Dori vositalari reklamasining o‘ziga xos xususiyatlari.Farmasevtik mahsulotlar reklamasining va ular haqida ma’lumot berishning maqsadi boshqa mahsulotlar reklamasidan farq qilmaydi, ya’ni maqsad iste’molchi reklama qilinayotganmahsulotni xarid qilishiga erishishdir. Lekin shu bilan birga uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, reklama qilinadigan ob’ekt – dori vositasi tibbiyot, sog‘liqni saqlash soxasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, farmasevtik reklamaga nafaqat tijorat, balki jamiyat va har bir fuqaro xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan qarash kerakdir25.
Dori vositalarini reklama qilishdanmaqsad nafaqat ularningsotuvlarini oshirish, balkireklama yordamida mutaxassislar (shifokor va farmasevtlar)ning bilimlariga, ma’lumotlariga asosiy urg‘u berishdir. Bunda bir tomondan ma’lum bir dori preparatini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlash imkoniyatini ta’minlash, ikkinchi tomondan davolash yoki o‘z-o‘zini davolash jarayonining xavfsizligini ta’minlash juda muhimdir.
Xuquqiy me’yorlarning talablariga asoslangan holda reklama faoliyatini tashkil etish huquqiy me’yorlarini bilish va ularga rioya qilish muhim va dolzarb muammolardan biridir.
Iste’molchi farmasevtik reklamaning mazmunini tanqidiy tahlil qilishga qodir emas, shuning uchun reklama preparatning haqiqiy xususiyatlarini oshiribgina qolmay uning aslida mavjud bo‘lmagan xususiyatlarini ham ta’riflash imkonini beradi. Albatta, dorining tarkibi bilan qiziqqan mutaxassis uning tarkibi “yangi” komponentlar, ya’ni va kofeindan iboratligidan habar topgach, “bu preparat avvalgi ma’lum preparatlardan ko‘p xususiyatlari bilan afzaldir” qabilidagi reklamaga ishonmaydi. Iste’molchi esa dorini ta’riflovchi mavjud va mavjud bo‘lmagan xususiyatlarini farqlay olmaydi.
Reklamaning turlari. Tasniflanish belgilari.
Reklama mazmuni, uning qaysi ob’ektni tavsiflashiga qarab reklama tovar yoki firma reklamasi kabi turlariga ajratiladi.
Tovar reklamasi farmasevtika bozorida tijorat funksiyasiga ega, chunki u dori vositalari va tibbiybuyumlarning iste’mol qilish hususiyatlarini targ‘ibot qilgan holda bozor munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tovar reklamasining asosiy maqsadi tovarga bo‘lgan talabni shakllantirish va uning sotuvlarini rivojlantirishdir. Reklama aniq bir tovarni targ‘ibot qilar ekan, albatta uning sotilishiga yordam beradi. Tovar reklamasi iste’molchiga tovarning xususiyatlari, fazilatlari va afzalliklari haqida ma’lumot beradi, unga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi. Iste’molchi sotuvchi bilan muloqot qilishga harakat qiladi va sust, potensial haridordan harid qilishga tayyor bo‘lgan faol haridorga aylanadi.
Firma (nufuzli) reklamasi firmaning boshqa raqobatchilardan farq qiluvchi fazilatlarini, ustuvor tomonlarini, afzalliklarini yoritib beruvchi reklama turidir. Bunday reklamaning maqsadi jamiat, avvalo faol va potensial haridorlar orasida firmaning nufuzli, salmoqli imidjini yaratish asosida, firmaga hamda bu firmada ishlab chiqariladigan mahsulotga nisbatan ishonch hissinishakllantirishdan iborat. Firma reklamasi yangi, yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishda mazkur firma iste’molchilar, atrof-muhit va jamiat uchun qayg‘urishini, aholi farovonligini ortishiga katta e’tibor qaratayotganini alohida takidlaydi. Firma reklamasining vazifalariga iste’molchi va xaridorlar ongida firmaning obro‘-e’tiborli, yuqori malakali korxona, ishonchli hamkor ekanligi haqidagi fikrni shakllantirish, va firmaning nufuzli timsolini yaratish asosida unda ishlab chiqariladigan tovar sotuvlarini faollashtirish kiradi.
Farmasevtika bozorida, shuningdek, bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) va bilvosita (yashirin) reklama turlari mavjud.
Bevosita reklama tijorat shartlarida bajariladi, va bunda reklama beruvchi aniq ko‘rsatiladi, aniq tovar yoki aniq firma to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |