Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Geografik tarqalishi.
Vatani tropik Afrika. Tropik zonada
o‘sadigan kanakunjut ko‘p yillik bo‘lib, poyasi yog‘ochlangan,
bo‘yi 10 m ga yetadi.
Kanakunjut bir yillik o‘t o‘simlik sifatida O‘rta Osiyo, Shi-
moliy Kavkaz, Qrimda va Volgabo‘yi tumanlarida ekiladi.
Kanakunjut urug‘ini tayyorlash.
Shingildagi pastki uchta
ko‘sak pisha boshlashi bilanoq, shingil mevalari bilan qirqib
olinadi va maxsus xirmonga yig‘iladi. Meva quruq va issiq havoda
tez yetiladi. Pishgan ko‘sak yorilib, urug‘lari to‘kilib qoladi. Qu-
rib qolgan shingillar xaskash, ko‘sak po‘stlari esa supurgi bilan
yig‘ib olinadi. Urug‘ni meva qoldiqlaridan tozalash uchun ma-
shinada sovuriladi.
Urug‘ning tashqi ko‘rinishi. 
Urug‘ tuxumsimon, yaltiroq,
qattiq, mo‘rt, guldor po‘st bilan qoplangan. Po‘sti kulrang yoki
och qo‘ng‘ir bo‘lib, qizil-qo‘ng‘ir dog‘, nuqta va chiziqlari bor.
Urug‘ uchida kichkina oq karunkula — urug‘ o‘simtasi bo‘ladi.
1000 dona urug‘ og‘irligi 800 g keladi.
Kanakunjutning yirik va mayda urug‘li navlari bor, ular
urug‘larining katta-kichikligi, og‘irligi, shingilda ko‘pligi va
urug‘ tarkibida moyning ko‘p yoki oz miqdorda bo‘lishi bilan
bir-biridan farq qiladi. Yirigining urug‘i 15—22 mm, maydasi-
ning urug‘i esa 5—7 mm uzunlikda bo‘ladi. Urug‘ yaxshi pish-
magan (po‘stining usti yaltiroq bo‘lmasa), ezilgan yoki karun-
kulasi tushib ketgan bo‘lsa, sifatsiz hisoblanadi. Ko‘p turib
qolgan urug‘da karunkula bo‘lmaydi.
Kanakunjut urug‘i zaharli bo‘lganligi sababli tibbiyotda ish-
latilmaydi. Undan faqat moy olinadigan mahsulot sifatida
foydalaniladi.
Kimyoviy tarkibi.
Urug‘ tarkibida 40—50% qurimaydigan
moy, 14—17% oqsil moddalar, 0,1—1% ritsinin va nikotin
alkaloidlari, 18—19% kletchatka, liðaza fermenti, kuchli zaharli
oqsil modda — ritsin va boshqa moddalar bo‘ladi.
Tibbiyotda ishlatiladigan kanakunjut moyi urug‘i sovuq
presslash usuli bilan olinadi. Moydagi zaharli modda — ritsinni
parchalash uchun undan issiq suv bug‘i o‘tkaziladi.
Kanakunjut moyi sarg‘ish, tiniq quyuq suyuqlik, hidi va
mazasi yoqimsiz. U spirtda yaxshi eriydi (boshqa moylardan
farqi). Moy — 10—18°C da qotadi.


94
Moyning zichligi 0,948—0,968, refraksiya soni 1,475—
1,480, sovunlanish soni 176—186 va yod soni 82—88, kislota
soni 1,5 dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Moy 80—85% ritsinol (oksiolein) kislota glitseridlaridan
tashkil topgan. Uning tarkibida yana stearin, olein, linol va
dioksistearin kislotalarning glitseridlari uchraydi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish