. Lekin dorixonalar sharoitida ko‘p miqdorda
dorivor o‘simliklar mahsulotini maydalash, aralashtirish qiyin-
ligini
hisobga olib, hozirgi vaqtda ularni farmatsevtika sanoatining
korxonalarida tayyorlanadi. Ular quyidagicha tayyorlanadi: yig‘ma
va choylar tarkibiga kiradigan dorivor o‘simliklar mahsuloti
(jo‘ka, sigirquyruq va moychechak gullari, ba’zi mevalar va
urug‘lardan tashqari)
ayrim-ayrim holda maydalanadi, MTX da
ko‘rsatilgan tegishli elakda elanadi va retseptda ko‘rsatilgan miq-
dorda olib, to bir xil aralashma hosil bo‘lgunga qadar yaxshilab
aralashtiriladi.
O‘simlik kukuni (changi) teshigining diametri 0,2 mm li qil
elakda elab tashlanadi va qadoqlab idishlarga (karton qu-
tichalarga) joylashtiriladi. Karton qutichalar ustiga yig‘ma-
choylar nomi, tarkibi, ishlatilishi,
tayyorlash texnologiyasi va
boshqa axborotlar yozilgan yorliq yopishtiriladi. Shu ahvolda
tayyor bo‘lgan dorivor yig‘ma-choylar dorixonalarda sotish va
laboratoriyalarga tahlil qilish uchun yuboriladi.
Tahlil qilish uchun yig‘ma va choylardan, ularni og‘ir-
yengilligini hisobga olgan holda, namuna (0,5—10 g)
tarozida
aniq tortib olinadi, qalin oq qog‘oz varag‘iga to‘kib, uni karton
kurakcha yoki cho‘tkacha yordamida tarkibiy qismlarga ajratiladi.
Ayni vaqtda aralashmalar bo‘lsa, ular ham ajratilib, keyin ta-
320
rozida tortiladi va so‘ngra yig‘maning tarkibiy qismini to‘g‘ri yoki
to‘g‘ri emasligi haqida tegishli xulosa chiqariladi.
Ko‘pchilik yig‘ma va choylar tarkibiga
kiradigan mahsulotlar
bo‘lakchalari oson aniqlanadi, ayniqsa, ular yirik yoki butun,
maydalanmagan holda bo‘lsa. Mayda, aniqlanishi qiyin bo‘lgan
mahsulotlarni tahlil qilishda lupa va mikroskoplardan foydalani-
ladi (ayniqsa, chinligini aniqlashda).
Dorivor yig‘ma va choylardan uy sharoitida iste’mol qilish
uchun shifokorlar tavsiyasi bo‘yicha
damlama yoki qaynatma
tayyorlanadi.
Tibbiyot sanoati hozirgi kunda turli yig‘ma va choylarni
chiqaradi: yel haydovchi, ishtaha ochuvchi, qon oqishini to‘x-
tatuvchi, tinchlantiruvchi, o‘t
va siydik haydovchi, terlatuvchi,
yumshatuvchi, ko‘krak, me’da, surgi va vitaminli yig‘malar,
bavosilga va astmaga qarshi, tomoqni chayish uchun hamda
boshqa choy-yig‘malar.
Do'stlaringiz bilan baham: