Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 1,63 Mb.
bet97/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Noto‘g‘ri reklama. Noaniqligi, ikki xil ma’noni anglatishi, bo‘rttirib yuborish, yashirib ketish oqibatida, reklamani tarqatish vaqti, joyi va usuliga nisbatan qo‘yilgan talablarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablarni buzishi natijasida reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan, shaxslarga, shuningdek davlatga moddiy va ma’naviy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan reklama noto‘g‘ri (insofsiz, bilaturib yolg‘on) reklama hisoblanadi.
Qiyosiy reklama - raqobatchiga yoki uning tomonidan taqdim etilayotgan muayyan bir turdagi mahsulotga bevosita yoki bilvosita aynanlashtiriladigan reklamadir. Agar reklamada mahsulotning moddiy, muhim, ishonchli xossalari xolisona va insofli taqqoslansa, agar bunda reklama undan foydalanuvchini chalg‘itib qo‘ymasa va chalg‘itib qo‘yishi ham mumkin bo‘lmasa, reklama beruvchi bilan raqobatchining shaxsi yoki reklama beruvchining va raqobatchining tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari), firma nomi, mahsuloti aralashib ketmasa hamda raqobatchining ishchanlik obro‘sini yoki uning tovar belgisini (xizmat ko‘rsatish belgisini), firma nomini, mahsuloti yoki faoliyatini badnom etmasa, qiyosiy reklamaga yo‘l qo‘yiladi.
Yashirin reklama. Yashirin reklama iste’molchining idrokiga uning o‘zi anglamagan holda ta’sir o‘tkazadigan, shu jumladan maxsus video ilovalardan (qo‘sh ovozli yozuvdan) foydalanish yo‘li bilan hamda boshqa usullar bilan ta’sir o‘tkazadigan reklamadir.Yashirin reklamadan radio-, tele-, video-, audio- va kino mahsulotda, shuningdek boshqa mahsulotda foydalanishga va uni o‘zga usullar bilan tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qonunda belgilanadiki, iste’molchining mahsulotni sotib olishga qiziqishini shakllantirish uchun uning diqqat e’tiborini maqsadli jalb eta oladigan rekvizitga ega, axborot beruvchi, mualliflarga ega reklama materiali tahririyat tomonidan “Reklama” ruknida berilishi kerak27.
Dori vositalari reklamasining etik mezonlari
Dori vositalarining muhim ijtimoiy ahamiyati, kasalliklarni oldini olish va davolashdagi roli farmasevtik reklamasining muhim ob’ekti sifatida dori vositalarining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi:
-dori vositalarining qo‘llanishidagi cheklanganlik (iste’molchilari - bemorlar);
-retsept asosida sotiladigan dori vositalariga bo‘lgan talab oraliq iste’molchi –shifokor tomonidan shakllanadi;
-reklamani tarqatish kanallarining cheklanganligi va o‘ziga xosligi (retsept asosida sotiladigan dori vositalarining reklamasi faqat mutaxassislar uchun nashr qilinadigan matbuot vositalarida, retseptsiz preparatlar uchun ommaviy axborot vositalarida va sotuv joylarida reklama qilish mumkin).
Dori vositalarining reklama ob’ekti sifatida xususiyatlari e’tiborgaolingan holda JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) tomonidan farmasevtika bozorida dori vositalari reklamasining etik va ilmiy mezonlari tasdiqlangan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  • ushbu mamlakatda qo‘llash uchun rasman ruxsat berilgan dori vositalarinigina bozordagi sotuvlarini faol rag‘batlantirish va reklama asosida talabni shakllantirish mumkin;

  • dori vositatlari reklamasidagi axborot aniq va xaqqoniy bo‘lishi, aniqlanmagan xulosa va umumiy tartibdagi fikr-mulohazalardan holi bo‘lishi kerak;

  • qo‘rquv hissini tug‘diradigan ta’riflarni reklama matnida ishlatish mumkin emas;

  • dori vositalarining reklamasi bolalarga mo‘ljallanishi mumkin emas;

  • reklama shifokor va farmasevtlarga ortiqcha taz’iq ko‘rsatmasligi zarur (reklama agentlarini ish haqining asosiy qismi sotiladigan dori preparatlarning hajmiga qarab belgilanishi mumkin emas).

Yuridik majburiyatlar doirasiga kirmagan ushbu mezonlar dori vositalarini reklama qilishda oqilona yondashuv asoslarini tashkil etishi kerak.
Yevropa Hamjamiyati Kengashining YeS 2001/83/YeS Direktivasi (avvalgi -92/28) (86-modda) dori vositalarini reklama qilishni quyidagicha belgilaydi:
Dori vositalarining reklamasi– bu farmasevtika bozorini tahlil qilish, ma’lumot to‘plash, dori vositalarini bemorlarga tayinlash (tavsiya etish), sotuvi yoki iste’molini rag‘batlantirish maqsadida amalga oshiriladigan turli chora-tadbirlardir.
Shunga ko‘ra, dori vositalari reklamasiga quyidagilar kiradi:

  • ommaviy reklama;

  • sog‘liqni saqlash soxasi mutahassislari uchun mo‘ljallangan reklama;

  • kompaniya vakillarining dori vositalarini tavsiya etuvchi (tibbiyot) va sotuvchi (farmasevt) xodimlar oldiga tashriflari;

  • bepul namunalarini taklif qilish;

  • moliyaviy yoki boshqa moddiy afzalliklarni taklif va va’da qilish orqali dori vositalarini tavsiya etish va sotishga undash;

  • shifokor va provizorlar ishtirokidagi dori vositalarining sotuvlariga ko‘maklashadigan tadbirlarga homiylik qilish;

  • xalqaro ilmiy anjuman va kongresslarda vrach va provizorlarning ishtirok etishiga homiylik qilish.

Dori vositalarini reklama qilish standartlari Xalqaro farmasevtik ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi (AIPM) tomonidan ishlab chiqilgan Marketing amaliyoti kodeksida belgilab qo‘yilgan. Ushbu Kodeks sog‘liqni saqlash tizimining talablarini inobatga olgan holda kompaniyalarga halol va ma’suliyatli marketing amaliyoti me’yorlarini qo‘llashda yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan.
Kodeksning asosiy holatlariga quyidagilar kiradi:

  1. Kasalliklarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladigan retseptsiz beriladigan preparatlar (masalan, shamollash va grippning oldini olishga mo‘ljallangan preparatlar)ni reklama qilishdaqat’iy talablar qo‘yish zarur.

  2. Reklama oqibatida insonlarda ma’lum bir kasalliklarni davolashda shifokorga murojat etishning hojati yo‘q degan fikr hosil bo‘lmasligi kerak.

  3. Reklama oqibatida ma’lum bir kasalliklarning alomatlarini vaqtincha qoldiradigan va kamaytiradigan preparatlar ushbu kasalliklardan davolaydi, degan fikr hosil bo‘lmasligi lozim.

  4. Reklama insnlarga o‘zida ma’lum bir kasallik alomatlari (simptomlar) bor yoki yo‘qligini mustaqil ravishda sinab ko‘rishga da’vat etmasligi lozim (ma’lumki, ko‘pchilik insonlar o‘zlarida ma’lum bir kasallik belgilarini zudlik bilan topib, ularni mustaqil ravishda davolashga urinishadi).

  5. Reklama retseptsiz beriladigan preparatlarni tavsiya etishda mavjud bo‘lmagan ekspertlar, shuningdek, tibbiy va ilmiy muassasalar siymosidan foydalanmasligi kerak.

Ommaviy axborot vositalarini diqqat bilan o‘rganish jarayonida dori vositalari reklamasining aksariyat qismi buyurtmalar asosida tayyorlangan ko‘p yoki nisbatan kam holda “niqoblangan” taxririy materiallarni tashkil etishi kuzatilmoqda (maqolalar, teleko‘rsatuvlar va radioreportajlar). Jahon amaliyotiga muvofiq holda bunday yashirin reklama holatlarini aniqlash va ularga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Chunki tovarning bu taqdimoti boshqa chet tashkilot tomonidan o‘tkazilishi holatida uning nima maqsadda o‘tkazilayotganligi borasida jamoatchilik fikrini chalg‘itishi mumkin. Bunday maqolalarning potensial iste’molchilar ongiga ta’sir etish kuchi ochiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri qilinadigan reklamadan ancha yuqoridir.


Chunki mashhur suhandon ishtirokida tayyorlangan ko‘rsatuv, undagi oddiy insonlar hayotidan olingan lavhalar, obro‘-e’tiborli shifokor izohlari juda ishonarli ko‘rinadi va tomoshabinga ochiq reklama materialidan ko‘ra kuchliroq ta’sir etadi. Bu ta’sir xorijiy davlatlarda dori vositalari reklamasida man etilgan vrachlarning ishtirokiga bo‘lgan qat’iy etik me’yorlarining qo‘llanilmasligi holatida yanada kuchayadi.
Biologik faol moddalarning reklamasi yana bir muammoni tashkil etadi, chunki bu vositalar ko‘p hollarda farmakologik ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalari sifatida taqdim etiladi.
Yuqorida keltirilgan dori vositalari reklamasining etik mezonlarini qo‘llashdagi muammolar farmasevtika bozorida dori voositalari reklamasini tartibga solishda barcha tomonlarning xamkorligi zarurligini belgilab beradi.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish