Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet296/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Geografik tarqalishi.
Vatani asosan Shimoliy Amerika.
Hozirgi kunda Topinambur Amerika, Fransiya, Angliya, Nor-
vegiya, Shvetsiya, Rossiya, Ukraina va O‘rta Osiyoda katta
maydonlarda yetishtirib kelinmoqda.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Yer ostki poyalarining uch-
laridagi mevalarning shakli noksimon. Asosiy mevasi ildiz
markazida hosil bo‘lib, ularning shakli har xil kartoshkaga
o‘xshaydi. Mahsulotning o‘ziga xos hidi va mazasi bor.
Kimyoviy tarkibi.
Yer osti va yer usti qismlarida A, B
1
, B
2
va C vitaminlari mavjud. Tuganaklarida 16-18 % inulin hamda
qand moddalari, 16 xil aminokislotalar va pektin moddasi ham
mavjud.
Ishlatilishi. 
Topinambur o‘simligi oshqozon va ichak
funksiyalarini faollashtiradi, unda uchraydigan, kasallik qo‘z-
g‘atuvchi bakteriya, virus va zararkunandalarga nisbatan chi-
damlilikni oshiradi. Tuberkulyoz, osteoxondroz, buyrak ka-
salliklari, gri pp, angina, onkologik kasalliklarni oldini olishda
va davolashda eng samarali o‘simlik hisoblanadi. Yer nok
to‘xtamay qo‘llash qondagi shakar miqdorini pasaytiradi. Qon-
ning immunologik ko‘rsatkichlari yaxshilanadi va infeksion
kasalliklarga moyillik kamayadi
DORIVOR O‘SIMLIKLARNING
MAYDALANGAN (QIRQILGAN)
MAHSULOTLARINI TAHLIL QILISH
XVII BOB
Dorivor o‘simliklar mahsulotlarini ishlatish (dori turlari
tayyorlash) uchun ular Galen laboratoriyalari, farmatsevtika
zavodlari omborlariga va dorixonalarning o‘ziga ham turli holda
yuboriladi. Ular korxonalarga maydalanmagan — butun, qirqib
yirik maydalangan yoki maydalab kukunga aylantirilgan holda
kelishi mumkin. Shuning uchun ularni tahlil qilish, ya’ni
chinligi, sifati va mahsulotdagi aralashmalarni aniqlash usullari
ham turlicha bo‘ladi.
Agar dorivor o‘simliklar mahsuloti butun — maydalanma-
gan holda omborlarga va dorixonalarga kelsa, ularning ustki ko‘-
rinishi bo‘yicha, o‘zlariga xos belgilarini hisobga olib, ya’ni
morfologik tahlil qilinadi. Bunda ba’zan lupadan va juda kamdan


318
kam hollarda mikroskopdan foydalaniladi. Morfologik tahlil
qilinganda mahsulotning ustki ko‘rinishiga ahamiyat beriladi va
ularning o‘ziga xos belgilarini topib hamda tegishli „aniqlagich
kalit“ yordamida tahlilga berilgan mahsulot chinligi aniqlanadi.
Bordi-yu, dorivor o‘simliklar mahsuloti yirik maydalan-
gan — qirqilgan holda bo‘lsa, unda avvalo lupa va binakular —
mikroskop yordamida ustki ko‘rinishini o‘rganiladi (morfologik
tahlil), so‘ngra oxirgi hal qiluvchi xulosaga kelish maqsadida
mahsulotdan mikroskopik preparat tayyorlab, mikroskop ostida
ko‘riladi (mikroskopik tahlil qilinadi) va unga xos belgilarni topib
tegishli „aniqlagich kalit“ yordamida chinligi aniqlanadi (iden-
tifikatsiya qilinadi).
Mikroskopik (anatomik) tahlil qilinganda mahsulotdan te-
gishli mikropreparat (barg va gullarni ko‘pincha ustki ko‘rinish
preparati, po‘stloq, ildiz, ildizpoya hamda meva va urug‘lardan
ko‘ndalang va bo‘yiga — uzunasiga kesim) tayyorlab, tegishli
suyuqlikda mikroskop ostida ko‘riladi. Ayni vaqtda mikroprepa-
ratlar bilan kimyoviy reaktivlar yordamida tegishli biologik faol
moddalarga yoki ayrim hujayra va to‘qimalarga mikrokimyoviy
reaksiyalar ham qilinadi. Bu reaksiyalar mahsulot chinligini
aniqlashda qo‘shimcha (yordamchi isbotlovchi) dalil sifatida
xizmat qiladi.
Poroshok — kukun holidagi mahsulotlar faqat mikroskopik
tahlil (mikroskop ostida ko‘rish) va mikrokimyoviy reaksiyalar
qilib, ularni o‘ziga xos belgilari topiladi. So‘ngra tegishli „aniq-
lagich kalit“ yordamida mahsulotning chinligi aniqlanadi.
Yirik kukun holidagi dorivor o‘simlik mahsulotidan yig‘-
machoylar, ularni presslab briket yoki tabletkalar, mayda ku-
kun holidagi mahsulotlardan tabletka va murakkab kukunlar
tayyorlanadi. Ular dorixonalarga sotish va laboratoriyalarga tah-
lil qilish uchun yuboriladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish