Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish



Download 0,68 Mb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi0,68 Mb.
#951892
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
-BUDJET TASHKILOTLARI XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH


BUDJET TASHKILOTLARI XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH


REJA

1. Byudjet xarajatlarining mohiyati, zaruriyati va ularni moliyalashtirish usullari


2. Davlat budjeti xarajatlarining yo’nalishlari va ular miqdorining tahlili
2. Davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish yo`llari
1.Byudjet xarajatlarining mohiyati, zaruriyati va ularni moliyalashtirish usullari

Davlatning o’z funksiyalari va vazifalarini bajarishi bilan bog’liq ravishda vujudga kelgan chiqimlar - byudjet xarajatlari davlatning markazlashtirilgan pul fondlari mablag’larini turli yo’nalishlar bo’yicha foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.


Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko’ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini klassifikatsiya qilishning bir necha belgilari mavjud. Ular o’zlarining iqtisodiy mazmuni, funktsionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bo’linishi, ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum maqsadlari va yuridik nuqtai-nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Eng avvalo, o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra byudjet xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo’linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini ifoda etadi.
Byudjetning kapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:

  1. tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi yoki yangidan

  2. tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar;

s) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun byudjet kreditlari sifatida beriladigan mablag’lar;
d) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar;
e) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulkni oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan xarajatlar;
f) byudjet xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq byudjetning kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar kiradi.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subventsiya shaklida ko’rsatiladigan davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va byudjet xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi.
Aniqroq ravishda byudjetning joriy xarajatlari tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

  • davlat iste’moli xarajatlari;

  • hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy korxonalarga joriy subsidiyalar;

  • transfert to’lovlari;

  • davlat qarzlari bo’yicha foizlarni to’lash;

  • boshqa xarajatlar.

Funksional nuqtai-nazardan byudjet xarajatlarining klassifikatsiya qilinishi ijtimoiy faoliyat sohalariga pul mablag’larining yo’naltirilganligini aks ettiradi. Bunda byudjet xarajatlari quyidagi yirik guruhlarga bo’linishi mumkin:



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish