Budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish


-rasm. Byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar smetalaridagi xarajatlarning tarkibi 3



Download 0,68 Mb.
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi0,68 Mb.
#951892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
-BUDJET TASHKILOTLARI XARAJATLARINI REJALASHTIRISH VA MOLIYALASHTIRISH

3-rasm. Byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar smetalaridagi xarajatlarning tarkibi 3

Byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan moliya organlarida ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng amalga kiritiladi.


Byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar albatta Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bilan kelishiladi.
Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari xarajatlari birinchi navbatda moliyalashtiriladi (to’lanadi). Bunda II xarajatlarning guruhiga tegishli mablag’ o’tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Yagona g’azna hisob raqamida, shuningdek hududiy g’aznachilik hisob raqamida birinchi va ikkinchi guruhlar bo’yicha to’lanmagan xarajatlar summasidan ortiq mablag’lar mavjud bo’lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to’rtinchi guruhlar bo’yicha xarajat qilishga ruxsat etiladi.
Kapital qo’yilmalarga ajratmalar (III guruh xarajatlari) joriy byudjet yili uchun tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq ro’yxatlariga muvofiq ajratiladi.
G’aznachilik tomonidan xizmat ko’rsatiladigan buyurtmachilar ob’ektlari qurilishiga davlat byudjetida nazarda tutilgan xarajatlar G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasining joriy yilga tasdiqlangan Investitsiya dasturiga hamda qurilishlarning aniq ro’yxatiga muvofiq, buyurtmachilarning Moliya vazirligining G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarga asosan to’lanadi.
Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va mahalliy byudjetlardan xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) smetalarga va byudjet xarajatlari ro’yxatlariga, ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot davri uchun belgilangan baholash ko’rsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda amalga oshiriladi.
Kapital qo’yilmalarni va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish (to’lash) byudjetga mablag’lar tushishiga qarab har oyda amalga oshiriladi.
G’azna ijrosiga o’tmagan byudjet tashkilotlari xarajatlarini:

  • respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi maqsadli sertifikat (unda byudjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruhlarini ko’rsatgan holda) va xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi;

  • mahalliy byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - tegishli moliya organlarida belgilangan shakldagi tayinlash sertifikati va xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi.

Byudjet mablag’lari byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda, byudjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi. Bunda xarajatlarning I va II guruhlarini moliyalashtirish (to’lash) birinchi navbatda amalga oshiriladi.
Xarajatlarning III guruhi byudjet tashkilotlari tomonidan Respublika investitsiya dasturida joriy moliya yili uchun belgilangan limitlar doirasida moliyalashtiriladi (to’lanadi).
“Boshqa xarajatlar” IV guruhi bo’yicha mablag’lar belgilangan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi:
• ovqatlantirish;
• dori-darmonlar;
• kommunal xizmatlar;
• boshqa xarajatlar.
Xarajatlarning u yoki bu guruhida paydo bo’lgan kreditorlik qarzlar joriy moliya yiliga belgilangan limitlar doirasida ularning paydo bo’lishi navbatiga ko’ra har qaysi guruh bo’yicha to’lanadi.
Hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet tashkilotlarining hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan byudjet mablag’lari (kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi.
G’azna ijrosiga o’tgan byudjet tashkilotlari bo’yicha hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet tashkilotlarining Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan mablag’lar (kapital qo’yilmalar bo’yicha xarajatlarni to’lash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi.
Byudjet mablag’lari hisobot choragida tejab qolinsa, tashkilotlarni kelgusi choraqda mablag’ bilan ta’minlash hajmi kamaytirilmaydi.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish