37
Millipore
(AQSH)
—"—
Qon zardobi, plazma va albuminlarni
tozalash, suv va
suyuqliklardan pirogen
moddalarni ajratish. Yuqori darajada
tozalangan apirogen
suvini olishda
Millipore
(AQSH)
Ultrasuzish
(teskari osmos)
Suzish nazariyasi. Yot modda zarrachalari va mikroorga-
nizmlarning suzgich yordamida ushlanib qolishi quyidagi ikki
nazariya bilan izohlanadi:
1. Ekran nazariyasi.
2. Suzgich devori ichki qatlamlarida yuz beradigan hodisa.
Ekran mexanizmli suzgich teshigining diametri yot mod-
dalar diametridan kichik bo‘lishi lozim, ya’ni katta zarrachalar
suzgich yuzasida ushlanib qolishi kerak.
Ikkinchi nazariya bo‘yicha
mikroorganizm va yot modda-
larning ushlanib qolishi elektrokinetik adsorbsiya mexanizmiga
asoslanadi. Suzgich musbat potensialga ega bo‘lganligi uchun
kapillarlardan o‘tayotgan suyuqlik tarkibidagi yot moddalar va
mikroorganizmlar elektrokinetik adsorbsiya ta’sirida kapillar
devorlarida ushlanib qoladi, ya’ni tarkibida suzgich kapillar
diametridan kichik bo‘lgan zarrachalari bo‘lgan
suyuqlik suzish
paytida tozalanib o‘tadi.
Amalda ko‘proq ishlatiladigan membranali suzgichlar ka-
pillarining diametri 0,22 mkm.ga, eng kichik bakteriya diametri
esa 0,3 mkm.ga teng keladi. Demak, membranali suzgichlarda
suyuqlikni suzganda zarracha va mikroorganizmlar ekran hamda
kapillar devorlarida elektrokinetik adsorbsiya hisobiga
ushlanib
qoladi. Membranali suzgichlar plastinka holida, 100—150 mkm
qalinlikda polimer qovurg‘a (karkas)dan tayyorlanadi. Êapillar
qa’rida ushlab qoladigan suzgichlar esa taxtakachlash, yuqori
haroratda
ishlov berish, yelimlash yo‘li bilan tayyorlanadi.
Shisha, po‘lat, chinni, sopol, asboselluloza aralashmasi, sun’iy
polimer tolalardan tayyorlanadi. Bunday suzgichlarning qalinligi
DNK, viruslar, oqsillar, vitaminlar
(B
12
), glukozalarni tozalashda.
Yuqori darajada tozalangan apirogen
suvini olishda
38
membranali suzgichlardan 20—40 marta ortiq (26 mm) bo‘ladi
va mexanik
yot moddalar elash, sorbsiya va inersiya mexa-
nizmi yordamida ushlanib qoladi. Bunda kapillarlar diametri
1,6 mkm.ga teng bo‘lganda ham 0,3 mkm. dan kichik bo‘lmagan
bakteriyalar 100 % ushlanib qoladi.
Suzish jarayonini boshlashdan oldin suzgichlarning maqbul
ishlash tartibi va zichligi belgilab olinadi. Buning uchun suz-
gichlar «pufakcha nuqtasi» bo‘yicha tekshiriladi.
Bu suzgich kapil-
laridagi suyuqlikning havo yordamida siqib chiqarilishiga bog‘liq.
Suv bilan namlangan suzgichga bosim berilsa, kapillar ichidagi
suyuqlik yuza qavatiga pufakcha bo‘lib chiqadi. Bosim kuchi
kapillar diametriga bog‘liq bo‘ladi. Shu bosim «pufakcha nuqtasi»
deyilib, u suzgichning bir me’yorda ishlashini ta’minlaydi.
Misol: «Millipor» suzgichi uchun «pufakcha nuqtasi»
3,8 atm, «Vladipor» suzgichining MFS ¹ 1 turi uchun 0,5 atm,
MFS ¹ 4 uchun 3 atm.ga teng.
Suzish jarayonida yot moddalarning yopishish (àäãåçèÿ)
kuchidan suyuqlikning gidrodinamik oqim kuchi yuqori bo‘lganda
ular suzgichdan o‘tib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: