Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua


O‘zbekiston Respublikasida dori vositalarining reklamasini tartibga solish



Download 1,63 Mb.
bet96/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

O‘zbekiston Respublikasida dori vositalarining reklamasini tartibga solish. O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni (22-modda) (1998 y), “Iste’molchilar huquqini himoya qilish haqida”gi Qonun (1997 y), “Dori vositalari va farmasevtik faoliyat to‘g‘risida”gi qonun (1997 y), shuningdek, boshqa qonunchilik xujjatlari dori vositalaribo‘yicha reklama faoliyatini belgilovchi asosiy qonunchilik hujjatlari hisoblanadi. Bu xujjatlarning maqsadi reklamaning mazmuni, tarqatish vaqti, o‘rni, usullariga qonunchilik tomonidan belgilangan talablarga rioya qilmaslik holatlarining oldini olishdir.
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonuni(1998- yil 25- dekabr)reklamani tayyorlash va tarqatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish maqsadida qabul qilingan asosiy huquqiy hujjatdir.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulotlar to‘g‘risida axborot oqimini shakllantirish;

  • tadbirkorlik va iste’mol madaniyatini takomillashtirish;

  • reklamaning davlat va jamoat manfaatlariga, axloq va ma’naviyatning umum e’tirof etilgan normalariga, yuridik va jismoniy shaxslarning ishchanlik obro‘siga, atrof muhit holatiga tajovuzidan himoyalanish choralarini ta’minlash;

  • mahsulotning xarakteri, tayyorlanish usuli va joyi, iste’mol xususiyatlari, sifati va boshqa tavsiflari, uni realizatsiya qilish shartlariga ko‘ra iste’molchilarni chalg‘itadigan yolg‘on yoki noaniq ma’lumotlar reklama vositasida tarqatilishining oldini olish.

Bu qonun 30 moddadan iborat bo‘lib, quyidagi asosiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi:
Reklama- bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va texnologiyalar to‘g‘risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot.
Reklama beruvchi – reklamani tayyorlash va (yoki) tarqatish uchun unga buyurtmachi bo‘lgan shaxs;
Reklama tayyorlovchireklama tayyorlashni to‘liq yoki qisman amalga oshiruvchi shaxs;
Reklamadan foydalanuvchi — reklama yo‘naltirilgan shaxs yoki shaxslar guruhi;
Reklama vositalari – reklamani undan foydalanuvchiga yetkazish uchun ishlatiladigan vositalar.
Maxsulot - tovarlar, ishlar, xizmatlar.
Aksilreklama— noto‘g‘ri (insofsiz, bila turib yolg‘on) reklama keltirib chiqargan yoki keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni bartaraf etish maqsadida tarqatiladigan raddiya.
Qonun moddalarida reklamaga doir asosiy talablar, voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan reklamaga oid cheklashlar, reklama beruvchining huquq va majburiyatlari, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchining huquq hamda majburiyatlari, reklamaga bo‘lgan mualliflik huquqi, reklamani identifikatsiyalash (aynanlashtirish), homiylik, noto‘g‘ri reklama, yashirin reklama, qiyosiy reklama to‘g‘risida tushuncha berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida dori vositalarni, tibbiyotga oid mahsulotlar, kosmetik va maishiy kimyo vositalarining reklamasiga bo‘lgan maxsus talablar keltirilgan. Bu moddaga asosan dori vositalarning reklamasida quyidagilar bo‘lishi shart:

  • dori vositasining to‘liq nomi (shu jumladan xalqaro farmakologik nomi) va ishlab chiqaruvchisining nomi;

  • dori vositasidan foydalanish yoki uni qo‘llash haqidagi axborot.

Shuningdek, qonunning 22-moddasida quyidagi dori vositalarini reklama qilish man etilishi belgilangan:

  1. faqat shifokorning ko‘rsatmasi (retsepti) bo‘yicha beriladigan dori vositalari;

  2. tarkibida giyohvandlik vositalari va (yoki) psixotrop moddalari bo‘lgan dori vositalari;

  3. O‘zbekiston Respublikasida tibbiyotda qo‘llanishga ruxsat berilmagan dori vositalari.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsatisiz quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi:

  1. voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari;

  2. davolash seanslari, gipnozdan va ruhiy yoki bioenergetik ta’sirning boshqa usullaridan foydalanib amalga oshiriladigan shunga o‘xshash tadbirlar;

  3. tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, gigiena vositalari, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya vositalari;

  4. davolab bo‘lmaydigan yoki davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga nisbatan samarali terapevtik usul.

  5. Qo‘llanishi va realizatsiya qilinishi yuzasidan tegishli davlat organlari maxsus ruxsatnoma bermay turib kosmetika vositalari, maishiy kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, vitaminli va biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalarini reklama qilish taqiqlanadi.

Ushbu moddaning qoidalari tibbiy muassasalar va tibbiyot xodimlari uchun mo‘ljallangan reklamaga tatbiq etilmaydi. Tibbiy muassasalar va tibbiyot xodimlari uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Barcha maxsulotlar, ayniqsa, dori vositalarini reklama qilishda quyidagilarga yo‘l qo‘yish mumkin emas:

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish