Reklama va marketing kommunikatsiyasining boshqa elementlari
AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlarda “reklama” termini (advertising) ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televidenie, tashqi reklama)dagi reklama e’lonlarini anglatadi va bu atama savdo-sotiq faoliyatini rag‘batlantirishdaqo‘llanadigan quyidagi tadbirlarda qo‘llanilmaydi:
“seylz promoushn” (salespromotion) – sotuvlarni faollashtirish chora-tadbirlari;
“pablik rileyshnz” (public relations - RR) korxonaning jamoatchilik bilan o‘zaro samimiy munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar;
“direkt-marketing”(directmarketing) – korxonaning iste’molchilar bilan bevosita aloqa o‘rnatish chora-tadbirlari.
Ommaviy axborot vositalaridagi reklamaning marketing kommunikatsiyalari turlariga kiradigan “seylz promoushn”, “pablik rileyshnz” va “direkt-marketing”dan farqini aniqlab olish maqsadga muvofiqdir.
Reklama, odatda, reklama agentligi tomonidan yaratiladi va e’lon qilinadi, u ishlab chiqaruvchi yoki uning mahsuloti haqida ma’lumot beradi, uning siymosi (image) ni shakllantiradi va qo‘llab-quvatlaydi, to‘lov esa tarifga muvofiq reklama beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Seylz promoushn (sotishda ko‘maklashish) marketing tizimining muhim elementlaridan bo‘lib, xaridorlarga katta tijorat daromadini taklif qilish asosida. mahsulotlarni muntazam ravishda katta miqdorda sotib olishga undaydigan chora-tadbirdir.
Marketing faoliyatini yana bir muhim elementlaridan biri “pablik rileyshnz” – RR ning asosiy vazifasi firma imijini yaratish va saqlab turishdir. Bu vazifani bajarish uchun quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi: firmaning ijobiy obrazini yaratish maqsadida press – reliz va maqolalarni chop etish, firma uslubini ishlab chiqishva qo‘llab-quvvatlash, ochiq eshiklar kuni, rasmiy uchrashuvlar, intervyularni tashkil etish, seminarlarda qatnashish, turli assotsiatsiyalarga a’zo bo‘lish va hokazo.
Ijtimoiy munosabatlar instituti (Buyuk Britaniya) bu atamani quyidagicha ta’riflaydi: “pablik rileyshnz” – tashkilot va uning atrof muhiti, jamiat o‘rtasidagi iliq, do‘stona munosabat va o‘zaro tushunish holatini yaratish va uni qo‘llab-quvatlashga yo‘naltirilgan rejali va davomli xatti xarakatlardir.
“Pablik rileyshnz” – ommaviy axborotni tarqatish vositalarining tahririy qismini qo‘llagan holda mahsulotga va uni ishlab chiqaruvchi firmaga nisbatan yaxshi munosabat, e’tibor qozonishiga yo‘naltirilgan nufuzli reklamani yaratish maqsadini ko‘zlaydi.
Hozirgi vaqtda “pablik rileyshnz” tez suratlarda rivojlanmoqda, u yirik va obro‘-e’tiborli firmalarning “marketing to‘plami”da murakkab, mustaqil, samarali va amaliy ahamiyatga ega vosita sifatida baholanmoqda. “Pablik rileyshnz” firmalar tomonidan potensial xaridorlar doirasini kengaytirish, ularga mahsulot haqida to‘liq, batafsil ma’lumot olish maqsadida qo‘llaniladi. Ma’lum bir reklama xizmatlarini bajarish huquqini beradigan madaniy-ommaviy tadbirlarni qisman moliyalashtirish, ularga homiylik qilish “pablik rileyshnz”ning chora-tadbirlaridan biri hisoblanadi.
“Direkt-marketing”korxona mahsulotini xarid qilishi yaqqol ayon bo‘lgan iste’molchi yoki firmalar bilan olib boriladigan doimiy muloqot va munosabatlardir. “Direkt-marketing” sohasidagi faoliyat, asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta orqali yuborish (directmail) yoki reklama tarqatishning tor doiradagi ixtisoslashgan vositalari yordamida amalga oshiriladi.
Bu marketing elementlarining farqi ularning maqsadlaridadir:
D
Do'stlaringiz bilan baham: |