Bilvosita reklama reklamani tarqatishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri kanallaridan foydalanmaydi, reklama beruvchini aniq ko‘rsatmaydi. Masalan, jurnalda yangi dori preparati haqida berilgan tijorat reklama e’loni – to‘g‘ri reklamadir. Aynan shu jurnalda ma’lum bir kasallikni davolash usuli haqida ma’lumot beruvchi ilmiy maqoladatadqiqotchi tomonidan biron bir preparatni eng samarali vosita sifatida taqdim etilib, uning ijobiy xususiyatlari, boshqa preparatlardan afzalliklari ko‘rsatilsa, bu turdagi ma’lumot bilvosita (yashirin) reklama turi hisoblanadi. Reklamaning bu turi qonunchilik me’yorlariga ko‘ra man etiladi.
Reklama taqdim etish shakliga ko‘ra tanishtiruvchi, targ‘ib etuvchi, qiyosiy, eslatuvchi, mustahkamlovchi kabi shakllarda bo‘lishi mumkin.
Tanishtiruvchi reklamapotensial xaridorning tovar to‘g‘risidagi fikrini shakllantirish maqsadida yetarli ma’lumot berib, tovarni ta’riflaydi. Bu reklama birlamchi talabni shakllantirish maqsadida mahsulotni bozorga olib chiqish bosqichida qo‘llaniladi.
Targ‘ib etuvchi reklama bozorda mahsulotni sotish jarayoning o‘sishi bosqichida foydalaniladi. Bu reklama haridorni bu mahsulot aynan unga zarur bo‘lgan mahsulot ekanligiga ishontira olishi kerak. Bu reklamaning asosiy maqsadi xaridorda selektiv talabni shakllantirish, ya’ni mazkur tovarning konkret xususiyatlari asosida aynan shu tovarga bulgan qiziqishni uyg‘otishga qaratilgan.
Qiyosiy reklama-bu reklamada analog, ya’ni o‘hshash boshqa tovarlar bilan solishtirilish asosidareklama qilinayotgan ma’lum bir tovarning afzalliklarini yoritish maqsadi belgilangan. Qiyosiy reklama qonun xujjatlarida belgilangan me’yoriy talablar doirasida tashkil etilishi kerak.
Eslatuvchi reklama – tovar hayotiy davrining yetuklik bosqichida haridorga mahsulotning bozorda mavjud ekanligini eslatish uchun qo‘llaniladi.
Mustahkamlovchi reklamadantovarni xarid qilgan haridorga, uning tanlovi to‘g‘ri ekanligiga ishontirish uchun foydalaniladi.
Reklama materialining mazmuni va hususiyatiga ko‘ra, shuningdek, mahsulotning hayotiy sikli bosqichiga qarab, reklama informatsion (axborot beruvchi) va agressiv (tajovuzkor)bo‘lishi mumkin. Masalan, original (ya’ni ilk bor ishlab chiqarilgan, generiklari hali bozorga chiqmagan) dori vositasi hayotiy davrining 1-bosqichida informatsion reklama afzaldir. Unda ushbu dori vositasining alohida afzalliklari mavjud dori vositalari orasida o‘zgacha yuqori ekanligi tasdiqlandi. Bu reklama haridorlarga shu dori vositasi haqida axborot beradi. Lekin 3- bosqich, ya’ni bozor analog dorilar bilan to‘lib-toshgan vaqtda agressiv reklama asosida aynan shu firma mahsulotining afzallik tomonlari, masalan, sifati, xavsizligi, yetkazish muddati va xokazolar namoyish etiladi chunki bu bosqichda firma analog dori vositalarini ishlab chiqarayotgan raqobatchi firmalar bilan kurashishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |