Raqobadbardoshlik haqida tushuncha
Hozirgi vaqtda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati samaradorligini baholashning universal ko‘rsatkichi ko‘p jihatdan uning dori vositalari va dorixonada xizmat ko‘rsatishiga taalluqli bo‘lgan raqobatbardoshligidan iborat bo‘lib qolmoqda.
«Raqobatbardoshlik» tushunchasi sun’iy, sintetik bo‘lib, bir nechta jihatlarga egadir, uning ko‘p ma’noda sharhlanishi ana shu bilan izohlash mumkin. Tushuncha farmasevtika bozorining ham ob’ektiga, ham sub’ektiga taalluqli bo‘lishi mumkin.
Sub’ektning raqobatbardoshligiga boshqaruv muammolari bo‘yicha Yevropa forumi (UMF Jeneva) tomonidan quyidagicha ta’rif berilgan. «Raqobatbardoshlik – bu firmalarning o‘zi uchun mavjud sharoitda, ularning raqobatchilari dori vositalariga nisbatan iste’molchilar, uchun narxlar va narxdan tashqari tavsiflar bo‘yicha jozibaliroq bo‘lgan dori vositalari loyihalashtirish, tayyorlash va sotishning real yoki potensial imkoniyatlaridir».
Biz raqobatchilikning boshqa jihatlari o‘ziga olgan, ammo huddi shunday sub’ektga taalluqli bo‘lgan quyidagicha ta’rif berdik: «Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonaning raqobatbardoshligi – bu “uchta K" – madaniyat, vakolat, sifat; dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonaning resurslari; tarmoq farmasevtika bozorida uning tutgan o‘rni belgilab beruvchi dori vositalari va dorixonada xizmat ko‘rsatish» qoidasi omillaridan tarkib topuvchi o‘zaro bog‘langan tavsiflarning majmuasidir.
R.A. Fatxutdinov tomonidan «raqobatbardoshlik» tushunchasi UMF ta’rifiga yaqin bo‘lsada, biroq u ob’ektga taalluqlidir. Bu ob’ektning mazkur farmasevtika bozorida taqdim etilgan o‘ziga o‘xshash ob’ektlarga nisbatan aniq bir ehtiyoji amalda yoki potensial qondirish darajasi bilan tavsiflanuvchi xususiyatidir». Faqat dori vositalari, tibbiy buyumlarga tegishli bo‘lgan tushuncha ma’nosida A.N. Litvinenko va A.M. Tatyanchenko tomonidan quyidagicha ta’rif berilgan: «Raqobatbardoshlik – bu dori vositalari, tibbiy buyumlarning ham aniq ijtimoiy ehtiyojga muvofiqligi darajasi ham u qondirish uchun xarajatlar bo‘yicha raqobatchi dori vositalari, tibbiy buyumlardan farqlanishi aks ettiruvchi tavsifidir».
Raqobatbardoshlik tamoyillari va unga yondoshuvlarning, unga erishish va ushlab qolish mexanizmi ta’riflovchi tahlili, uch pog‘onali tizim ajratib ko‘rsatish imkonini beradi.
Birinchi pog‘onada e’tibor ko‘proq vaqt mezo bo‘yicha raqobatbardoshlikka qaratilgan edi, unda vaziyatga qarab va global yondoshuvlar ta’kidlab o‘tilgan.
Ikkinchi pog‘ona vaziyatga qarab yondoshuvda raqobatchilik – bu kurash yoki kim o‘zarlik degan nizomga asoslangan, unda albatta g‘oliblar va mag‘lublar bo‘lishi kerak degan o‘zini tutish mexanizmlari ajratib ko‘rsatish imkoni berdi. Vaziyatga qarab yondoshuvning tuzulmasiga kirgan o‘zini tutishdagi yondoshuv marketingli, tuzulmaviy va eksklyuziv yondoshuvlar orqali amalga oshiriladi.
Uchinchi pog‘ona raqobatbardoshlikning alohida nazariyalari shakllantiradi. Voston Sonsulting Group (VSG)ning marketing yondoshuvi ulgurji va chakana dorixonalarning resurslari cheklangan degan nizomga asoslanadi, shu boyisdan afzallika ega bo‘lish uchun, firma ular taklif etilgan «farmasevtika bozorining o‘sishi, farmasevtika bozorining ulushi» matritsasi yordamida oqilona taqsimlashi lozim.
Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxona raqobatbardoshligi shakllantirilishining asosiy komponenti u sotadigan dori vositalaridan iborat bo‘lib, ularning katta qismi dori dori preparatlari tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |