Reklamani tarqatish vositalari
Reklamani tarqatish vositasi bu reklamadagi axborotning iste’molchilarga yetib borishiuchun qo‘llanadigan axborot kanalidir.
Iste’molchilar bilan foydali muloqot o‘rnatishda samarali axborot kanallariga quyidagilar kiradi:
shaxsiy muloqot – korxona vakilining potensial xaridor xuzuriga tashrifi, ko‘rgazma va yarmarkalarda potensial xaridorlar vakillari bilan uchrashuv, kengashlar o‘tkazishdir. Bunday muloqotlar jarayonida xaridorlarga korxona tovarlariga oid axborot keltirilgan nashriy reklama vositalari taqdim etiladi (Masalan, farmasevtika korxonalari tibbiy vakillarining shifokorlar va dorixona xodimlari bilan suxbatlari, har yili muntazam o‘tkaziladigan farmasevtika ko‘rgazmalarida shifokorlar va dorixona xodimlari bilan o‘tkaziladigan kengashlarda.);
nashriy reklama – shifokorlar uchun dori vositalari haqidagi axborotni saqlagan buklet, prospekt, katalog, varaqalar, kalendarlar, bloknot, maxsus retsept blankalari tayyorlanadi;
pochta – to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta orqali jo‘natish (“direkt meyl”), bunda potensial xaridorlar manziliga, xamda gazeta va jurnallar tahririyatlari, hukumat hizmatchilari va korxona uchun muhim bo‘lgan boshqa shaxslar manzillariga nashriy reklama materiallari katalog, prospekt, varaqalar, dori vositalarining namunalari yuboriladi;
matbuot, birinchi navbatda ixtisoslashgan (shifokorlarga, dorixona xodimlariga va birinchi navbatda ulgurji farmasevtik korxonalarga yo‘naltirilgan) gazeta va jurnallarda dori vositalari haqida axborot saqlagan reklama e’lonlarini va ilmiy maqolalar chop etiladi. Shuningdek, reklama e’lonlarini berishda ommaviy gazeta va jurnallar, byulletenlar va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalaniladi;
audio-vizual vositalar ya’ni (radio,televidenie, kino, ko‘rgazmalarda o‘rnatiladigan maxsus videoustanovkalar, slaydfilmlar va boshqalar);
tashqi reklama-reklama shitlari, bannerlar, plakatlar, multiplikatsiyali plakatlari (3 yoki 4 tomonli prizmalarda elektrodvigatel bilan sinxron aylantirib turiladi). reklama qilinadigan dori vositalariga odamlar e’tiborini jalb qilish maqsadida foydalaniladigan turli tasvirlar va matnlardir Tashqi reklama vositalari odamlar gavjum bo‘lgan joylarda, vokzal, katta shosselar yoqlab, shaharning markaziy hududlarida joylashtiriladi;
transport vositalaridagi reklama. Transport vositalarining tashqi tomonidan va salon ichida, bekat va vokzallarda joylashtiriladigan reklama e’lonlari;
savdojoylaridagi reklama– dorixonalarning savdo zallaridagi peshtaxta va peshlavxalarida, upakovkalarning ustki qismida beriladi;
reklamani tarqatish vositalarining boshqa turlari reklama ma’lumotlarining kompyuterlashtirilgan manbalari (farmasevtik tashkilotlarning internet saytlari, ko‘rgazma, yarmarka, uchrashuv, seminar, anjuman va homiylik tadbirlari va hokazolarni o‘tkazish orqali qo‘llanadi26.
Do'stlaringiz bilan baham: |