Farmasevtikada boshqaruv fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Reklama sarf – xarajatlarini rejalashtirish



Download 1,63 Mb.
bet100/369
Sana10.07.2022
Hajmi1,63 Mb.
#772520
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   369
Bog'liq
ФБМАЖМУА 2020

Reklama sarf – xarajatlarini rejalashtirish
Reklamani tayyorlash jarayoni reklamani tarqatishning qaysi usulidan foydalanishga qarab ma’lum bir sarf-xarajatlarni talab etadi, ya’ni:

  1. omaviy axborot vositalari orqali beriladigan reklama (matbuot, radio, televideniedagi e’lonlar);

  2. tashqi reklama va reklama tarqatishning boshqa vositalari;

  3. reklama nashrlarini ishlab chiqish va nashr qilish (illustrasiyali preyskurant, katalog, risola, albom, plakat, afisha, reklama xatlari va h.k.);

  4. etiketka eskizlari, original va maxsus xaltachaga hamda qutichalarni tayyorlash;

  5. suvenirlarni sotib olish va tayyorlash;

  6. reklamali video, kinofilmlarni xarid qilish, tayyorlash, nusxa ko‘chirish va namoyish etish;

  7. stend, reklamali tablo, ko‘rsatkichlarini tayyorlash;

  8. peshtaxta, savdo zali, ko‘rgazmali, namunaviy xonalarni bezatish;

  9. yarmarkalarni o‘tkazish va hokazolar uchun qilinadigan sarf-xarajatlar.

Reklama uchun zarur bo‘lgan xarajatlarni rejalashtirishda beshta asosiy usul mavjud:



  1. Imkoniyat doirasida

  2. Budjet ulushi

  3. Raqobatchilar bilan bellashuv

  4. Sotuvlar xajmi ulushi

  5. Maqsad va vazifalarni bog‘lash usuli.

«Imkoniyat doirasida» usulini qo‘llaganda firma oldin marketingning reklamadan tashqari barcha vositalariga mablag‘ ajratib, ortib qolgan mablag‘larni reklama harajatlariga yo‘naltiradi. Bu usul eng zaif usul bo‘lib, undan asosan kichik ishlab chiqaruvchi korxonalar foydalanadi. Usulning kamchiligi: reklamaga bo‘lgan e’tiborning sustligi; mablag‘lar ortib qolmagan holatda, reklamaga ajratiladigan budjet yetarli bo‘lmasligi mumkin.
«Budjetning o‘sish sur’ati» usulida reklama budjetini rejalashtirish uchun oldingi yillarda reklamaga sarflangan mablag‘lar summasi bo‘yicha o‘sish sur’ati hisoblanadi. Ushbu aniqlangan foyizni xisobot yilidagi xarajatlarga qoshgan xolda kelgusi yil reklama xarajatlari rejalashtiriladi. Bu usulning quyidagi avzalliklari bor: xisobot davrining mavjudligi, xisob - kitobning osonligi, firmaning o‘tgan davr yutuqlari va kelajak tendensiyalariga bo‘lgan munosabatiga asoslangan holda reklama budjetini aniqlash. Lekin shu bilan birga usulning kamchiliklari ham mavjud: reklama budjeti har doim ham maqsadlarga bog‘lanmaydi, usul ko‘proq intuitsiyaga asoslangan, muvaffaqiyatga erishilganlik yoki muvaffaqiyatsizlikni baholash qiyinligi28.
«Raqobatchilar bilan bellashuv» usuli raqobatchilarning xatti-harakatiga bog‘liq ravishda reklama harajatlarini oshirish yoki kamaytirishga asoslanadi. Usulning afzalligi uning bozordagi vaziyat tahliliga asoslanganligi, koservativligi va xisobot davrining mavjudligidadir. Kamchiliklari - bu usul liderlik usuli emas, balki raqobatchining izdoshi, ergashuvchisi qo‘llaydigan usuldir, raqobatchining reklama xarajatlarini har doim ham aniqlab bo‘lmaydi, firmaning raqobatchi bilan o‘xshashligi bo‘yicha taxminga asoslanganlik.
«Sotuvlar xajmi ulushi» usuli qo‘llanganda firma reklama budjetini sotuvlardan tushgan mablag‘lar bilan bog‘lagan holda hisoblaydi. Birinchi yil ma’lumotlariga ko‘ra reklama xarajatlari sotuv xajmining qancha ulushini tashkil qilishi aniqlanadi (Qr). Kelgusi yillarda sotuv xajmini rejalashtirgan holda shu aniqlangan ulush (Qr)nisbatida reklama xarajatlari rejalashtiriladi.
«Maqsad va vazifalarni bog‘lash» usulida firma reklama faoliyatining maqsadlarini aniq belgilab, unga erishish uchun qanday vazifalarni hal etish kerakligini aniqlagan holda shu vazifalarga muvofiq ravishda reklama budjetini rejalashtiradi. Bu usul barcha usullar ichida eng optimal usuldir. Afzalliklari: moslanuvchanligi, maqsadning aniqligi, harajatlarning maqsadning bajarilishiga bog‘langanligi, muvaffaqiyatga erishilganlik yoki muvaffaqiyatsizlikni baholash osonligi. Kamchiligi – nisbatan kichik firmalarda reklama maqsadlarini va anik vazifalarni belgilab, xarajatlarni rejalashtirish murakkabligi.
Muvaffaqiyatli kompaniyalar alohida bir usulda to‘xtalmasdan ko‘pincha usullarning kombinatsiyasini qo‘llagan holda reklama harajatlarini rejalashtiradilar.
Nazorat savollari

        1. Marketing haqida tushuncha

        2. Marketing turlari

        3. Dori vositalarini reklamasi

        4. Marketing konsepsiyasi

        5. Farmatsevtik korxonalarida marketing boshqaruvi

        6. Reklama qununchiligi

        7. Reklamaga qo`yilgan talablar





    1. Download 1,63 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish