1.9. Quritish jarayonlari
Suyuq va qattiq jismlar tarkibidagi namlikni yo‘qotish quri-
tish deb ataladi.
Quritish nazariyasi. Farmatsiya sanoatida har xil fizik-kimyoviy
xususiyatga ega bo‘lgan moddalarni quritishga to‘g‘ri keladi.
Quritish murakkab diffuzion jarayon bo‘lib, namlik quriti-
layotgan moddaning ichki qismidan tashqariga chiqadi. Namlikni
yo‘qotish tezligi tashqi muhit sharoitiga bog‘liq. Nam va issiq
nam havo mutlaq va nisbiy namlikka hamda undagi issiqlik
miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
1 m
2
havo tarkibidagi bug‘ning kg miqdori mutlaq namlik
deb ataladi.
Nisbiy namlik yoki havoning to‘yinganligi deb 1 m
3
havodagi
suv bug‘ining shuncha hajmdagi suv bug‘ining eng katta miqdo-
riga nisbatiga aytiladi.
Nam saqlovchi havo deb, suv bug‘i kg miqdorining 1 kg
mutlaq quruq havo miqdori nisbatiga aytiladi. Quritish jarayoni
namlik har ikki tomonda tenglashguncha davom ettiriladi.
Namlikning moddalar bilan bog‘lanish turlari. Moddalar bilan
namlik bir necha turda bog‘lanadi, shunga ko‘ra, quritish
jarayonida namlikni yo‘qotish ham har xil kechadi. Akademik
P.A. Rebinder ta’limoti bo‘yicha bu bog‘lanish kimyoviy,
mexanik va fizik-kimyoviy usulda kechadi.
Êimyoviy bog‘lanish. Bunda suv molekulalari modda bilan
mustahkam bog‘langan bo‘lib, quritish jarayonida uchib
43
ketmaydi. Namlikni uchirish yuqori haroratda yoki kimyoviy
reaksiya natijasidagina sodir bo‘ladi.
Mexanik bog‘lanish namlik moddalarning mikro- va makro-
kapillarlarida ushlanib turganligi sababli tez ajraladi. Bunday
namlik «erkin» namlik deyilib, uni mexanik usul bilan ham
yo‘qotish mumkin.
Fizik-kimyoviy bog‘lanish adsorbsiyalangan va osmotik
bog‘lanish shaklida bo‘ladi. Adsorbsiyalangan bog‘lanishda
namlik moddaning g‘ovaklari va yuzasida bo‘ladi. Uni yo‘qo-
tish katta kuch talab qiladi. Osmotik bog‘lanishda esa namlik
hujayra to‘qimasi ichida bo‘lib, osmotik kuch yordamida ush-
lanib turadi.
Nam mahsulot tuzilishi bo‘yicha kapillar g‘ovak kolloid
jism bo‘lib, bog‘langan dispers tuzilishli sinfga mansub. Bu holda
dispers bosqichdagi zarrachalar u yoki bu darajada mustahkam
qovurg‘a (karkas) hosil qiladi va ular fizik-kolloid xususiyatlari
bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi:
1. Haqiqiy kolloid jismlar bunday jismlarning katta-kichikligi
namlik yo‘qotish natijasida sezilarli darajada o‘zgaradi, lekin
qayishqoqligi yo‘qolmaydi (agar-agar, jelatin, kraxmal).
2. Êapillar-g‘ovak jismlar — namlik yo‘qotish bilan mo‘rt
bo‘lib qoladi, oson eziladi va tezda kukunga aylanadi (strepto-
tsid, streptomitsin, C vitamini).
3. Êapillar-g‘ovak kolloid jismlar oldingi ikki guruh jism-
larning xususiyatini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi. Êa-
pillar devorlari qayishqoq va suv shimganda bo‘kish xususiyatiga
ega (penitsillin, terpingidrat, qand upasi, natriy PAS, metil-
selluloza).
Quritish kinetikasi. Quritish jarayoni massa almashinish ja-
rayoni bo‘lib, quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
W = K · F (P
m
— P
r
),
bu yerda, W — yo‘qotilgan namlik miqdori, kg; K — massa
uzatish ko‘rsatkichi; F — jism yuzasi, m
2
; P
m
— quritilayotgan
modda yuzasidagi bug‘ bosimi, Pa; P
r
— havodagi bug‘ning
parsial bosimi, Pa.
44
Quritish jarayonini harakatlantiruvchi kuch quritilayotgan
modda yuzasidagi bug‘ bosimi bilan havodagi bug‘ning parsial
bosimi orasidagi farq hisoblanadi. Bu farq (P
m
— P
r
) qancha
katta bo‘lsa, quritish jarayoni shuncha tez bo‘ladi. Quritish tezligi
(V) yuza birligi (F) va ma’lum vaqt birligida (G) bug‘langan
namlik miqdori (W) bilan o‘lchanadi:
.
2
W
V
G ·
kg/m
=
Do'stlaringiz bilan baham: |