Farmatsevtika sanoati texnologiyasi


Suzish va suzishda ishlatiladigan materiallar



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/66
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#268922
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
Bog'liq
farmatsevtika sanoati texnologiyasi

1.6. Suzish va suzishda ishlatiladigan materiallar
Suzish  — murakkab gidromexanik jarayon bo‘lib, uning
unumdorligi suzish jarayoniga, sharoitlariga va ishlatiladigan
material teshiklarining zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Har qanday
suzish qurilmasining asosiy qismini g‘ovak to‘siqlar tashkil qi-
ladi. Suzish uchun ishlatiladigan g‘ovak to‘siqlar uch guruhga
bo‘linadi:
1-guruh siqiladigan g‘ovak to‘siqlar — bunga paxta, sun’iy
yoki tabiiy tolalardan to‘qilgan matolar kiradi: perxlorvinil,
doka, bo‘z, belting, shoyi, surp, kapron, neylon, perlon va h.k.
2-guruhga siqilmaydigan g‘ovak to‘siqlar — metall, kera-
mika, shisha va shunga o‘xshash g‘ovak to‘siqlar kiradi. Bun-
day suzgichlar shamsimon, plastinka, likopcha tarzida chiqa-
riladi va yuqori haroratda tayyorlanadi.
3-guruhga donador to‘siqlar — faollashtirilgan ko‘mir, qum,
qizilgurlar kiradi.
Êorxona sharoitida katta miqdordagi suyuqliklarni dastlabki
suzish maqsadida har xil tuzilishga ega bo‘lgan suzgichlar ish-
latiladi. Jumladan, nutch, druk suzgichlar, suzgich-press, mar-
kazdan qochma kuchiga asoslangan suzgichlar, ayrim hollarda
tindirgichlar, qop suzgichlaridan foydalanish mumkin. Inyek-
siya uchun ishlatiladigan eritmalarni suzish uchun g‘ovak to‘-
siqlar teshigi 1—5 mkm.dan katta bo‘lgan zarrachalarni tutib
olish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Nutch va druk suzgichlar. Tuzilishi
jihatidan juda oddiy bo‘lib, metall,
keramika yoki plastmassadan tay-
yorlangan silindrsimon bo‘ladi. Nutch
suzgich havoni so‘rish yo‘li bilan (va-
kuum ostida), druk suzgich esa bo-
sim ostida ishlashga mo‘ljallangan.
Suyuqlik nutch suzgichda idishning
yuqori qismida joylashtirilgan pan-
jarasimon disk ustiga o‘rnatilgan suz-
gich mato orqali pastidan havo so‘rish
tufayli suzilib o‘tadi (4-rasm).
4-rasm. Nutch suzgich:
1 — g‘ovakli to‘siq;
2 — jo‘mrak; 3 — havo
so‘rgich jo‘mragi.
1
3
2


32
Druk suzgichda esa g‘ovak to‘siq
idishning past qismida joylashgan bo‘ladi.
Suyuqlik o‘z balandligining og‘irligi yoki
tashqaridan sun’iy usulda beriladigan
bosim hisobiga to‘siq ustidagi mato or-
qali suzilib o‘tadi (5-rasm).
Har qanday eritma suzgich orqali
o‘tishi uchun, albatta, bosimlar farqi
bo‘lishi kerak. Bu vakuum bilan ishlay-
digan suzgichlarda havoni so‘rib olish
yo‘li bilan, bosim ostida ishlaydiganlarda
esa suziladigan suyuqlik qatlami hiso-
biga yoki sun’iy bosim hosil qilish hiso-
biga amalga oshiriladi.
Suzgich-pressdan korxona sharoitida ko‘p foydalaniladi.
Bu suzgichning ishchi yuzasi katta bo‘lganligi tufayli ish unum-
dorligi yuqori bo‘ladi. Suzgich-press bir nechta qator qilib joy-
lashtirilgan cho‘yan romlardan iborat bo‘lib, bir-biriga zich
mahkamlangan bo‘ladi. Romlar orasiga suzish uchun ishlatila-
digan dag‘al mato — belting yoki diagonal joylashtiriladi.
Suziladigan suyuqlik suzgichga 12 atmosfera bosimi ostida
bir tomonidan yuboriladi. Ikkinchi tomonidan yot moddalar-
dan tozalangach, tiniq suyuqlik olinadi (6-rasm).
Ba’zi hollarda cho‘kma holida bo‘lgan ta’sir etuvchi modda-
larni ajratib olish maqsadida ham suzgich-pressdan foyda-
laniladi. Suzgich-press katta hajmga ega bo‘lganligi uchun uzluk-
siz ishlaydigan jarayonlarda ishlatiladi.
Markazdan qochish kuchiga asos-
langan suzgichlar. Ayrim hollarda kor-
xona sharoitida ham bu usuldan foy-
dalanishga to‘g‘ri keladi. Sentrifuga
ichki silindr devori g‘alvir shaklida
bo‘lib, unga suzgich mato joylashtiri-
ladi. Sentrifuga ishga tushirilganda,
markazdan qochma kuch ta’sirida su-
yuqlik suzgich orqali suzilib o‘tadi. Ish-
lab chiqarish unumdorligi aylanish
5-rasm. Druk suzgich:
1 — g‘ovakli to‘siq;
2 — jo‘mrak.
6-rasm. Suzgich-press.
1
2


33
tezligiga va suyuqlikdagi zarrachalar
miqdori va katta-kichikligiga bog‘liq.
Sentrifuganing aylanish tezligi daqiqa-
siga 1200 marta, supersentrifugalarda esa
5000 martagacha, ayrim turlarida esa
25000 martagacha bo‘ladi (7-rasm).

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish