39
Havo so‘rg‘ichga tomchi o‘tib ketmasligi uchun ular orasiga
tomchi ushlagich (ðåñèâåð) o‘rnatiladi. Bug‘latgichning yuqori
qismida bug‘latish jarayonini, havo so‘rilish
darajasini va ha-
roratini nazorat qiladigan moslamalar o‘rnatiladi.
Êo‘p tanali (uch korpusli) vakuum qurilmada issiqlik ancha
tejaladi. Chunki korxona bug‘xonasidan faqat birinchi uyaning
ikki qavatli devori orasiga yuqori haroratli bug‘ yuboriladi va
ajratmadan hosil bo‘lgan «ikkilamchi bug‘» ikkinchi va uchinchi
qozonni qizdirishga sarflanadi. Bunday qurilma to‘g‘ri yoki
qarama-qarshi oqim bo‘yicha ishlashi mumkin. Êeyingi holda
bir tomondan issiqlik, ikkinchi tomondan esa bug‘latiladigan
suyuqlik kelib turadi.
Bug‘latgich uzluksiz ishlaydi, ammo ish unumi unchalik
yuqori emas. Bug‘latish jarayonida har xil ko‘ngilsiz hodisalar
sodir bo‘lishi mumkin. Bunday hodisalarning oldini olish uchun
ehtiyot choralarini ko‘rish lozim. Aks holda bug‘latish
jarayoni
sekinlashadi, issiqlik ko‘p sarflanadi, bug‘latilayotgan modda-
ning sifati buziladi. Quyqa, ko‘pik hosil bo‘lishi, tomchi chiqib
ketishi, gidravlik va gidrostatik hamda harorat depressiyalari
nomaqbul hodisalar jumlasiga kiradi.
Quyqa hosil bo‘lishi issiqlik o‘tkazuvchanlikni pasaytiradi va
natijada issiqlik ko‘p sarflanadi, bunda bug‘latilayotgan suyuq-
lik harorati ortadi. Bu hodisaning oldini olish uchun bug‘latish
jarayonida aralashtirish,
havosizlik darajasi, harorat va suyuqlik
qatlamining qalinligi ma’lum darajada bo‘lishini ta’minlash kerak
bo‘ladi.
Êo‘pik hosil bo‘lishi bug‘latish jarayonini susaytiradi, suyuqlik
ko‘pik bilan kondensatorga o‘tib ketmasligi uchun bug‘latkich
va sovitgich oralig‘iga ushlagich o‘rnatish bir me’yorda qaynashni
ta’minlash, ko‘piklanishni pasaytiruvchi (o‘chiruvchi) SFM
qo‘shish, havosizlik darajasini tanlash va bug‘latkichda bug‘
muhitini kengaytirish lozim.
Gidravlik depressiya issiqlikning atrof-muhitga tarqalib yo‘qo-
lishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu hodisani kamaytirish uchun
bug‘latkich va kondensator orasidagi naycha qisqartirilishi va
uni issiqlik o‘tkazmaydigan shisha tolali paxta bilan o‘rash lozim.
40
Gidrostatik depressiya — bug‘latilayotgan eritma pastki qat-
lamlarining ortiqcha isib ketishiga sabab bo‘ladi. Buning uchun
bug‘latilayotgan eritma qatlami kamaytirilishi lozim.
Harorat depressiyasi deb, bug‘latilayotgan eritma harorati
bilan toza erituvchi o‘rtasidagi haroratning farqiga aytiladi.
Suyuqlik bug‘lanishi natijasida uning yuza qatlamlarida harorat
pasayib, jarayon sekinlashadi. Bu hodisaning oldini olish uchun
qozon devorlariga yuborilayotgan bug‘
harorati yoki qozondagi
havoning so‘rilish darajasi oshirilishi lozim.
Yuqorida qayd etilgan asboblarning qator kamchiliklari
borligi sababli, keyingi yillarda sanoatda uzluksiz ishlaydigan,
ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo‘lgan asbob-uskunalar
ishlatila boshlandi. Rotorli va ko‘pik hosil qilib bug‘latadigan
bug‘latkichlar shular jumlasiga kiradi.
Rotorli bug‘latkich uch bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir
bo‘lim suv bug‘i yordamida alohida-alohida isitiladi (9-rasm).
9-rasm. Rotorli bug‘latkich:
1 — ajratma;
2 — isituvchi bug‘;
3 — sovigan bug‘;
4 — quyultirilgan
mahsulot;
5—6 — kurakchali rotor;
7 — «ikkilamchi bug‘».
1
2
2
2
3
3
3
3
1
7
5
6
4
41
Bug‘latkichning markaziy o‘qiga rotor o‘rnatilgan, unga ku-
rakchalar mustahkamlangan. Rotorning katta tezlikdagi ay-
lanma harakati natijasida kurakchalar suyuqlikni qizib turgan
devorga sachratib, yupqa qatlam hosil qiladi. Yupqa
qatlamda
ajratuvchi oson va tez bug‘lanadi. Ajratma devor bo‘ylab pastga
tomon harakatlanadi va yig‘ib olinadi. Ishlab chiqarish unum-
dorligi 450 l/soat.
Êo‘pikli bug‘latkich — bu qurilma ajratma saqlanadigan
idish, ajratgich (ñåïàðàòîð), issiqlik almashtirgichlar (òåïëî-
îáìåííèêè), suzgich va havo yuboriladigan qismlardan
iborat (10-rasm). Ajratma naycha orqali issiqlik almashtir-
gichning yuqori qismiga havo tarqatkich to‘r ustiga yuboriladi.
Pastki qismidan tozalangan havo bosim
bilan berilib, u suyuq-
likni ko‘pirtiradi. Êo‘pik issiqlik almashtirgich (radiator)
yuzasiga yopishib, yupqa parda hosil qiladi. Natijada bug‘la-
nish jarayoni kechadi.
10-rasm. Êo‘pikli bug‘latkich:
1 — ajratma solinadigan idish;
2 – ajratkich;
3 — issiqlik almashtirgichlar;
4 — suzgich;
5 — havo yuboriladigan so‘rg‘ich;
6 — radiator.
2
3
1
4
5
6
42
Qisman bug‘latilgan ajratma yig‘gich (to‘plagich)
idishga
tushadi va jarayon takrorlanadi. Bug‘ bilan birga mayda ajratma
zarrachalari yuqoriga o‘tib ketishi mumkin. Ular separator yor-
damida tutib qolinib, ajratma saqlovchi idishga qaytariladi. Aj-
ratma 40—80°C haroratda bug‘latiladi. Bu qurilmani yaratgan
P.N. Makarenko va boshqalar Xarkov shahridagi «Çäîðîâüå»
ishlab chiqarish birlashmasida zubturum suvli ajratmasini bug‘-
latish uchun ishlatishgan, keyinchalik
bu usul Toshkentdagi
«O‘zximfarm» birlashmasida ham joriy qilinadi. Bunda ajratma
vakuumsiz 100 °C dan past haroratda bug‘lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: