Farmatsevtika sanoati texnologiyasi


Inyeksiya uchun ishlatiladigan



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

1.7. Inyeksiya uchun ishlatiladigan
eritmalarni suzish
Bu maqsadda yuqorida keltirilgan siqi-
ladigan suzgichlarni alohida-alohida yoki
bir nechtasini qavatma-qavat birlashtirib
ishlatish mumkin. Êo‘pincha, sanoatda
tibbiyotda ishlatiladigan ohorlangan do-
kadan foydalaniladi. F.A. Êonev tomo-
nidan taklif qilingan filtr qurilmasi shular jumlasidandir. Bu
qurilmaning asosiy qismi g‘alvirsimon teshiklardan iborat silindr
bo‘lib, uning ustiga 3—4 sm qalinlikdagi arqonsimon shaklga
keltirilgan doka 0,3 sm
2
 zichlikda o‘ralgan bo‘ladi. Silindr ustiga
qopqoq kiydiriladi.
Bu qurilma, ko‘pincha, bosim ostida va ba’zan havosi so‘rib
olingan sharoitda ham ishlatilishi mumkin. Shuning uchun si-
lindr qopqog‘ining yuqori qismida ikkita, tub qismida bitta teshik
bo‘ladi. Yuqori qismidagi teshiklardan uzluksiz tushayotgan su-
yuqlik silindr ustki qismining butun yuzasiga tarqaladi, g‘al-
virsimon yuzaga o‘ralgan mato-doka orqali silindr ichiga suzilib
o‘tib, pastki teshik orqali yig‘ib olinadi. Suzilish jarayoni bir
me’yorda ta’minlanadigan alohida qurilmadan foydalaniladi
yoki shu maqsadda suyuqlik qatlami ustida sun’iy ravishda bosim
hosil qilinadi.
Doka suzgichlardan 1—3 % gacha quyqa o‘tib ketishi mum-
kin, vaholanki, boshqa suzgichlardan foydalanilganda bu ko‘r-
satkich 26—30 % ni tashkil qiladi. Bu suzgichning afzalligi tu-
zilishi oddiyligi, tez tayyorlash mumkinligi, yuqori ish unum-
dorligi hamda tez qayta tiklash imkoniyatiga ega ekanligidir. Ish-
7-rasm.  Sentrifugali
suzgich:
— g‘alvirsimon
do‘mbira; 2 — g‘ilof;
— val (o‘q);
4 — shkiv.
1
2
3
4


34
latib bo‘lingan suzgichga 30 daqiqa davomida bug‘ bilan ishlov
berilib, oqarguncha suv bilan yuvish kifoya. Bu hammasi bo‘lib
1—1,5 soat vaqtni oladi.
F.A. Êonev va boshqalar bu suzgichni takomillashtirib, ikki
qavat mato ishlatishni va g‘alvirsimon metall silindrni devorining
qalinligi 5 sm bo‘lgan metall keramikaga almashtirishni taklif
qilganlar. Silindrning birinchi qavatiga FPP 15 (Petryanov suz-
gichi) va ikkinchi qavatiga 1,5 sm qalinlikda doka o‘raladi. Bu
dokani tejaydi hamda suzilgan suyuqlik sifatini yaxshilaydi.
Qo‘ziqorinsimon suzgich. Êorxona sharoitida, ko‘pincha,
hech qanday qurilma talab etmaydigan va vakuum ostida ish-
laydigan qo‘ziqorinsimon suzgichdan foydalaniladi (8-rasm).
U ketma-ket joylashtirilgan bir necha suzgich matolardan tashkil
topgan bo‘lib, uni tayyorlash va ishlatish oson hamda arzondir.
Qavatlar soni va qaysi mato ishlatilishi suzilishi lozim bo‘lgan
suyuqlikning xususiyati va qanday maqsadda ishlatilishiga bog‘liq.
Misol uchun, «Darnitsa» kimyo-farmatsevtika ishlab chi-
qarish birlashmasida bu suzgich quyidagilardan tashkil to-
padi: 2 qavat kapron, 2 qavat shoyi, 2 qavat suzgich qog‘oz,
20—30 mm qalinlikda paxta, 1 qavat bo‘z.
Suzgich ishlatishdan oldin 1—2 soat davomida distillangan
suv bilan yuviladi. Shundagina inyeksiya uchun ishlatiladigan
suyuqlikni suzish mumkin bo‘ladi. Qo‘ziqorinsimon suzgichdan
hajmi uncha katta bo‘lmagan eritmalarni tozalashda foydala-
nilish maqsadga muvofiq.
8-rasm. Qo‘ziqorinsimon suzgich:
— qo‘ziqorinsimon suzgich; 2 — vakuum so‘rgich; 3 — suyuqlik;
4 — qabul qiluvchi idish; 5 — yordamchi idish.
3
1
2
4
5


35
Suzish uchun ishlatiladigan doka, belting eritma pH  ini
ishqoriy tomonga 1 gacha, kapron, ipak esa nordon tomonga
0,6 gacha surishi mumkin. Shuning uchun bu matolarni ish-
latganda eritma pH ini hisobga olmoq lozim.
Bakterial suzgichlar. Yuqorida qayd etilgan suzgichlar dia-
metri 5—10 mikrondan kichik bo‘lgan zarrachalarni ushlab
qola olmaydi. Bundan tashqari, eritma pH ining o‘zgarishi
preparat turg‘unligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun betaraf moddalardan tayyorlangan metallkeramika va
absotsement mikrosuzgichlardan foydalanish maqsadga mu-
vofiq. Misol: nikel, karbonil, titanli qotishmadan tayyorlangan
suzgich 5 mikrongacha kattalikdagi zarrachalarni ushlab qo-
lish xususiyatiga ega.
Shu maqsadda 1914-yilda Germaniyada «Zeys» firmasi as-
best va selluloza aralashmasidan iborat suzgichni taklif qilgan.
1929-yilda esa Germaniyadagi «Sartorius» firmasi membranali
suzgich ishlab chiqardi. Êeyinchalik har xil selluloza efirlari-
dan, politetraftoretan, polivinilxlorid, neylon va shunga o‘xshash
sun’iy usulda olingan betaraf moddalardan tayyorlangan suz-
gichlar sanoatda ishlatila boshlandi.
Quyidagi jadvalda MDH mamlakatlarida va chet ellarda ish-
lab chiqariladigan ultrasuzgichlar ta’rifi keltirilgan:
2-jadval

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish