Farmokognoziya oxiri p65



Download 3,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/312
Sana22.03.2023
Hajmi3,01 Kb.
#920543
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   312
Bog'liq
farmakognoziya va botanika asoslari

Geografik tarqalishi.
Achchiq bodom yovvoyi holda tog‘
yonbag‘irlarida va dengiz sathidan 800—1800 m balandlikdagi
tog‘li tumanlarda o‘sadi. Achchiq bodom, asosan, O‘rta Osiyo
tog‘larida (Tyanshan, Pomir-Oloy, Kopetdog‘), Ozarbayjon va
Armaniston janubida o‘sadi. Achchiq va chuchuk bodom O‘rta
Osiyoda, Kavkazda va Qrimda ko‘p o‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash.
Pishib yetilgan bodom mevasi qoqib
olinadi va po‘stidan danagi ajratiladi. So‘ngra danagini chaqib,
urug‘i olinadi. Ba’zan danagini chaqmay, oziq-ovqat sanoatiga
yuboriladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Tayyor mahsulot danakdan
ajratib olingan tuxumsimon, cho‘ziq, yassi bodom urug‘idan
iborat. Bodom urug‘i g‘adir-budur po‘stli bo‘lib, asosida qora
dog‘ga o‘xshash (po‘stining ichki tomonidan yaxshi ko‘rinadi-
gan) xalaza joylashgan. Xalaza atrofida radius bo‘ylab mayda suv
naychalari joylashgan. Urug‘ning o‘rtacha uzunligi 2 sm, eni
esa — 1,5 sm. Issiq suv bilan namlanganda po‘sti tez ko‘chadi.
Urug‘ ikkita palladan iborat. Embrionning ildizchasi va kurtagi
urug‘ning uch tomoniga joylashgan. Chuchuk bodom urug‘i
hidsiz, yog‘simon, yoqimli mazasi bor. Achchiq bodom urug‘i
esa achchiq, quriganida hidsiz bo‘ladi, namlab hovonchada
ezilsa, sianid kislota hidi keladi.
Chuchuk bodom urug‘i orasida singan urug‘lar va achchiq
bodom urug‘i bo‘lmasligi kerak. Singan urug‘lardagi moy urug‘-
ni saqlash davrida (po‘sti bo‘lmaganidan) havo va namlik ta’si-
rida oksidlanadi va parchalanib buziladi.
Kimyoviy tarkibi.
Har ikkala bodom urug‘i tarkibida 45—
62 % moy, vitamin B
2
, 20% oqsil moddalar, 2—3 % saxaroza


96
va emulsin fermenti bo‘ladi. Achchiq bodom urug‘ida yana
2,2—3,5 % amigdalin glukozidi uchraydi. Tibbiyotda ishla-
tiladigan bodom moyi sovuq presslash usuli bilan olinadi.
Achchiq bodom urug‘idan moy olayotganda suv aralashib
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda suv amigdalinni
parchalaydi va ajralib chiqqan mahsulotlar moyga o‘tadi. Moy
zaharli bo‘lib qoladi.
Bodom moyi quyuq, sarg‘ish suyuqlik bo‘lib, zichligi
0,913—0,918, refraksiya soni 1,470—1,472, sovunlanish soni
190—195, yod soni 93—102 ga teng. Kislota soni 2,5 dan osh-
masligi kerak. Moy — 10° haroratga sovitilganda qotmasligi kerak.
Bodom moyi qurimaydigan suyuq moylarga kiradi, unda 83%
olein, 16% linol kislotalarning glitseridlari va 0,5 % gidrolizlan-
maydigan moddalar bor.
Ishlatilishi.
Po‘sti olib tashlangan chuchuk bodom urug‘idan
tayyorlangan emulsiya me’da va ichak og‘riqlarini qoldirish
uchun, bodom moyi esa ich yumshatuvchi dori sifatida qo‘llani-
ladi. Farmatsevtikada bodom moyi ba’zi dorilar (kamfora va bosh-
qalar) ni eritish hamda surtma tayyorlash uchun ishlatiladi.
Achchiq bodom urug‘i kunjarasidan olingan achchiq bodom
suvi og‘riq qoldirish uchun va tinchlantiradigan dori sifatida
qo‘llaniladi. Chuchuk bodom urug‘i oziq-ovqat sanoatida, tu-
rupi esa parfumeriyada ishlatiladi.

Download 3,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   312




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish